Rangli
va
qora
metallarni
ishlab
chiqarish.
S.R.
Xudoyarov,
A.A.Yusupxodjaev, X.R. Valiev, D.E. Aribjonova.
O’quv qo’llanma metallar, qora va rangli metallurgiya haqida
tushunchalarni, cho’yan, po’lat ishlab chiqarish jarayonlarini va unda
qo’llaniladigan dastgohlar haqida ma’lumotlarni, og’ir rangli metallarni, oltin va
kumush, volfram va molibden va engil metallarni ishlab chiqarish
texnologiyalarini o’z ichiga olgan.
3520400 «Metallurgiya» ta’lim yo’nalishida 3540401 «Qora va rangli
metallarni eritish va quyish» kasbi bo’yicha kasb-xunar kollejlarida tahsil
olayotgan o’quvchilar uchun mo’ljallangan, shuindek o’quv qo’llanma oliy o’quv
yurtlarida “Metallurgiya” yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarga va ishlab
chiqarishdagi mutaxassislarga ham foydali bo’lishi mumkin.
Учебное пособие, включает в себя понятия о металлах, чёрной и
цветной металлургии, сведения о процессах, аппаратах и технологии
производства чугуна, стали, тяжёлых цветных металлов, золота и серебра,
вольфрама и молибдена, а также лёгких металлов.
Предназанчено для учащихся обучающихся в профессиональных
колледжах по направлению 3520400 «Металлургия» по специальности
3540401 «Плавка и литьё черных и цветных металлов», а также студентов
может быть полезно для студетов высших учубных заведений обучающихся
по направлению «Металлургия» и специалистам работающим на
производстве.
The scholastic allowance, comprises of itself notions about metal, black and
colour metallurgy, information about process, device and cast iron production
technologies, steels, heavy non-ferrous metals, gild and silver, tungsten and
molybdenum, as well as light metal.
Need for increasing the frequency of training in professional college on
direction 3520400 "Metallurgy" on professions 3540401 "Smelting and casting
black and non-ferrous metals", as well as student can be useful for student of the
high educational institution training on direction "Metallurgy" and specialist
working at production.
llyustrasiyalar , jadvallar , adabiyot ro’yxati .
Taqrizchilar:
“FONON” Davlat ilmiy-ishlab
4
chiqarish korxonasi, texnik direktori
t.f.n. Samadov A.U.
ToshDTU «Konchilik ishi»
kafedrasi mudiri t.f.n., dos. Petrosov Yu.E.
KIRISH
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng
muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan
rasional va kompleks foydalanishdir.
O’zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo’nalishlaridan
biri, bu respublika hudidida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish
va ishlab chiqarishga jalb etishdir va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar
mavjud.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O’zbekiston
XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari" asarida O’zbekistondagi konchilik sanoatiga alohida to’xtalib o’tgan.
Tabiiy xom ashyo resurslari haqida so’z yuritilar ekan, Amudaryo bilan Sirdaryo
oralig’ida joylashgan O’zbekiston o’z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay
jo’g’rofiy-strategik mavqega ega ekanligi ta’kidlab o’tiladi.
Yuqorida qayd etilgan asarga murojaat qilib, ushbu satrlarni keltirsak:
«O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi" — bu erda
mashhur D. I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Hozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali kazilma konlari va ma’dan namoyon
bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo’yicha O’zbekiston tasdiklangan
zaxiralar va istikbolli rudalar jixatdan MDH dagina emas, balki butun dunyoda
ham etakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Shunindek 2009 yilda Respublikamizda qabul qilingan Inqirozga qarshi
dasturi doyirasida, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish
harajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan
korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish choralarni amalga oshirilishi ko’zda
tutiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xozirgi paytda metallurgiya sanoatida
yangi zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish dastgohlarni yaratish va ishlab
chiqarishga joriy etish bo’yicha keng maromli ishlar olib borilmoqda. Aytilgan
ishlarni amalga oshirish uchun yuqori malakali, yaxshi bilimga ega bo’lgan
mutaxassislarni tayyorlash zarurdir.
Ma’lumki respublikamiz o’quv ta’limidagi o’tqazilayotgan islohatlar o’rta-
umum, o’rta-mahsus va oliy ta’lim sohasidagi fanlar tarkibidagi ko’plab
o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Tizimning har pog’onalarida o’zgarishlar bo’lib,
alohida o’rta va o’rta-mahsus o’quv yurtiga etibor oshib bormoqda. Bu pog’onada
tayyorlanadigan mutaxassislarga ishlab chiqarishda talab juda katta. O’zbekiston
Respublikasida kasbiy ta’lim shunday darajaga etishi kerakki, bunday ta’lim
mamalakatimizda va xorijda fan, texnika va texnologiya, hamda iqtisodiyot
5
sohalarida bo’lajak taraqqiyotni hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashni ta’minlay oladigan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |