Raqamli iqtisodiyot” fakulteti ning


- Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish



Download 1,43 Mb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#273710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Reja

- Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish

Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo‘nalishdagi raqamli texnologiyalar yaratilmoqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan yetarlicha darajada farq qilishi bilan birgalikda, ayrim hollarda aynan o‘xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash texnologiyalari g‘oyasi o‘tgan asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, raqamli elektron aloqa vositalarining shiddat bilan rivojlanib borishi va elektron tizimlar foydalanuvchilarining talablari uzluksiz o‘sib borishi natijasida 2007-2008 yillardan boshlab ommaviylashib, tezkorlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bulutli hisoblash (ingl. Cloud computing) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini masofaviy internet elektron xizmati ko‘rinishida taqdim etadi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “virtual” ko‘rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zining masalalariga qanday kompyuter qanday qilib ishlov berayotganligi, xamda bu ish qanday turdagi operatsion tizim boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi bir qancha savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati xam bo‘lmaydi. Ish yuritilishida o‘xshashlik va umumiylikni topgan xolda bulutli texnologiyalarni “meynfrem” texnologiyalar (mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning “meynfrem”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Dastlab vujudga kelgan bo‘lgan raqamli ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida gridhisoblash birmuncha keng tarqalgan edi. Dastlabki davrda bu yo‘nalish texnik vosita protsessorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaralgan edi. Grid-hisoblash xamda bulutli hisoblash arxitekturasi qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra xam bir qancha o‘xshash jihatlarga ega. Shu bilan bir vaqtda, masofaviy hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha moslashuvchan platformaga ega bo‘lganligi tufayli, bulutli hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olingan. Hozirgi kunda yirik bulutli hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova va resurlar bilan ta’minlab beradilar. Xususiy kompaniyalarga katta kompyuterlar, ERP, CRM yoki boshqa turdagi qo‘shimcha qurilmalar sotib olish xamda sozlashni talab etuvchi turli serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushib ketadi va shuning uchun xam korxonalar uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish juda qulay raqamli elektron vosita hisoblanadi. Individual foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan “Xujjatlar – Google.doc”, “Kalendar – Google calendar” va Google presenter kabi xizmatlarga o‘xshash ko‘plab bulutli xizmatlardan foydalanish juda qulay va ayni vaktda bo’ldi. Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz rivojlanib va muvaffaqiyatlarga erishib borayotganligining sababi juda oddiy: ularni qo‘llash turli-tuman antiqa imkoniyatlarga ega hamda infratuzilma tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish va tashkilot xodimlarga sarflanadigan bir qancha xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi dasturiy-texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin. Bunday masala va muammolarning deyarli barchasi xizmat ko’rsatuvchi provayder zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv korxona kompyuterlarida turli operatsion tizimlar (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni qandaydir ma’noda standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli texnologiyalar kompaniyaning umumiy ma’lumotlariga kirishni va undan foydalanishni tashkilot ofisidan tashqarida yurgan, ammo Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodimlar va mijozlar uchun xam birdek oson ta’minlab beradi. Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bulutli texnologiyalar bir qator juz’iy kamchiliklarga ham ega. Jumladan, foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi global tashkilotga to‘liq bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatlar yaratilishi tamoyiliga ko‘ra, korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderning qanday ish olib borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded kompaniyasi bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud bulgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab - birgina bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi. Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi. Xususiy bulut (private cloud) – korxonaning ichki bulutli infratuzilishi va xizmatidir. Odatda bunday bulutli informatsion tuzilma shaxsiy yoki korporativ tarmoq doirasida joylashgan bo’ladi. Tashkilot unga tegishli bo’lgan bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilma buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda, yoki qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi xam mumkin. Ommaviy bulut (public cloud) - bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan keng xalq ommasi foydalanishi mumkin, bunda kerakli boshlangich ma’lumotlar uni yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari information bulutdagi bazaviy ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, informatsion xizmatlarning sifati bo’yicha barcha mas’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz esa foydalanayotgan dasturiy-texnik va informatsion resurslar uchun ulardan foydalanishiga bogliq ravishda qandaydir miqdorda haq to‘laydi. Foydalanuvchilarga boshqa bu xildagi elektron platformali yechimlarda erishish mumkin bo‘lmagan va katta ko‘lamli kengayuvchanlik imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-saytdan foydalanish imkoniyatlari tushunarli tarzda va imkon qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday bulutli platformalarda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchilarga Amazon YEC2, Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web kabi onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi bulutli tizimni past va cheklangan darajada nazorat qilganligi tufayli, qat’iy xavfsizlik choralarini va me’yoriy talablarga mos kelishlikni ta’minlab bera olmaydi. Gibrid bulut (hybrid cloud) – bu infratuzilma yuqoridagi barcha ko’rsatilgan bulutli modellarini o‘z tarkibiga oladi (xususiy bulut va ommaviy bulut). Odatda, gibrid bulut platformasi undan foydalanadigan kompaniyada yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulutning bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Misol sifatida xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Mutaxassislarning fikrlaricha ko’ra, 2020 yilga kelib, jahon miqyosida internetga 50 milliard qurilma ulanib, ularning yordamida generatsiya qilinadigan ma’lumotlar hajmi 44 trillion gigabaytga yetadi. Bunday ma’lumotlarning gigant oqimlari yoki Big Data iqtisodiyotning turli segmantlarida – iste’mol bozorlaridan tortib, heft gaz sohasigacha, meditsinadan tortib, moliyaviy sektorgacha keng miqyosda ishlatiladi. Shuning uchun Big Data raqamli milliy iqtisodiyotning mahsuloti ham, drayveri ham, milliy mulki ham hisoblanishi mumkin. Big Data texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi foydalanuvchilarga ma’lumot himoyasini ta’minlashni, biznesga esa global raqobat sharoitlarida maqsadga muvofiq bo’lgan rivojlanishni ta’minlab berish bo’yicha alohida yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi. Evrokomissiyaning “Gorizont 2020” deb nomlangan dasturida Big Data (Katta ma’lumotlar) ga “Yangi raqamli iqtisodiyotning yonilg’si” degan nom berilgan. 2017 yilga kelib, Big Data (Katta ma’lumotlar) va biznes-analitika (BDA) bozoridagi dunyo miqyosida yaratilgan daromad miqdori $150,8 milliardga yetdi. BDA texnologiyasiga $72 milliard mablag’ni bank sektori, ishlab chiqarish va xizmatlar sektori va davlat xokimiyati organlari kiritgan. Yaqin kelajakda Big Data (Katta ma’lumotlar) va biznes-analitika (BDA) ni qayta ishlaydigan eng katta bozorlar jumlasiga AQSH davlatini kiritishimiz mumkin. Ular bunga joriy yilga $88,7 milliard mablag’ sarflashni rejalashtirganlar. Ikkinchi o’rinnni G’arbiy Evropa mamlakatlari ($36 milliard), uchinchi o’rinnni esa Osiyo-Tinch Okeani regioni mamlakatlari ($15 milliard) egallaydi. BSA ning bashoratiga ko’ra, Big Data ning iqtisodiyotda ishlatilishi 2030 yilga kelib, jahon YIM ning $15 trillionga teng miqdorini yaratishga impul’s beradi. McKinsey ning baholoviga ko’ra, bunda iqtisodiy samaraning umumiy miqdori &5 trillionga yetar ekan. Big Data (Katta ma’lumotlar) lardan foydalanish asosidagi texnologiyalr biznesning turli-tuman sohalarida biznesning samaradorligini oshirish va sarfharajatlarni kamaytirish uchun kompaniyalar tomonidan keng miqyosda foydalaniladi. Big Data (Katta ma’lumotlar) texnologiyasidan foydalanish tufayli, UPS (United Parsel Service) logistik kompaniyasi Big Data ni qo’llash natijasida yiliga 8,5 million litr yonilg’i iqtisod qiladi, yo’nalishlarni optimallashtirdadi va tovar yetkazib berish tezlogini oshiradi. Jo’natmalarni yetkazib berish kartografik ma’lumotlarni ishlatish, tovarlarning o’lchami va yetkazib berish muddatlari hisobga olish, jo’natish va qabul qilish punktlarini nazarda tutish asosida real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Liftlar ishlab chiqarish bo’yicha ThyssenKrupp Elevator deb nomlangan halqaro kompaniya lift eshiklarining ochilishini, kabinaning harakat tezligini, dvigatel’ning haroratini va boshqa parametrlarni real vaqt rejimida hisobga olgan holda o’z liftlarining to’xtovsiz ishlashini ta’minlaydi va to’xtab qolish hamda remont uchun ketadigan sarf-harajatlarni minimallashtiradi. Renault (Lotus) Formula 1 Sportkariga o’rnatilgan 200 dan ortiq sensorlar poyga paytida uning turli qismlaridagi holatni yig’adi va uni tahlil qilish natijasida poygachining harakatlarini optimallashtiradi. General Elektrik kompaniyasining baho berishicha, Big Data asosidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida 20 yil davomida aholi daromadining 30% qismi tejalar ekan. 2016 yilning noyabr oyida Sberbank “Ochiq ma;lumotlar” deb nomlangan loyihani ishga tushirdi. Ushbu loyiha bo’yicha, bank foydalanuvchilarga kreditlar va ularga bo’lgan arizalarning soni va o’rtacha kattaligi, nafaqalar hamda ish haqi dinamikasi bo’yicha ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi. Olingan ma’lumotlar mijozlarning holatini bashorat qilish uchun ishlatilar ekan. “Uralsib” banki esa Raxel Telematics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mashinani haydash sifatini boshqarish tizimini avto sug’urtada ishlatadi. Bunday yondoshuv zarar miqdorini 20-30% ga kamaytirar ekan. Kaspersky Security Network (KSN) bulutli tarmog’i jahon miqyosida bo’lgan komp’yuterga bo’lgan hujumlar , tahdidlar va kompyuterni zararlashga bo’lgan barhca urinishlar bo’yicha yuzlab million holatlar bo’yicha ma’lumotlarni yig’ish jarayonini amalga oshirdi. Bunda shubhali ob’ekt haqidagi ma’lumotni olishdan ta qaror qabul qilinginigacha bir daqiqadan kamroq vaqt o’tadi. Rossiya Federatsiyasida Big Data (Katta ma’lumotlar) 2025 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Raqamli iqtisodiyot” ni rivojlantirishning to’qqiz yo’nalishidan birini tashkil qildai. Hususan, Rossiyada Big Data (Katta ma’lumotlar) ni 2020 yildan boshlab, sog’liqni saqlash tizimida ishlatish rejalashtirilgan. Bu amal har insonning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni to’plashga, meditsina hizmatining sifatini ekspetiza qilishga, tizimning samaradorligini oshirishga hamda tibbiyot hizmatini optimallashtirishga imkon beradi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, Big Data (Katta ma’lumotlar) texnologiyalarini faol rivojlantirish bu sohaga oid ma’lumotlarni tarqatish chegaralarini va uning himoyasini aniq ko’rsatib beradigan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarishni talab qiladi. Bunday qonunning nomi “Foydalanuvchilar haqidagi katta ma’lumotlar bazasi” deb nomlanishi va u 2018 yilda yakunlanishi ommaviy ahborot vositalarida aytib o’tilgan. Usbu ma’lumotlarning aloqa operatorlari va boshqa kompaniyalar tomonidan foydalanishini ta’qiqlash imkoniyati fuqarolar ihtiyorida qoldirilar ekan. Bu sohadagi biznes namoyndalarining fikriga ko’ra, ma’lumotlardan foydalanishga ortiqcha chegaralar qo’yish iqtisodiyotni yiliga bir necha milliard dollardan mahrum qilar ekan. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, jahon miqyosidagi ma’lumotlar hajmi geometric progressiya bo’yicha ko’payib borayapti.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish