BUXGALTERIYa HISOBINING OB’EKTLARI
«Buxgalteriya hisobi» fani predmetini tashkil qiluvchi ta’limotlar ichida buxgalteriya hisobining ob’ektlariga oid ta’limot muhim o‘rin tutadi.
Respublikamizning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonuni (7-modda)ga muvofiq buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo‘lib korxonalarning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, zaxiralari, daromadlari, xarajatlari, foydasi, zararlari, shuningdek ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ushbu ob’ektlar me’yoriy-huquqiy hujjatlar va maxsus adabiyotlarda turlicha tasniflanadi va tavsiflanadi. Aksariyat manbalarda buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar quyidagi 2.10-rasmda keltirilgan to‘rtta guruhga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |