Raqamli iqtisodiyot” fakulteti ning


Raqamli analitika (Digital Analitics)haqida tushuncha



Download 1,43 Mb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#273710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Reja

Raqamli analitika (Digital Analitics)haqida tushuncha

Digital-analitik sohasini yaxshi tushunadigan insonlar istalgan turdagi kompaniya uchun kerakli bo’lgan mutaxassislikdir. Ayniqsa, biznes internet tizimiga o’tganidan so’ng, bunday mutaxassislik juda ham muhim ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Mehnat bozorida talabgor bo’lishi uchun digital-analitik qanday ko’nikmalarga ega bo’lishi kerakligini quyida ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Agarda kompaniya on-line da biznes yurita olmasa, u tarmoqni maqsadli auditoriya bilan asosiy kommunikatsiya kanali sifatida ishlatadi. Bunda biznesga marketingni yo’naltira oladigan, ma’lumotlarni tahlil qila oladigan va rivojlanish bo’yicha maslahatlar bera oladigan mutahassislar kerak bo’ladi. Ammo bu bilan bir vaqtda dunyoviy ma’lumotlar hajmi juda tez sur’atlarda ko’payib borayapti. Jahon bo’yicha ma’lumotlar hajmi har yili 30% lar atrofida ko’payishi qayd etilgan. Xuddi shuning uchun ham kompaniyalar katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qila oladigan va bundan foydalangan xolda ma’lum hulosalar chiqara oladigan mutaxassislarni topishga harakat qiladilar. Hozirda analitiklarga boshlang’ich o’rtacha $1000 atrofida ish haqqi to’lanadi. Ammo bu ish haqqi tajriba va ko’nikmalar oshishi bilan tezda kattaroq miqdorlarga ham yetadi. Masalan, digital-analitikning o’rtahca oyligi trud.com ma’lumotlariga ko’ra 2-2,5 ming dollar atrofida bo’lar ekan. Agar siz bilimli, aqlli va o’z ishingizni sevsangiz, digital-analitik sifatida sizni ishga olgan kompaniyada qadringiz va obruingiz juda yaxshi bo’ladi. Malakali digital-analitik quidagi bilim,ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi talab qilinadi:

 Tanlangan analitikaning instrumentariysini yaxshi bilish;

 Digital-analitik Google Analitics va Yandex.metrika dan tashqari Google Tag Manager da ham ishlay olishi kerak;

 A/B testlashtirish uskunalari Google Optimize, Optimizely bilan ishlay olishi kerak;

 Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uskunalarini

- DataStudio, Tableau, Power BI larni tushunishi kerak;

Raqobatchilarni tahlil qilish uskunalari SimilarWeb, SEMrush dan foydalana bilish;

 Ijtimoiy media monitoringi tizimlari

- Brand Analytics, IQBuzz ni qo’llay olish;

 HTML, JavaScript dasturlash tillarida dasturlay olish;

 BigQuery bilan ishlay olish uchun SQL ni tushuna olish.

Ammo, hozirgi paytda ushbu mahsulotlarni ham bilsh yetarli emas. Qaysi holatda qaysi usullarni ishlatish va uni samarador ravishda amalga oshirishni bilish ham katta ahamiyatga ega. Bilimli gigital-analitik metrikalar tizimini qurishni, ko’rsatgichlarni baholashni bilishi, foydalanuvchilarning intilishlarinini tushunishi, olingan ma’lumotlarni birlashtirish va interpretatsiya qilishini eplay olishi, mahsulotga foydalanuvchilar nuqtai-nazaridan qaray olishi, gipotezalar yarata olishi, ilmiy izlanishlar va testlashtirishni amalga oshira olishi hamda olingan ma’lumotlar asosida o’z ishini isbotlay olishi kerak. Digital-analitikaning usullaridan foydalanishi internet marketolog ham, rahbariyat ham bilishi lozim. Rahbar uchun interaktiv dashboard yaratib, uning kundalik hisobotlarni tekshira olishiga imkon yaratish kerak. Rahbariyat bunday ma’lumotlar nima uchun kerakligini tushunishi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Huddi shuning uchun ham digital-analitika kurslariga katta, o’rta va kichik biznes mutasaddilari kelib, kompaniyalaridagi jarayonlarni tahlil qila olish va internet-marketologga mustaqil ravishda masalalar qo’yishni o’rganadilar. Digital-analitikani mustaqil ravishda o’rganish va bu sohada tajriba orttirish uchun kompaniyadagi amaliy ish jarayoni talab qilinadi. Bir qancha muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklardan so’ng, tajribangiz asta-sekin orta boradi. Agarda tanishlaringizning saytlari bo’lsa, ulardan o’z yordamingizni ayamang va ma’lumotlarni tahlil qilgan xolda saytni va u bilan bog’liq biznes jarayonini optimallashtirish uchun o’z takliflaringizni ishlab chiqing. Ushbu saytga analitikani tadbiq qilish uchun nima qilish kerakligini aniqlab, bu ishning rejasini tuzishingiz ham foydadan holi bo’lmaydi. Analitika orqali olingan ma’lumotlar asosida qanday masalalarni yechish kerakligini xam fikrlab ko’ring. Agarda texnik masalalar bo’yicha savollar tug’ilsa, Google Analitics forumlariga yoki Yandex Metrika klublariga murojaat qilishingiz mumkin. Birinchi nartaning o’zidayoq muvaffaqiyatga erishishingiz murakkabroq, ammo keyinchalik, tajribangiz ortgan sari muvaffaqiyatingiz ham orta boradi.

Xulosa

Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo’lib, jahon miqyosidagi internet tizimining barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo’ldi. Bu imkoniyatlar natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo’ldi. Bu esa o’z navbatida aniqroq bashorat qilish, asoslangan yechimlar qabul qilish hamda hisoblash imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo’l ochadi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun esa global information platformalar ko’rinishidagi infratuzilma talab etiladi, albatta. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo’qotish ehtimolligi, biznesni yoqotib qo’yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez hal qilish kerak bo’ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin. Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik bilan elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda



Ilk kriptovalyuta – bitkoin esa pastdan (halqdan) chiqqan innovatsiya bo’lib, yuqoridagilarning (davlat organlarining) bunga hech qanday aloqasi yo’q. Ya’ni, raqamli kriptovalyutalar davlatning emas, balki halq tomonidan ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim hisoblanadi. Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi, kelishuvni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi. Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi. Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar, shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta, yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi. Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u baholi-qudrat ishlab turibdi.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish