Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
194
w
www.oriens.uz
June
2021
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TASHQI MANBA
MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA KAMERAL SOLIQ
TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH TARTIBI
O. Xojimatov
Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Annontatsiya:
Maqolada rivojlangan davlatlarning amaliy tajribalaridan kelib
chiqib, kameral tekshiruvida tashqi manbalardan foydalanishni keng joriy qilish
ko‘rib chiqildi. Bu esa o‘z navbatida soliq qonunchiligiga rioya etilish
darajasini, soliq tushumlarini real vaqtda monitoring qilish, soliq auditlarini
o‘tkazish va soliq risklarini aniqlashda keng va katta hajmdagi ma’lumotlardan
foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.
Tayanch iboralar:
Raqamli iqtisodiyot, kameral soliq tekshiruvi, tashqi axborot
manbalari, operatsiyalarni onlayn nazorat qilish, soliq risk menedjmenti
, v
irtual
voqelikni nazorat qilish, energiya manbalarini monitoring qilish va xisobga olishning
ajralmas onlayn tizmi.
Abstract:
The article discusses the widespread introduction of the use of
external sources in in-house inspections, based on the practical experience of
developed countries. This, in turn, expands the level of compliance with tax
legislation, real-time monitoring of tax revenues, tax audits and access to a wide
range of data in determining tax risks.
Keywords
: Digital economy, in-house tax audit, external information sources,
online control of transactions, tax risk management, virtual reality control, integral
online system of monitoring and accounting of energy sources.
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat
soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi
PF-4947-sonli Farmoni asosida soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini
joriy etish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish
tizimini soddalashtirish
siyosatini davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati
organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari belgilab berilgan
1
. Mamlakatda
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси
тўғрисида” ги ПФ-4947-сонли Фармони