Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 198
w www.oriens.uz June 2021 (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti)
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga fikriga ko‘ra, soliq
ma’muriyatlari raqamli iqtisodiyot qiyinchiliklariga moslashish uchun quyidagi
tadbirlarni amalga oshirishi lozim:
Soliq ma’muriyatchiligi uchun zarur bo‘lgan ishonchli ma’lumotlardan
foydalanish imkoniyatini saqlab qolish;
Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi biznes sub’ektlarini identifikatsiyalash
tizimini joriy etish;
Elektron yozuvlarni olish, ularning formati, uchinchi tomon ma’lumotlaridan
foydalanish va yozuvlarni saqlash muddati bo‘yicha xalqaro darajadagi
normativlarni qabul qilish;
Soliq qonunchiligiga oid, soliq tushumlari va hisobot formalari
bo‘yicha ma’lumotlarni saqlovchi veb-saytlarni takomillashtirish.
Virtual voqelikni nazorat qilish uchun soliq ma’muriyatlari 2 ta asosiy
yo‘nalishni o‘z ichiga olishi lozim.
Birinchidan, axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali elektron tijorat
modellari va ulardagi soliq riski menedjmenti o‘rtasidagi assimetriyani
kamaytirish. Bunda, Risk menedjment uchun “BIG DATA” texnologiyasini
qo‘llash va risk doirasidagi sub’ektlarni ajratib olish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ikkinchidan, davlatlararo soliq ma’muriyatlari o‘rtasida elektron axborot
almashishni yo‘lga qo‘yishdir. Xalqaro darajada axborot almashish, sub’ektlarning
davlatdan tashqarida topgan daromadlarini to‘g‘riligini nazorat qilish imkonini
beradi.
5
Soliq risk menedjmenti soliq organlarining turli manbalardan olingan
ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga asoslanadi. Ma’lumotlarni tahlil qilish
imkoniyatidan kelib chiqib, soliq risk menedjmenti strategiyasi belgilab olinadi.
Ma’lumotlarni samarali tahlil qilishni axborot texnologiyalari vositalarisiz amalga
oshirib bo‘lmaydi.
6
Shu o‘rinda taqidlab o‘tish lozimki joriy yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
5 Rafał Lipniewicz “Tax administration and risk management in the digital age” 2017.
6
Иқтисодий ҳамкорлик ва ривожланиш ташкилоти (OECD),2014