34-modda.
Pul belgilarini tayyorlash va saqlash.
Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi, muomalaga
chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek bosma qoliplar va bo’yoqlar
saqlanishi hamda yo’q qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va
inkasso qilish, shuningdek ularni yo’q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
35-modda.
Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo’yiladigan talablar.
Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar O’zbekiston
Respublikasining butun hududida to’lovlarning barcha turlarida yozilgan qiymati
bo’yicha qabul qilinishi, shuningdek hisobvaraqqa, omonatga o’tkazish va jo’natma
sifatida o’tkazish uchun qabul qilinishi majburiydir.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |