Keldim sanga yuz umid bila, ey moh, Lekin yondim yuzingni krmay, yuz oh. Hamsuhbat-u hamrohni netay u yIda, Darding manga hamsuhbat-u ishqing hamroh. Zakovatli shoirning mazkur she'rlaridagi mazmunni istang samoga ulang, xohlang yerga olib tushing. Har ikki holatda ham bosh mohiyat-ishq va sidq, ishq va dard, ishq va sadoqat, ishq va ishonch kabi tuyulaming ohori saqlanadi. Oshiqning ma'shuqa dardi va vasliga yetmoq ilinjidan zga tashvish va taraddudi yo'q, blishi ham mumkin emas. Bobur Mirzoning qalbida yongan ishq alangasi uni sira Tark etmagan. Tri, u komil muslim blgani holda shariatning barcha talablariga rioya qila olmadi. Sharobga ruju qygan paytlari, ma'jun kayfi bilan diliga taskin bergan damlari bldi. Lekin shu bilan bir qatorda u sha gunohlaridan komil sadoqat bilan tavba ham qildi.
Bobur Mirzo yuksak nazokatli inson sifatida kngilchan, mehr-shafqatli shaxs edi. Qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asaridagi juda kp lavhalar shunday xulosaga kelish uchun asos beradi. Aytilganlaiga qanoat hosil qilish uchun asardan bir lavha kchirish foydadan xoli emas: «Rano Sango bilan jang bldi. Xudoning inoyati bilan podsho alaba qozondilar va oziy bldilar. Rano Sangoning fathidan bir yil tgach, onam—Mohimbegim (Humoyun Mirzoning onasi) Kobuldan Hindistonga jnadilar. Men ham podsho dadamni krgani u kishi bilan biiga bordim. Onam klga yetganlarida podsho hazratlari uch otliq mahofa yubordilar... Podsho dadam hazratlari to ot kelturgunlaricha sabr qilmay, piyoda ylga tushib, Nincha Mohim uylari oldida biz bilan uchrashdilar. Onam otdan tushmoqchi bldilar, lekin podsho dadam qymasdan zlari onamning otlari jilovidan ushlab, z uylariga yetguncha piyoda ketdilar...» (Humoyunnoma. Toshkent: «Fan», 1959, 35-b.) Bobur Mirzo ruboiylaridan birida ifodalangan lavhani xotirga keltiradi: Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen slnrlasen-u nien ul shu*Iaa quldurmen. Nisbat yqtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurinen, - deb yozgan edi. Ruboiydagi Gul-u Bulbui, Shu'la-yu Parvona, Shoh-u Gadolarga yuzaki qarab, hayotiy oshiq-u ma'shuqalarning xshatilmishlari sifatida sharhlash mumkin. Aslida mazkur majoziy timsollartasawuf mulkidir. Masalaning zaminiy jilosini inobatga oladigan
blsak, Bobur Mirzo faqat yozmagan, balki naqshbandiyaning ilm va amal, ishq va amal xususidagi qafiy talablarini ado etishga ham harakat qilgan.
Bobur Mirzo she'riyatida, jumladan, ruboiylarida Vatan soinchi va hijron iztiroblari eng kp nazarga tashlanadigan tuyulardir. Shundan bIsa kerak ayrim tadqiqotchilar «Hajriy» Boburning ikkinchi taxallusi degan fikrga urg'u berdilar. Vatanni unda turib ardoqlash bilan uni yqotib sevish rtasida yer-u osmoncha tafovut borligi ayon. Bobur Mirzo qalb nidolari mazini teranroq chaqmoq uchun ikkinchi holatni loaqal tasawur qilib krmoq lozim bladi. Bobur Mirzo jisman Vatandan uzilgan blsa-da, u ruhan Vatan bilan yashab tdi. Qachonlardir ona yurtga qaytish uchquni uning qalbida snish bilgan emas. Fikrimizga daho shoirning mana bu satrlari guvohdir: Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Hara mol yig*ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat yetti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqini ermasmen. Fikrimizcha, ushbu ruboiy Bobur Mirzo ijodining 1512-yilga qadar blgan davriga taalluqll Chunki u hali bu yillarda Movarounnahrdan butkul kngul uzmagan edi. Uchinchi yurishning muvaffaqiyatsizligi uning shirin orzularini chil-parchin qildi. Shundan keyin uning yuragida z sarhadlarini Hindistonga qarab kengaytirish orzusi makon tutdi. Ba'zan shoir misralarida umidsizlikning kzga tashlanishi ham sha imirakkab ruhiy isyonlarning mevasidir.