Rangli va qora


Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot



Download 10,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/168
Sana01.07.2022
Hajmi10,3 Mb.
#725825
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   168
Bog'liq
rangli va qora metallarni ishlab chiqarish

Avtogen jarayonlar haqida ma’lumot 
Avtogen jarayonlar deb, metallurgiya sanoatida shunday texnologik 
jarayonlarga aytiladiki, ular tashqaridan issiqlik manbai sarfisiz, ichki energetik 
zahiralar hisobidan boradi. Sulfidli xom ashyoni qayta ishlaganda pirometallurgik 
jarayonning avtogen borishi, qayta ishlanayotgan shixta sulfidlarining yonish 
ekzotermik reaksiyalari va shlak hosil bo’lish reaksiyalari isssiqligi hisobiga 
amalga oshadi. Oksidlovchi reagent sifatida havo, kislorodga boyitilgan havo yoki 
texnologik kislorod ishlatilishi mumkin.
Bugungi kunda dunyo olimlari Yaponiyaning «Onaxama» va «Naosima», 
Kanadaning «Timmins» zavodlarida ishlab kelayotgan «Misubisi», Kanadaning 
«Noranda», muxandis Uorkraning «Konzink Riotinton» (Avstraliya) firmasi 
tomonidan 1967 yili ishlab chiqilgan «Uorkra» jarayoni, sobiq Ittifoqda ishlab 
chiqarilgan (Rossiya) «Vanyukov» jarayonlariga yuqori baho bermoqda. YUqorida 
qayd etilgan jarayonlar nisbiy solishtirma unumdorligi, avtogenligi va boshqa bir 
qancha texnik- iqtisodiy ko’rsatgichlari bilan, XX asr oxirlarida joriy qilinayotgan 
ko’p tomonlama taraqqiy etgan, mukammal pechlar sarasiga kiradi. 


216 
Avtogen jarayon aslida bugun yoki kecha topilgan yangi jarayon emas. O’z-
o’zidan issiqlik chiqishi bilan boradigan jarayonlar qariyb 100 yildirki, sulfidli va 
oksidli boyitmalarni oksidlovchi kuydirish jarayonida, yoxud shteynlarni 
konvertorlash jarayonida ham keng qo’llanilib kelinmoqda. Bunda sulfidli 
birikmalar oksidlanishi, parchalanishi mobaynida yuqori haroratning ajralib 
chiqish natijasida boradigan jarayonligi asrimizning boshidayoq sanoat miqiyosida 
keng qo’llanilganidan dalolat beradi. 
Avtogen jarayonlarda issiqlik almashuvi, massa almashuvi, hamda, 
issiqlikning uzatilishini boshqa pechlarda qaraganda umuman boshqacha bo’lishi 
kuzatilgan, ya’ni oqova gaz xarakat yo’nalishi toshqolining erish haroratiga 
qaraganda, yuqori bo’ladi. SHuning uchun ham issiqlikning yo’qolishi, ya’ni 
oqova gaz bilan tashqariga chiqib ketishi bir oz bo’lsada yuqoriroqdir. 
YOnilg’ilarning, yoqilg’i resurslarning yildan-yilga kamayib ketishi va elektr 
energiya narxining oshib turishi avtogen jarayonlarning mavqeini yuqori 
ko’rsatgichga ko’tarib kelmoqda. Chunki avtogenli agregatlarga deyarli yonilg’i 
yoki qizitish uchun elektr energiya berilmaydi. Xaroratni oshirish uchun ko’pincha 
pechga oksidlash uchun purkalanayotgan havo yoki texnologik kislorod qizdirilib 
berilaadi. 
Sobiq Ittifoqda avtogen jarayonlarni qo’llash 1968 yilda Olmaliq tog’-
metallurgiya kombinatida «kislorodli mashalli eritish» pechini ishga tushirilishi 
bilan boshlandi. 
Umuman olganimizda metallurgiyada, xususan mis eritishda butun sarf 
bo’lgan xarajatlarning teng yarmi xomashyolarni va shixtalarni tayyorlashga 
hamda eritib undan shteyn olishga sarflanadi. Qolgan 50 % xarajat esa 
konvertorlash, olovli tozalash, elektroliz yo’li bilan tozalab mis olishga sarflanadi. 
Avtogen jarayonlarga yuklanishi mo’ljallangan xomashyo uchun aloxida 
talablar qo’yiladi. Bu talablarning asosiysi uning tarkibidagi kerakli birikmalarning 
kislorod bilan o’zaro ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning xomashyo 
yoki shixtani eritishga etarli bo’lishidadir. Oltingugurt bilan birikkan moddalar 
avtogen jarayonlar uchun asosiy xomashyodir. CHunki ular kislorod bilan 
reaksiyaga kirishib ekzotermik holatni yuzaga keltirib quyidagicha issiqlik 
chiqarish mumkin: Su
2
S - 144,56 kJ/kg, FeS – 336,36 kJ/kg, PbS – 72,76 kJ/kg. 
Taqqoslash uchun shuni ko’rsatish mumkinki, o’tin 10,5-12,6 kJ/kg, koks 26,0-
32,0 kJ/kg, neft 41,9-46,0 kJ/kg, tabiiy gaz 35,6-37,7 kJ/m
3

Hozirgi vaqtga kelib, to’g’ridan–to’g’ri xomaki mis olishga mo’ljallangan 
turli variantlar tavsiya etilmoqda, lekin faqat uchta jarayon: «Noranda», 
«Misubisi», suyuq vannada eritish sanoatda o’z o’rnini topdi.
Quruq mis boyitmalarini «Noranda» usuli bilan uzluksiz eritish uzunligi 21,3 
m, diametri 5,2 m gorizontal silindrik aylanma uskunalarda amalga oshiriladi. 37 
% gacha kislorodga boyitilgan havo shixta yuklash uchastkasida joylashtirilgan 
furmalar orqali kiritiladi. Eritish natijasida 70-75 % Cu li shteyn olinadi. 
«Misubisi» jarayoni to’g’ridan – to’g’ri qoramtir mis olishga mo’ljallangan 
uzluksiz avtogen eritish hisoblanadi. Texnologiyaning hamma asosiy bosqichlari – 
eritish, konverterlash, shlaklarni kambag’allashtirish alohida ovalsimon uchta 


217 
stasionar pechda olib boriladi. Oraliq mahsulotlar uzluksiz ravishda bir pechdan 
boshqasiga oqib o’tadi (10.1-rasm). 
Vanyukov eritish jarayoni – mis, mis – nikel, mis – rux va boshqa og’ir rangli 
metall boyitmalarini qayta ishlash uchun ishlatiladi. Vanyukov jarayonini sanoatda 
qo’llash uchun shaxta ko’rishidagi pechlardan foydalanish tavsiya etilgan. 
Vanyukov pechlarining optimal uzunligi agregatning kerakli quvvat birligiga
bog’liq bo’lib, 10 m dan 30 m va undan uzun bo’lishi 
10.1-rasm. 
«Misubisi» 
jarayonining 
umumiy 
ko’rinishi: 1-eritish pechi; 
2-shlakni 
birlashtirish 
pechi; 
3-konvertorlash 
pechi; 4-mikser; 5-flyus, 
havo, kislorod, sovutuvchi 
suyuqlik; 
6-chiqindi 
gazlar; 7-konvertor shlaki; 
8-shteyn; 
9-shteyn 
va 
shlak; 
10-
birlashtirilgandan 
sungi 
shlak; 11-shixta, flyus, 
havo, kislorod; 12-xomaki 
mis.
mumkin. Pechlarning eni havo purkash mashinalari imkoniyati va eritish natijasida 
olinayotgan eritmalarning xossasiga bog’liq bo’lib, 2,5 – 3 m ni tashkil etadi; 
umumiy balandligi 6 – 6,5 m bo’ladi. Vanyukov pechining alohida xususiyati 
purkash furmalarining pechning pastki qismiga nisbatan (1,5 – 2 m dan) yuqorida
joylashganidir. Vanyukov eritish jarayonining xarakterli xususiyati, avval ko’rilgan 
jarayonlardan tamomila farqi shundaki, shixtani erishi va sulfidlarni oksidlanishi 
shteynli eritmada emas, shlakli eritmada boradi, eritish mahsulotlari pechda boshqa 


218 
ma’lum eritish usullari singari gorizontal yo’nalishda emas, vertikal – tepadan 
pastga qarab harakatlanadi (10.2-rasm). 

Download 10,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish