3.13.-rasm.
Ruda-termik pechining ko‘rinishi
Pechlarning elektrodlari grafitdan, yoki tozalangan ko‘mirdan tayyorlangan
bo‘lib, ularning uzunligi 800-1400 mm gacha boradi. Elektrodlar maxsus
uskunalarga o‘rnatilgan bo‘lib ular gidro-ko‘targichlar yordamida pechning ishchi
hajmiga avtomatlashgan va mexanizatsiyalangan boshqaruv orqali tushiriladi.
Rangli metallurgiyada ko‘p hollarda silindr shaklidagi ruda-termik pechlar
qo‘llaniladi. Uning o‘ziga yarasha bir qator qulaylik tomonlari mavjud. Ulardan
biri elektr pech kichkina yuzani egal-laydi, uni boshqarish har tomonlama qulaydir.
54
3.14. - rasm
. Mis - nikel ruda va boyitmalarni eritish uchun to‘g‘ri to‘rtburchak
shaklidagi elektro-pechlar.
1- elektrodlarni ko‘targich; 2-futerovka; 3-ship; 4-kontakt shneklar; 5-
shinopaketlar; 6-elektrodlar qoplamasi; 7-elektrodlarni harakatga keltiruvchi gidro
ko‘targich; 8-9-ustki va ostki prujinalar – elektrodalarni o‘rnatish uchun; 10,11–
shixta yuklash qismi;
Hozirgi kunda qora metallurgiyada yoyli po‘lat eritish pechlari keng qo‘llanilib
kelinmoqda. Bu pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi bilan bir
qatorda ularni boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Quyidagi rasmda yoyli po‘lat
eritish pechining umumiy ko‘rinishi berilgan.
55
3.15. - rasm.
DSP 200 markali yoyli po‘lat eritish pechi.
1-elektrodlarni mahkamlash sistemasi; 2-vertikal ustun; 3-elektrodlarni harakatga
keltiruvchi mexanizm; 4-pech shipini ko‘taruvchi mexanizm; 5-nasos; 6-
aylanuvchi tumba; 7-pechni harakatlantiruvchi mexanizm; 8-lulka; 9-aylashtirish
mexanizmi; 10-11 ishchi ko‘zgu; 12- pechning asosi; 13-shipning karkasi; 14-
portal; 15-elektronlar; 16-egiluvchan kabel.
Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam
balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki
qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun
maxsus mexanizm bilan ta’minlangan.
Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa
jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki
qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga
elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon
davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi.
Rangli va qora metallurgiyada xomashyoni eritish va xomaki metallarni
tozalashda zavonaviy hisoblangan induksion pechlar qo‘llaniladi. Bu pechlar
asosan alyuminiy metallurgiyasida, mis va qo‘rg‘oshin metallurgiyasida, po‘lat
ishlab chiqarishda samarali hisoblanadi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |