Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


BUXGALTERIYa HISOBI SUB’EKTLARI



Download 1,88 Mb.
bet15/191
Sana31.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#248262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   191
Bog'liq
2 5337152882879761623

BUXGALTERIYa HISOBI SUB’EKTLARI

Aksiyador-lik jamiyat-lari



Mas’ulyati cheklangan jamiyatlar

Xususiy korxona-lar

Davlat unitar korxona-lari

Nodavlat notijorat tashkilot-lar

Budjet tashki-lotlari



Buxgalteriya hisobi sub’ektlari
Yuqorida maqomdagi korxonalarni tuzish va ular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘risidagi qonunlar va qonun osti hujjatlari1, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Xodimlarining soniga ko‘ra korxonalar mikrofirmalar, kichik korxonalar hamda o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizda mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilangan, o‘rta va yirik korxonalar maqomi esa maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi «Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 275-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning IFUT asosida takomillashtirilgan tasniflagichi» hamda 2017 yil 6 apreldagi «Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar tasniflagichiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi 184-son qaroriga muvofiq Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra turli tarmoq va sohalar bo‘yicha xodimlarining soni 5 kishidan 20 kishigacha bo‘lgan sub’ektlar mikrofirmalar, 21 kishidan 200 kishigacha bo‘lganlar sub’ektlar esa kichik korxonalar hisoblanadi. “Asaka avtomobil zavodi”, “Sirdaryo IES”, “Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi” kabilar yirik korxonalar sirasiga kiradi.



Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra korxonalar mahalliy va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdori eng kamida 600 million so‘m miqdorida bo‘lishi, uning kamida 30 % xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topishi kerak.

Tanlagan soliq rejimiga ko‘ra buxgalteriya hisobi sub’ektlari umumbelgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq sotishdan olgan daromadi (sof tushumi) 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar ixchamlashtirilgan soliq to‘lovlari rejimida ishlari mumkin. Yillik oboroti 1 mlrd so‘mdan oshgan barcha korxona va tashkilotlari, odatda, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar.

Tarmoq va sohalarga tegishligiga ko‘ra korxonalar u yoki bu tarmoq (soha) sub’ektlariga ajratiladi, masalan ishlab chiqarish korxonalari, qurilish tashkilotlari, transport korxonalari, qishloq jo‘jalik korxonalari, savdo korxonalari, sug‘urta tashkilotlari, banklar, birjalar va boshqalar.

Faoliyat doirasiga ko‘ra buxgalteriya hisobi sub’ektlari bir tarmoqli va ko‘p tarmoqli korxonalarga bo‘linadi. Misol uchun ishlab chiqarish korxonasi faqat ishlab chiqarish bilan shug‘ullansa, u holda bu korxona bir tarmoqli korxonaga kiradi. Agarda ushbu korxona bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishdan tashqari xizmat ko‘rsatish, savdo va boshqa faoliyatlarni ham olib borsa, u holda mazkur korxona ko‘p tarmoqli korxona bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p tarmoqli korxonalarga ular yalpi tushumida qaysi faoliyat turi ulushi katta bo‘lishiga qarab tarmoq kodi beriladi.

Ixtisoslashganligiga ko‘ra alohida olingan tarmoq va sohalarga kiruvchi korxonalar, o‘z navbatida, maxsus va universal korxonalarga bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi.

Nomlanishiga ko‘ra ham buxgalteriya hisobi sub’ektlari turlichadir. Chunonchi, qurilishda ularning eng keng tarqalgan nomi bo‘lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna (XMK–PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bundayin nomni berilishi negizida ularning qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini bevosita buyurtma berilgan joylarda maxsus xarakatlanuvchi texnik vositalar, mashina va mexanizlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan tashqari qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, sho‘ba qurilish korxonasi, qurilish kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham mavjud. Avtotransport sohasida “Avtobusparki”, “Taksomotorparki”, “Avtobaza”, “Avtokorxona” nomdagi korxonalar ko‘proq uchraydi. Savdo sohasida korxonalar “Ulgurji savdo korxonasi”, “Chakana savdo korxonasi”, “Umumiy ovqatlanish korxonasi” kabi nomlar bilan ataladi.

Yuqoridagi tasnifiy belgilaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bank muassasalarida o‘zining hisob raqamiga, mustaqil balansga, muhri va shtampiga, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamiga, statistika organi tomonidan berilgan faoliyat turi kodiga (IFTT – OKED) ega bo‘lgan korxonalar bo‘lib hisoblanadi.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish