Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Undab ulug* tabaru tavraq kelib jugurgil, Qurg’aq jilin buzun ko’r qanda tushar qudi il



Download 3,81 Mb.
bet17/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Undab ulug* tabaru tavraq kelib jugurgil, Qurg’aq jilin buzun ko’r qanda tushar qudi il. Mazmuni:
Seni katta yoshli odam chaqirsa, unga chopib bor, Ochlik yillarida xalqing qayerga borishini kuzat, U qaeiga borsa, sen ham o’sha yeiga bor. Xalqingga kelgan har qanday musibatlarda ularga mos bo'l (Mahmud Qoshg’ariy, Devonu lug’otit turk. II tom. Toshkent, 1963, 76-bet).
Ushbu she'riy parchada kishilar birlik, totuvlikka da'vat etiladi. Hayot sinovlaridan har kimning o’z xalqi bilan birgalikda muvafFaqiyat qozonishga chaqiriladi. Undagi g’oya bugungi kunimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, umrboqiylik kasb etmoqda. "Devon"da ilmiy va axloqiy-ta'limiy xususiyatga ega bo’lgan to’rt misrali she'riy parchalar ham mayjud: Yaj ko’rkina inanma Suvlar uza tajanma Esizligig anunma Tilda(n) chiqar ezgu so’z. Mazmuni:
Bahor ko’rkiga, uning rang-barang gullariga, chiroyliligiga ishonma, undan yaxshilik umid qilma. Suvga tayanma, chunki dunyo ne'matlarining shirinligiga, bahor go’zalligiga suyangan kishilar suvga suyanganlar kabidir. YomonJikka otlanma. Tilingdan xalq sendan doim minnatdor bo’ladigan yaxshi so’zlar chiqar (o’sha kitob, 176-bet). «Devonu lug’otit turk»dagi mehnat qo’shiqlari ovchilik, chorvachilik, bog’dorchilik va dehqonchilik bilan bog’liq jarayonlarni badiiy ifoda etadi. Shuningdek, undagi ayrim adabiy parchalar qabilalar o’rtasidagi jang tafsilotlari va qabila bahodirlarining mardonavor kurashi tasviriga bag’ishlangan. Bunday qo’shiqlar rajaz deb ataladi. Rajaz- aruz bahrlaridan birini anglatadi. Dastlabki qo’shiqlarda barmoq bilan birga aruz namunalari ham nazaiga tashlangan. Ikkinchidan, jang paytida aytiladigan, janggovarlikka, mardonavorlikka undovchi qo’shiqlar ham shu istiloh (rajaz) bilan yuritilgan. Quyidagi parchada dushmandan qasos olishga da'vat ohangi yaqqol nazarga tashlanadi: Tong atarla jortaiim
Buzruj kanin irtalim ^ : Jasmil begin ortalim ; /;, Emdi jugut juvulsun. Mazmuni:
Tong otishi bilan yo’Iga tushaylik.
Buzrujning qonini (xunini) talab qilaylik (uning uchun o’ch olaylik), u yaqubalardan edi, o’ldirildi. Basmillar begini yondiraylik.
Endi yigitlar to’planishi zarur (o’sha kitob, 367-bet). Bunday she'rlar ba'zan urjuzalar deb ham yuritilgan. Urjuzalar ham rajaz bahrida yaratilgan va o’ziga xos talablarga ega bo’lgan. Buyuk
hakim Abu Ali ibn Sino bu sohada ancha ibratli ijod qiJgan. Undan bizgacha o’nlab tibbiy urjuzalar (dostonlar) yetib kelgan (Qarang: Abu Ali ibn Sino. Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy o’git. Toshkent. Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti - 1999, 160 bet).
«Devonu lug’otit turk»dagi og’zaki adabiyot namunalarining ko’pi mavsum qo’shiqlari va tabiat manzarasiga bag’ishlangan she'rlardir. Bular orasida «Qish bilan yoz munozarasi» alohida ahamiyat kasb etadi. «Devon»dagi «Qish bilan Yoz munozarasi»da qishda qadimgi kishilarning qiynalganligi, issiq kunlar kelishini orziqib kutganligi o’zining badiiy ifodasini topgan. Nazarimizda, kishilar qadimda ezgulik va yomonlik kuchlari mavjud deb tasawur qilganliklari singari yil fasllarining ham qish va yozdan iborat deb tushunishgan. Ayni choqda qish - yovuzlik, yoz esa - ezgulik ramzi sifatida talqin etilgan. Quyosh zarrin nurlarining yer bag’rini qizdirishi yovuz kuchlarning yengilishini anglatgan. Shu bois yoz tasviriga bag’ishlangan parchalarda, xususan, qishning savollariga berilgan javoblaridagi his-tuyg’u, ehtirosning yuksakligi uning g’alaba qozonishiga qafiy ishonchidan dalolat beradi. M.Qoshg'ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida turkiy so’zlar ma'nosini arabchada izohlash mayli ham seziladi. Muallifning bunday urinishi «Qish va yoz munozarasi»ga doir to’rtliklarda ravshanroq kuzatiladi. Olimlarimiz ushbu to’rtliklami ma'lum tartibga keltirib, qadimgi munozara namunalarini tiklashga harakat qilganlar. Jumladan, KMallayevning Respublikarniz oliy maktab talabalariga mo’Ijallangan darsligida xuddi shunday holat kuzatiladi: Qish yoy biia to’qushti Qingir ko’zunug* baqishti Tutishqali yaqishti Utg’olimat o’g’rashor. Mazmuni;
Qish yoz biJan to’qnashdi Qing’ir (yomon) ko’z bilan bir-biriga qarashishdi. (Bir-birini) tutib olishga intiiishdi, (Bir-birini) yutishga tirishar edilar. Yana:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish