1-rasm. Farg‘ona viloyatida 2015-2019 yillarda o‘tkazilgan kameral
nazoratda manbalar ulushi.
Ushbu diagrammada soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish uchun tashqi manba
ma’lumotlarini to‘playdigan bazaning takomillashtirish xamda davlat soliq
organlariga mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli
7
ВМ-359 сонли қарори, 2020
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
201
w
www.oriens.uz
June
2021
ma’lumotlar taqdim etilishi korxonalarning soliq majburiyatlari bo‘yicha samarali
usul orqali nazorat qilinishida va xamda soliq nazoratini amalga oshirilishida inson
omilini kamaytirilishida katta axamiyat kasb etganini ko‘rishimiz mumkin. Shu
o‘rinda yashirin iqtisodiyotni salmog‘ini kamaytirilishi o‘z navbatida soliq
solinadigan bazani kengayishiga va davlat byudjetini daromad qismini barqarorligini
ta’minlash uchun davlatimiz raxbari tomonidan o‘tkazilayotgan keng qamrovli
isloxotlardan foydalanishimiz mumkin. Bunga 2020 yil 14 sentabr kuni
Davlatimiz
raxbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselktorda, energiya manbalarini monitoring
qilish va xisobga olishning ajralmas onlayn tizmini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma
berilganligini misol qeltirishimiz mumkin. Ma’lum qilinishicha, 1,2 milliard dollar
O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomashtirilgan boshqarish va
xisobga olish tizimlarni to‘liq joriy etish uchun ajiratilganligi, ushbu mablag‘larning
samaradorligi va rentabelligi faqat xisoblagichlarni o‘rnatish bilan ta’minlash
mumkin emasligi, boshqacha qilib aytganda iste’molchining qancha energiya sarf
qilinganini bilish, tizimidagi yo‘qotish va o‘g‘irliklarning oldini olish uchun yetarli
emasliligi, buning uchun energiya ishlab chikaruvchi, magistral tarmoqlar, tarqatish
tarmoqlari va iste’molchi zanjirining xar bir bo‘g‘inini qamarb oladigan ajralmas
onlayn tizim yaratish kerakliligini ta’kidlab o‘tdi Prezident o‘z nutqida.
Ta’kidlanishicha, elektr energiyasini monitoring qilish va xisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy qilingan bo‘lib, 7 ta tuman va shaxarlarda
to‘lovlarni yig‘ish 40 % ga oshdi, debitorlik qarzdorligi esa 20 % ga kamaygan. Shu
munosabat bilan yig‘ilishda Respublikaning barcha xududlarida elektr energiyasi va
tabiiy gazni avtomatlashtirilgan boshqarish va xisobga olish tizimlarni to‘liq joriy
etish masalalari muxokama qilindi. Bugungi kunda deyarli 4 million elektr
xisoblagich o‘rnatildi, shundan 2 millioni yagona elektron ma’lumotlar bazasiga
ulangan. “Xududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik kompaniyasi oldiga yig‘ilshida
joriy yil oxiriga qadar yana 3.5 million elektr xisoblagichni joriy etish va 2021 yil 1
martgacha avtomashtirilgan tizimni to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Dastlab,
avtomatlashtirilgan tizim bilan axolini to‘liq qamrab olish 2021 yil oxiriga qadar
rejalashtirilgan edi. Biroq, muddatlar 2020 yil oxiriga ko‘chirildi va loyxani tezroq
bajarishga 100 milliard so‘m yuborildi. Bundan tashqari, yirik iste’molchilar va
tadbirkorlarga tarqatish punktlari va transfarmatorlarga elektron xisoblagaich
o‘rnatish, ularni yagona elektron ma’lumotlar bazasiga ulash bo‘yicha ko‘rsatmalar
berildi.
Ta’kidlanishicha “Xududiygazta’minot” AJ joriy yil oxiriga qadar 1.2 million
dona zamanoviy gaz xisoblagichlarni o‘rnatish kerak, yana 2.3 million kelasi yilning
Do'stlaringiz bilan baham: |