Ilovalar
Xulosa………………………………………….…………………………….36
Foydalangan adabiyotlar………………………........................................38
Kirish
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2020-yil 25-yanvardagi 2020-yil uchun eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish maqsadida men yurtimizda 2020-yilga “Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif etaman”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 31-avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qilindi, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan: Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida xalqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutaxassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish2
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Hozirgi kunda, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o‘tkazilmoqda. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya tarmog‘ini, balki mamlakat xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda. Internet-savdo, raqamli qishloq xo‘jaligi, «aqlli» elektr-tarmoq tizimlari, haydovchisiz transport, shaxsiylashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimiga ham raqamli iqtisodiyot inqilobi kuchli ta’sir qilmoqda. Bunday sharoitlarda alohida kompaniyalar, mintaqalar, mamlakatlar va ularning birlashmalari texnologiyalar, tovarlar va hizmatlarning yangi turlari bozorlarida yangi shakllanadigan uzoq muddatli raqobatli ustunliklarni ta’minlashga intilib, raqamli iqtisodiyot sohasida strategik qarorlarni shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga faol kirisha boshlaydilar.Raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat – real voqe’llikni to‘ldirib turadigan o’ziga hos virtual muhitdir.G‘arb mamlakatlari ekpertlari raqamli texnologiyalar iqtisodiyot sub’ektlari va boshqaruv o‘rtasidagi munosabatlar sozlanmagan bo’lsa, ish bermasligi borasida yakdil fikr bildiradilar. Faol axborotlashtirish jarayoni iste’molchilarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboradi. Elektron marketing ham asta-sekinlik bilan to‘xtovsiz ravishda iqtisodiy o‘zaro aloqalarning mohiyatiga, har bir kishining iqtisodiy o‘zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch – ehtiyojlarga yaqinlashmoqda. Raqamli iqtisodiyotdagi elektron tijoratning boshqaruv jarayoni (professional kadrlar orqali) – o‘zaro aloqalarni boshqarishning komp’yuterlashtirilgan tizimi bo‘lib, insoniyatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish borasida elektron ma’lumotlardan faol foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib boradi. Masalan, unda tizim faoliyatini bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil qilish, ijro etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda raqamli olam va jismoniy (yoki moddiy) olamlar kundan-kunga bir-biriga tezkorlik bilan yaqinlashib kelmoqda. Bu ikki olamning jipslashuvi, oxir-oqibat, o’zaro bog’liqlik tushunchasi katta ahamiyat kasb etuvchi idrokli olamga olib keladi. Global raqamlashtirish jarayoni esa jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlarning barqaror o’sishi va ularga qulaylik yaratishni ta’minlagan holda tezligini oshirishda davom etmoqda. Bunday global raqamlashtirish sharoitida rivojlanishning sust bo’lishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida regress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu mamlakatlarga faqatgina yetakchi tajribalar yaratishda yangi raqobatbardosh ustunliklarni, yangicha g’oyalarga asoslangan qarorlarni qidirib topishni ta’minlovchi o’sish jarayoni yordam beradi, xolos. Tadqiqotlar shuni ko’rsatayaptiki, elektron tijorat sohasidagi information tizimlarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyot rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Misol sifatida shuni ko’rsatish mumkin: 2017-yili Huawey va Oxford Economics birgalikda Digital Spillover (raqamli ta’sir) hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir AQSH dollarliga teng bo’lgan har bir investitsiya bo’yicha daromad miqdori oxirgi 30 yil ichida 20 AQSH dollarigacha ko’tarilganini ko’rsatdi. Raqamli texnologiyalar uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (ROI – return of investment) an’anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko’proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o’rtacha dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o’sdi. Borgan sari ko’proq mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya, Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi axborot kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to’liq qondira olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir. O’zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari ko’pincha investitsiyalarni to’liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan investitsion muammolarga duch keladilar. Bu kabi muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa’yi-harakatlari birdek talab qilinadi. Shu sabab, mazkur mamlakatlar hukumatlari raqamli iqtisodiyot rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlar va IT sohasidagi qobiliyatlarni, shularga tegishli fondlarni rivojlantirish yo‘lida samarali siyosat ishlab chiqishi va o‘zlarining siyosiy qobiliyatlarini ishga solishda ijodiy yondashishi maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi. Shundagina hukumatlar raqamli information-kommunikatsion texnologiyalarini barcha sohalarga tatbiq etuvchi mustahkam muhitni yaratgan holda aloqa operatorlariga investitsiyalar bilan bog‘liq xavf va muammolarni bartaraf etishda yordam bera olishlari mumkin. Misol uchun, Mongoliyalik operatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli, WTTX texnologiyasiga ega 80 000 ta intellectual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar. Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bu esa cho‘ponlarga bozor haqidagi ma’lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda, masofaviy o‘qitish kurslarida ishtirok etishda imkon beradi hamda Internet orqali oila a’zolari va do‘stlari bilan suhbatlashishda yanada qulay «raqamli» muhitni ta’minlaydi. Raqamli AKT masalalari ta’minotchisi sifatida yaxshi tanilgan Huawei ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat jarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki sivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish o‘rinlidir. Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir. Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor sur’atlar bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning asosiy qo’llanilish sohalaridan biri –elektron tijorat, elektron biznes hamda blokcheyn va kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan turli xildagi moliyaviy operatsiyalar bo’lib, ularda faol va ishning ko’zini bilgan xolda ishtirok etish uchun ularning ma’no-mohiyatini bilish juda muhimdir. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, elektron tijorat tizimlari, blokcheyn va kriptovalyutalar bilan ishlashning boshqalaridan asosiy farqi – ularning tuzilmasi tarqoq (markazlashmagan) xoldaligidir. Bunday tizimlarda biror bir yagona markaz yoki bank mavjud emas va barcha ishtirokchilar tarmoq P2P (peer-to-peer) ko’rinishidagi pirring arxitekturasi asosida ishlaydi. Ya`ni, bunday tarmoq bir huquqqa ega bo’lgan mijoz dasturlaridan iboratdir. dilar hamda raqamli iqtisodiyot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga hizmat qiladigan usullar va texnologiyalarni tahlil qiladilar. Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya tarmog‘ini, balki mamlakat xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda. Internet-savdo, raqamli qishloq xo‘jaligi, «aqlli» elektr-tarmoq tizimlari, haydovchisiz transport, shaxsiylashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimigaham raqamli iqtisodiyot inqilobi kuchli ta’sir qilmoqda. Nafsilambirini aytganda, raqamli iqtisodiyot - bu innovatsion g‘oya va bu fikr Jahon banki tomonidan 2016 yil «Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli dividendlar» ma’ruzasida ma’lum qilingan. Bunday sharoitlarda alohida kompaniyalar, mintaqalar, mamlakatlar va ularning birlashmalari texnologiyalar, tovarlar va hizmatlarning yangi turlari bozorlarida yangi shakllanadigan uzoq muddatli raqobatli ustunliklarni ta’minlashga intilib, raqamli iqtisodiyot sohasida strategik qarorlarni shakllantirish va amalga oshirish jarayoniga faol kirisha boshlaydilar.Raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat – real voqe’llikni to‘ldirib turadigan o’ziga hos virtual muhitdir.G‘arb mamlakatlari ekpertlari raqamli texnologiyalar iqtisodiyot sub’ektlari va boshqaruv o‘rtasidagi munosabatlar sozlanmagan bo’lsa, ish bermasligi borasida yakdil fikr bildiradilar.Faol axborotlashtirish jarayoni iste’molchilarning xulq-atvorini o‘zgartirib yuboradi. Elektron marketing ham asta-sekinlik bilan to‘xtovsiz ravishda iqtisodiy o‘zaro aloqalarning mohiyatiga, har bir kishining iqtisodiy o‘zaro aloqalarga kirishishga majbur qiladigan asosiy harakatlantiruvchi kuch – ehtiyojlarga yaqinlashmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |