Iqtisodiyotda amal qiladigan umumiy to‘lov aylanishining tarkibiy qismlaridan biri
haq to ‘lanishi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa tijoratchilik bitimlarining
tuzilishi va ularga haq to‘lanishi jarayonlari bilan bog‘liq emas. Boshqacha aytganda,
26
naqd pul aylanishi jarayonida har satar mablag‘larning nisbatan kichik summasi
qatnashadi. Bu qo'shimcha kafolatlarning ta ’minlanishi, pul mablag‘larining yirik
summalarini bir xo‘jalik yurituvchi subyektdan boshqa subyektga o ‘tkazishdagi
tashishning murakkabligi va transaksion xarajatlarni tejashning zarurligi
bilan bog'liqdir. Shunday qilib, naqd pullar muomalasi iqtisodiyot subyektlarining
maishiy ehtiyojlari bilan bog‘liq boMgan tovar almashinishi jarayonini pul
mablag‘larining nisbatan kichik summasini ishlatgan holda
ta ’minlaydi. Odatda, pul aylanishining ushbu tipi xizmatlar uchun haqni bevosita u
yoki boshqa tashkilotning kassasiga to ‘laydigan uy xo‘jaliklari va kichik
korxonalarda asosiy o ‘rin tutadi. Ha r bir kishi naqd pul aylanishi bilan bog‘liq,
chunki hamma ham har kuni naqd pul belgilari yordamida tovarlar va xizmatlar
uchun haq to ‘lab turadi. Iqtisodiyotning boshqa subyektlari pul aylanishining ushbu
tipidan juda kam foydalanishadi va, odatda, bunday tip faqat faol qo‘llaniladigan
naqd pulsiz aylanishga qo'shimcha shaklida amal qiladi.
Shuni qayd qilish kerakki, naqd pullik aylanish birqator afzalliklarga ega:
1) mablag‘larning tez yetkazib berilishi;
2) hisob-kitoblarning o'tkazilishi to'g'riligini zudlik bilan tekshirish
mumkinligi;
3) mavjud resurslar miqdori yuzasidan aniq axborotning mavjudligi;
4) qarzlarning paydo boMishi imkoniyatining istisno qilinishi.
Bundan tashqari, ushbu hisob-kitob vositasining to‘lov aylanishining umumiy
tarkibidagi ulushi iqtisodiy tizim rivojlanganligining yorqin ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Masalan, natura xo‘jaligi hukumronlik qilganida naqd pullik hisob-kitoblar kichik
ulushni egallaydi va hisobkitobni amalga oshirishning ushbu turining o ‘sib borishi
bozor iqtisodiyotiga o’tish va tovar iqtisodiyotidan uzoqlashishdan dalolat beradi.
Bozor iqtisodiyoti hukmronlik qilganida hisob-kitobni amalga oshirishning bu turi
eng ustun o'rinni egallamasa-da, lekin to ‘lov vositalaridan foydalanishning umumiy
27
hajmining katta qismini tashkil etadi. Va, nihoyat, postindustrial iqtisodiyotga
o'tishda naqd pul mablag'lari aslida iqtisodiyotda amal qilmay qo'yadi, ularning o
‘rnini hisob-kitoblar hamma joyda elektron pul vositalaridan foydalanish
orqali bajariladigan naqd pulsiz shakl egallaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda
mamlakatlarning ko‘pchiligi iqtisodiy kontragentl^r o ‘rtasidagi hisob-kitoblarni
amalga oshirishning bu shaklidan sekin-asta voz kechish jarayonini boshdan
kechirishmoqda. Pul bozori - bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasi-
ning turli darajalarida pul mablag'lariga bo‘lgan talab va pul taklifi- ning o‘zaro
nisbatini ifodalovchi mexanizm. Pul taklifi - bu bozorda pul sifatida muomalada
bo‘lgan turli-tuman moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi
hisoblanadi. “Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tar- tibga
solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifhi qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga
uy xo'jaligi xatti-harakati hamda tijorat bankla- rining siyosati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: