192
Titan suyultirilgan HCl da, isitilganda erib, TiCl
3
hosil qiladi, konsentrlangan
HNO
3
da oksidlanib, titanat kislota hosil qiladi. Titan HF da, ayniqsa, zar suvida va
HF + HNO
3
da yaxshi eriydi.
2 va 3 valentli titan birikmalari nihoyatda beqaror va kuchli qaytaruvchidir,
ya'ni tez oksidlanib, 4 valentli holga o'tadi.
Titan kislorod oqimida qizdirilsa, titan (IV)-oksid TiO
2
hosil bo'ladi. TiO
2
oq
tusli modda bo'lib, qizdirilganda sarg'ayadi; suvda va suyultirilgan kislotalarda
erimaydi,
konsentrlangan H
2
SO
4
da eriydi. TiO
2
nihoyatda o'tga chidamlidir. U
1825
0
C da suyuqlanadi.
TiO
2
amfoter bo'lib, uning kislotalik va asoslik xossalari g'oyat kuchsiz,
ammo asoslik xossalari kislotalik xossalaridan sal ortiqroq.
TiO
2
ga ishqorlar yoki ishqoriy metall karbonatlari qo'shib qizdirilganda,
titanat kislota tuzlari — titanatlar hosil bo'ladi. Ular Me
2
TiO
3
va Me
4
TiO
4
kabi
bo'lishi mumkin. Bu tuzlarning ko'pchiligi suvda erimaydi, eriydiganlari esa kuchli
tarzda gidrolizlanadi. To'rt valentli titan tuzlari ularga qaraganda barqarordir, lekin
shunday bo'lsa-da, ular ham birmuncha gidrolizlanadi va TiO
2+
— titanil ion-larini
hosil qiladi. Masalan, titanil sulfat — TiOSO
4
, titanil xlorid — TiOCl
2
va hokazo.
Titan temirga qaraganda ancha pishiq, yengil hamda korroziyaga chidamli
bo'lganligi uchun keyingi vaqtlarda metallurgiya sanoatida
uning ahamiyati ortib
bormoqda.
Tovushdan tez samolyotlar, kemalar, raketalar uchun titan qotishmalari
ishlatiladi. Uning ko'pgina boshqa qotishmalari, masalan, ferrotitan mustahkam
qotishma bo'lib, po'latlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Titan po'latning
mustahkamlik va korroziyaga chidamlilik kabi mexanik xossalarini oshirib, sifatini
yaxshilaydi. Po'latga titan qo'shishning yana bir ahamiyati bor. Po'lat
quyilganda,
undagi kislorod va azotni titan oson biriktirib oladi, shuning uchun po'lat zich va
mustahkam bo'lib qotadi. TiO
2
titan va uning birikmalari olinadigan asosiy
moddadir. TiO
2
moyli oq bo'yoqlar, qiyin suyuqlanuvchi va issiqqa chidamli
shishalar, ko'zguga surtiladigan sir bo'yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi. TiCl —
suyuq modda, undan titan ajratib olinadi. TiOSO
4
-
titanil sulfat, bu modda
kristallardan iborat bo'lib, titan va uning turli birikmalarini olishda ishlatiladi.
TiN nihoyatda qattiq va qiyin eruvchi (t
e
=2930°C) bo'lgani uchun
qimmatbaho toshlarni tarashlash uchun olmos o'rnida ishlatiladi.
TiC ham qattiq va qiyin eruvchi (t
c
= 3140°C) bo'lganligidan, qayroqtosh
sifatida va shishalarni kesishda; yaxshi elektr o'tkazuvchi bo'lgani
uchun yoy
lampalar ko'mirini tayyorlashda ishlatiladi.
Titan azot kislotasining har qanday boyitmasiyasida — sovuq va qizdirilganda
barqaror bo'lib, kislota yuzasida yupqa qatlam hosil bo'lishida ko'rinadi. Sulfat
kislotasining 5% li eritmasida ham barqaror bo'lib, boyitmasiya oshishi bilan
korroziya tezligi oshib, 40% li da maksirnal va 60% da minimal qiymatga ega
bo'ladi, 80% da esa yana oshadi va yana kamayadi. HCl 5 - 10%
Ii eritmalarida
barqaror bo'lib, boyitmasiya oshishi bilan uning korroziyasi oshib boradi. Lekin bu
jarayon ozgina oksidlovchi qo'shish bilan (HNO
3
, KMnO
4
, K
2
CrCO
4
), (mis, temir,
tuzlar) korroziya kamaytiriladi. Titanning bir qancha oksidlari bo'lib, ular tabiatda
3 xil minerallar: rutil, anagaza va brukita holida, allotropik ko'-rinishda uchraydi.