“Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 5234100 – Raqamli Iqtisodiyot ta’lim yo`nalishi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana01.01.2022
Hajmi1,08 Mb.
#281104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1 Kurs ishi 107111

Qog‘oz pullar — to’lqonli pullarni taqdim etuvchi pul belgilaridir. Tarixiy jihatdan 

olganda, qog'oz pullar metall pullar muomalasi asosida kelib chiqqan. Ular bundan 

oldin muomalada bo’lgan kumush yoki oltin tangalarining o’rniga tatbiq etilgan. 

Pullar tovarlarning ayirboshlanishida vositachi bo’lib hisoblanadigan voqelikning 

o’zi, pullarning muomala vositasi sifatida faoliyat yuritishi obyektiv tarzda to’laqonli 

pullar o'rniga chiqarilgan pul belgilarining muomalasi mumkin ekanligini tasdiqladi.   

 

 

XII asr Xitoy. Dunyodadagi birinchi qog’oz pullardan biri 




10 

 

 



 

 

 Kumush va oltin tangalar ishlatib kelingan ko’p asrlik tarix mobaynida siyqasi 



chiqqan va o’z shaklini yo'qotgan, ya’ni real og‘irligi kamroq bo’lgan tangalar 

muomalada to’laqonli tangalar bilan bir qatorda amal qilishi va xuddi shunday 

qiymatni ifodalashi qayd qilindi. Bu metall tangalarni amalda hech qanday qiymatga 

ega bo’lmagan qog‘oz pullar bilan almashtirish haqidagi fikrga olib keldi. Ilk qog‘oz 

pullar eramizning XII asrida Xitoyda, Yevropa va Amerikada esa — faqat XVII—

XVIII asrlarda paydo bo’ldi. Rossiyada qog'oz pullar (assignatsiyalar) 1769-yilda 

joriy etilgan. Qog‘oz pullarning mohiyati shundan iboratki, ular pul belgilari 

hisoblanadi va, odatda, metallga ayirboshlanadi. Shuning uchun qog‘oz pullar 

muomalada vakillik qiymatiga ega bo’ladi va xarid qilish hamda to’lov vositasi rolini 

bajaradi. Qog'oz pullarning qadrsizlanishi, to’lov balansining yaxshi emasligi 

(mamlakat chet ellardan o'zi amalga oshirgan to’lovlarga nisbatan kamroq to’lovlarni 

olgan), milliy valuta kursining pasayishi bilan ham bogiiq bo’lishi mumkin. Buning 

oqibatida qog'oz pullarga ularning tabiatiga ko'ra beqarorlik xos bo’ladi. Bunday 

sharoitda qog'oz pullar, shubhasiz, xazina funksiyasini bajarishga yaroqsiz bo’ladi. 

Qog'oz pullarga xos bo’lgan kamchiliklar kredit pullarning qo’llanilishi tufayli 

birmuncha bartaraf etilishi mumkin. Pulning vazifalar. Kishilar o’zlarining moliyaviy 

aktivlarini har xil shakllarda, masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat 

obligatsiyalari shaklida ushlab turishi mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga 

talab ham mavjud bo’ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari 

mutanosiblikda o’zgaradi. Foiz stavkasi past bo’lsa, kishilar ko’proq miqdordagi 

naqd pulga egalik qilishni afzal ko’radi. Aksincha, foiz yuqori bo’lganda, pulni 

ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko’payadi. Shunday qilib, 

pulga bo’lgan umumiy talab, aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab va bitim uchun 

pulga bo’lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi.  




11 

 

 



 

 

 



Pullar to’laqonli va to’laqonli bo’lmagan turkumlarga bo’lindi 

Pulning  quyidagi asosiy vazifalari mavjuddir, bular : 1) qiymat o’lchovi; 2) 

muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 4) to’lov vositasi. 

 

1) Qiymat o’lchovi – bunda pul umumiy ekvivalent bo’lgan tovar bo’lib, o’zida 

mehnatni mujassamlashtiradi va shu sabab tovar qiymatini o’lchay oladi; 

Pullar umumiy ekvivalent sifatida hamma tovarlarning qiymatini o’lchaydi. 

Tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zarar mehnat 

ularnitenglashtirish uchun shaioit yaratadi. Hamma 

tovarlar ijtimoiy zaruriymehnat mahsuli 

hisoblanadi, shuning uchun o ‘z qiymatga ega 

bo'lgan haqiqiy pullar (kumush, oltin) boshqa 

barcha tovarlar qiymatiningo’lchovi bo'lishi 

mumkin. Bunda tovarlar qiymatining pullar 

vositasidao'lchanishi ideal tarzda yuz beradi, ya’ni tovar egasida naqd 

pullarningbo’lishi shart emas 

 

2)Muomala vositasi –  bunda pul oldi-sotdida ishlatiladi. Pul yordamida tovarni xarid 

etish, pulga tovar ayirboshlash yuz beradi; 

Pullardan tovarlarva xizmatlarni xarid qilish va sotishda foydalanish mumkin. Pullar 

muomala (yoki ayirboshlash) vositasi sifatida jamiyatni barterli (mavozali) 

ayirboshlashning noqulayliklaridan xalos qiladi. Pullar hamma joyda va osonlik bilan 

to’lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Ushbu ijtimoiy ixtiro resurslarning egalariga va 



12 

 

 



 

 

ishlab chiqaruvchilarga alohida ” tovar” (pullar) 



bilan haq to’lashga imkon beradiki, bunday alohida 

tovar keyinchalik bozorda mavjud bo’lgan har 

qanday tovarni sotib olish uchun ishlatilishi 

mumkin. Pullar tovarlar bilan ayirboshlashning 

qulay usuli bo’lish bilan jamiyatga mintaqaviy 

ixtisoslashuv va odamlar o’rtasidagi mehnat 

taqsimotining mahsullaridan foydalanish imkonini beradi. Tovarlar muomalaga 

kirishishigacha pullarda ideal baholanadigan birinchi funksiyadan farqli ravishda 

pullar tovarlar muomalasida real ishtirok etishi kerak. 

 

3)Jamg‘arma vositasi – bu pulning 

jamlangan boylik shakliga kirib, o’z 

egasi uchun kerak bo’lganda xarid 

etish vositasi bo’lib xizmat qila 

olishidir. 

Pullar ularning egasiga har qanday tovarni olish huquqini ta’minlash bilan ijtimoiy 

boylikning umumiy timsoli hisoblanadi. Shuning uchun odamlarda ularni to’plash va 

jamg'arishga intilish paydo bo’ladi. Iqtisodiy subyekt o’z mahsulotiga haq to’lanishi 

evaziga pullarni olish bilan muayyan “sof boylik zaxirasi”ni yaratadi. Bunday zaxira 

qisqamuddatli (agar individ boshqa tovarni sotib olish bilan pullarini shu yerning 

o’zidayoq sarflasa) yoki uzoq muddatli (agar individ pullarini kelgusida xarid qilish 

yoki qarzini to ‘lash uchun saqlab qo’ysa) bo’lishi mumkin. 



 


13 

 

 



 

 

To’lov vositasi – pulning yordamida 

ish haqlari, nafaqalar, stipendiyalar, 

to’lovalar to’lanadi.  

Pullarning bu funksiyasi kapitalistik 

xo’jalikda kredit munosabatlarining 

rivojlanishi tufayli vujudga keldi. 

Pullar tovarlarning kreditga sotilishida 

to’lov vositasi sifatida foydalaniladi, buning zarurligi tovarlami ishlab chiqarish va 

sotishning shart-sharoitlari bir xilda emasligi, ularni ishlab chiqarish va muomalasi 

muddatining turli xilligi, ishlab chiqarishning mavsumiy tusdaligi, shuningdek, 

ishchilar va xizmatchilarga ish haqining to ‘lanishida foydalaniladi. 



 

Jahon puli vazifasini bajaradi – bu xalqaro hisob kitoblarda ishlatiladi.  

Tashqi savdo aloqalari, xalqaro qarzlar,tashqi sherikka xizmatlar ko'rsatilishi jahon 

pullarining paydo bo’lishini taqozo etdi. Ular umumiy to'lov vositasi, umumiy xarid 

qilish vositasiva ijtimoiy boylikning umumiy moddiylashtirilishi sifatida faoliyat 

yuritishadi. 

Pullarning barcha beshta funksiyasi pullarning tovarlar va xizmatlarning umumiy 

ekvivalenti sifatidagi yagona mohiyatini 

namoyon qiladi. Ular chambarchas 

bogiiqlikda va birlikda bo'ladi. Mantiqan 

va tarixiy jihatdan har bir navbatdagi 

funksiya bundan oldingi funksiyalarning 

muayyan rivojlantirilishini nazarda tutadi. 

Pullarning umumiy ekvivalent sifatida 



14 

 

 



 

 

foydalanilishi shuni anglatadiki, har qanday tovarning narxini faqat pul birligi orqali 



ifodalash yetarli bo’ladi Bunda tovarning pullarda ifodalangan qiymati  tovarning 

narxi deyiladi. 


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish