Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Necha tojvardin topib parvarish



Download 3,81 Mb.
bet77/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Necha tojvardin topib parvarish,
Ishi bu o’ttiz yilda erdi bu ish.
Ne el mehnatidin malofi anga,
Ne bu ishdin o’zga xayole anga. (MAT.11. 568-b.). Nizomiy Ganjaviydan keyin xamsachilikda dong taratgan Xusrav Dehlaviy haqida shoir «Saddi Iskandariy»da: «Necha vaqt aning ishi bu edi»,-deb yozadi. Nega Alisher Navoiy bunday ta'qidga urg’u berayotir? Gap shundaki, ulug’ shoir «Xamsa» yozishga kirishgan yillarda katta ijtimoiy-siyosiy vazifalarbilan band edi. U butun kuch-quwatini Xuroson davlatini mustahkarnlash, el-ulus farovonligini ko’tarish, mamlakatda adolat o’rnatish kabi ezgu ishlarga sarf qilgan. Ustod Sadriddin Ayniy ta'biri bilan aytganda, Alisher Navoiy ayni yillarda badiiy ijod bilan nuqul istirohat va uyqu hisobidan shug’ullangan. Masalaning ana shu jihatlarini nazarda tutgan ulug’ shoir Shayx Nizomiyni jindak tanqid qilayotir. Faqat badiiy ijoddan boshqa tashvish-taraddudi bo’lmagan ganjalik sohir qalam sohibining «Panj ganj»ni bunyod etish uchun o’ttiz yil umr sarflashi Alisher Navoiyga sal malol kelgan ko’rinadi:
Ki, aqli musohib shitob aylasa,
Deyilgan zamonni bisob aylasa.
Yig’ishtursa bo’Imas bori olti oy,
hi hoMdung bu ra'noga suratnamoy.
(MAT,11.569-b.).
«Xamsa» - Alisher Navoiy ijodining eng nodir namunasi bo’lib, u yaratilgan paytdan e'tiboran muallifning benihoya yuksak iste'dodidan darak berdi, g’oyat baland baholarga sazovor ko’rildi. Jumladan, «Xamsa» bilan birinchilardan bo’lib tanishish sharafiga muvaffaq bo’lgan Nuriddin Abdurahmon Jomiy o’zining «Xiradnomai Iskandariy» asarida bu nodir yaratmaga juda yuqori baho beradi. Zamon hukmdori Suiton Husayn Boyqaro esa turkiy tilda vujudga kelgan ayni noyob badiiyat namunasi muallifiga Hirot ahli oldida juda katta hurmat va ehtiromini namoyon qiladi. Zayniddin Mahmud Vosiflyning «Badoe' ul-vaqoe'» asarida ma'Iumot berilishicha, Husayn Boyqaro o’zining bayram va zafar kunlarida minadigan oltin egar-jabduqli oq otiga o’tqizib, o’zi unga jilovdorlik qiladi. Podshohning yurtning ulug’ shoiriga bo’lgan bunday oliy darajadagi munosabatini tarix sira ko’rmagan edi.
Yuqorida qayd etilganidek, mamlakat ishlarining aksariyati Nizomulmulk va uning tarafdori Majididdin Muhammad ixtiyoriga
farmoni bilan Hirotga qaytishga muyassar bo’ladi. 1489-yilda Xuroson hukmdorining to’ng’ich o’g’li Badiuzzamon Mirzo Astrobodga hokim etib tayinlanadi.
7.5. Shoir hayotining so’nggi yillari
1488-yilda poytaxtga qaytgan Alisher Navoiy shoh saroyida biror rasmiy lavozimda faoliyat ko’rsatishni istamaydi. Biroq Sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni davlatni idora qilish ishlaridan chetda qolishini xohlamaydi va unga «muqarrabi hazrati sultoniy», ya'ni «hazrati sultonning eng yaqini» degan unvonni beradi. Bu unvonga ko’ra, Alisher Navoiy garchi biror rasmiy lavozimda bo’lmasa-da, davlat tashvishlaridan mutlaqo xoli ham emas edi. Ta'kidlash joizki, Alisher Navoiyga munosabat masalasida shohning qarashlari bot-bot o’zgarib turgan. Saroyda faoliyat ko’rsatayotgan ulug’ shoir dushmanlarining Sulton Husayn Boyqaroga ta'siri kuchaygan paytlarida u muxolifatdagi mulozimiar irodasiga moyillik ko’rsatishdan o’zini tiya olmagan. Biroq bunday vaziyat tezda o’z kuchini yo’qotgan va Sulton Husayn Boyqaro rnaktabdosh birodaridan samimiyatini darig’ tutmagan. Lo’nda aytadigan bo’lsak, sotsialistik realizm qoliplari asosida bunyod etilgan badiiy asarlarda ifodalanganidek, shoh va shoir o’rtasidagi munosabatlarda «antogonistik» ruh hukmronlik qilgan emas. Mumtoz manbalar sahifalari orqali yetib kelgan ma'lumotlar ana shunday dalil-xulosalarga kelish asosini beradi.
«Muqarrabi hazrati sultoniy» sharafli unvoni bilan siylangan Alisher Navoiy saroy muhitidagi ig’vo va fisq-u fujurlardan ham xoli bo’lmagan. Balx viloyatini muvaqqat boshqarib turgan ulug’ shoiming inisi Darvesh Ali bunday siyosiy nayranglardan qattiq ranjigan va shohga qarshi isyon ko’targan. Shoirning dushmanlariga bu ancha qo'l keladi. Majididdin Alisher Navoiyni isyonni uyushtirganlikda ayblaydi. Natijada ulug’ shoir buning bo’hton ekanligini isbotlash uchun Sulton Husayn Boyqaro qo’shini bilan Balxga borib isyonni bartaraf qilishga hissa qo’shadi.
1490-yiIda Majididdin tomonidan uyushtirilgan ig’volar fosh etilib, u vazirlik lavozimidan chetlashtiriladi. Bu mansab yana qayta Nizomulmulkka tegadi. Fisq-u fasod va nizo urug’ini sochishda Majididdindan qolishmaydigan Nizomulmulk temuriylar o’rtasida o’zaro nifoq o’tining yanada alangalanishiga zamin hozirlab turadi. Poytaxtda,
Husayn Boyqaro Alisher Navoiy bilan Hirotga qaytgach, shoh sevikli xotini Xadichabegimning talabi bilan undan bo’lgan o’g’li Muzaffar Mirzoni Astrobod hokimi vazifasiga tayinlash haqida farmon beradi. Bu esa o’z navbatida shahzoda MuzafFar Mirzoni taxt vorisi deb e'lon qilingani edi. Mazkur farmon ota va katta o’g’il o’rtasida jiddiy nizoning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Badiuzzamon Mirzo Mo’min Mirzoga Astrobodga Muzaffar Miizoni yo’latmaslik haqida buyruq beradi. Oqibatda mamlakat yana jang-u jadallar maydoniga aylanadi. 1496-yilda Husayn Boyqaro tomonidan Alisher Navoiy sulh tuzish niyatida Balxga yuboriladi. Shahzoda Badiuzzamon shoirni yaxshi qabul qiladi, biroq otasining uni qo’lga tushirish haqidagi o’ta maxfiy farmonidan voqif bo’lib, sulh haqidagi fikridan qaytadi. Alisher Navoiy vaziyatning bunday tus olishidan iztirobga tushadi. Umidsizlanib, Hirotga qaytishga majbur boladi. Ota va o’g’il o’rtasida yana qonli urush kelib chiqadi, jangda Badiuzzamon yengiladi. Mo’min Mirzo Muzaffar Mirzo tomonidan asir olinib, tezda Hirotga jo’natiladi va Ixtiyoriddin qal'asiga qamab qo’yiladi. Xadichabegim Nizomulmulk bilan til biriktirib, Mo’min Mirzoni qatl etish haqida farmon tayyorlaydilar va may ichib sarxush bo’lgan shohga bu mudhish farmonga muhr bostirishga erishadilar. Kayfi tarqagan Husayn Boyqaro ertalab farmonini rad etadi, biroq mayparast shoh kechikkan edi. Hukm ijro qilinib, Amir Temur Ko’ragon xonadonining tenggi yo'q iste'dodli farzandi Mo’min Mirzo vahshiyona qatl etiladi. Bu voqea 1497-yilning oktabrida yuz beradi. Shahzoda Mo’min Mirzo vafotidan uch kun o’tgach, imom Rizo

hazratlarining mazori ziyorati uchun Mashhadga ketgan Alisher Navoiy Hirotga qaytadi va bu og’ir xabarni eshitib juda qattiq iztirob chekadi. Badiuzzamon otasidan intiqom olish uchun yana jangga otlanadi. Mo’min Mirzoning o’limidan so’ng Xuroson ota va o’g’illar o’rtasida kechgan juda ko’p janglarning shohidi bo’ladi.


Alisher Navoiy musulmonlikning farz amallaridan biri bo’lgan hajga borishni juda ko’p vaqtlardan buyon ixtiyor etardi. Biroq Xurosondagi notinchliklar uning bu istagining amalga oshishiga doimo to’siq bo’Iib kelardi. Ulug’ shoir ko’nglidagi o’sha ezgu niyatini amalga oshirish uchun muqaddas Mashhad tarafga yo'1 oladi. Husayn Boyqaro esa 1499-yilda yana bir o’g’li Abulmuhsin bilan jang olib borayotgan edi. Ota va o’g’il orasida sulh taklifi qo’yiladi. Abulmuhsin otasi tarafidan sulh tuzish uchun Alisher Navoiyning yuborilishini talab etadi. Husayn Boyqaro Mashhadga chopar yuboradi. Alisher Navoiyga shohning maktubi yetkaziladi. Unda hajga borish uchun yo'1 tinch bo’lishi shartligi, Iroq va Ozarboyjon fitna va g’avg’o ichida qolganligi qayd etilgan edi. Shuningdek, maktubda Alisher Navoiyning Marvga kelishi bilan ota va o’g’il o’rtasida sulh tuzish imkoniyati vujudga kelishi bayon qilingandi. Shoir Mashhadning ulug’lari bilan kengash qiladi va haj safarini keyinga qoldirib, yurt osoyishtaligi uchun Marvga qaytishga qaror qiladi. Husayn Boyqaro va shahzoda Abulmuhsin o’rtasida sulh tuziladi. Oradan ikki-uch kun o’tgach, Alisher Navoiy hajga bormaganligi uchun Hirotga qaytib, Abdulla Ansoriy mazorida jo’robkashlik mansabiga tayinlanishi haqida yorliq berilishini shohdan so’raydi. Mirxondning «Ravzat us-safo»sida Husayn Boyqaro shoiiga quyidagicha javob qaytaiganligi qayd etilgan: «Modomiki, Siz mening mamlakatimda bor ekansiz, nimaiki tilasangiz va iltimos qilsangiz, muqarrarkim, qabul sharafiga musharraf bo'lg'usidir». (Navoiy zamondoshlari xotirasida. Toshkent, 1986, 57-bet). Ayni tafsilotlar iyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida ham batafsil bayonini topgan (o’sha asar. 78-86-betIar). Alisher Navoiy umrining so’nggi yillarini Abdulla Ansoriy qabrini obod qilish va ijodga bag’ishladi.
Alisher Navoiy umrining keyingi o*n yildan ziyodraq davrini (1488-1501) juda katta ilmiy-badiiy, iiohiy-irfoniy merosning vujudga kelishiga sarfladi.
Shoir yirik hajmli liro-epik asar «Xamsa»sini yaratgandan so’ng, nasrda barakali ijod qildi. 1488-yiH «Tarixi muluki Ajam» («Ajam -g’ayriarab shohlari tarixi») asarini yozdi. Unda muallif qadimiy tarixiy manbalar bilan birga xalq o’rtasida Ajam hukmdorlari taqdiriga aloqador
rnavjud afsonalarga e'tiborini qaratadi. Bundan maqsad o’tgan shohlarning hayoti va qilgan ishlari bayoni asosida zamondosh hukmdorlarga saboq bermoqdan iborat edi. Asar «Muhokamat ul-lug’atayn»da «Zubdat ut-tavorix» («Tarixlar qaymog’i») tarzida ham tilga olinadi. Bunday urinish tasodifiy emas, albatta. Aslida ulug’ shoir Sulton Husayn Boyqaro davri tarixini yozishni niyat qilgan. Tilga olingan ikki tarixiy asar ana o’sha «Zubdat ut-tavorix»ning kirish qismlari hisoblanadi. Taassuflar bo’lsinki, ulug’ shoirning umri vafo qilmadi va zikri o’tgan asar nihoyalamnay qoldi. Shuningdek, Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Anbiyolar va hokimlar tarixi») hamda «Sirqj ul-muslimin» («Mo’minlar yog’dusi») (1488) asarlari ham pand va ibrat bo’larli ilohiy-irfoniy hikoyatlardan tarkib topgan.
XV asr 80-yillarining oxiri 90-yiUarining boshlarida shoir bir necha musibatlar bilan yuzma-yuz keldi. Alisher Navoiyning yaqin do’sti va ustozlari Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493)lar ketma-ket vafot etishdi. Adib ularga bag’ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» nomli tarixiy-yodnoma asarlarini yozdi.
1491-yilda shoir muammo janri va uning o’ziga xos qonun-qoidalariga bag’ishlangan «Risolai mufradot dar fanni muammo asarini yaratdi. Asarda eng murakkab she'riy janr sanalgan muammoning nazariy masalalaridan bahs yuritiladi va juda ko’plat? muammolarning echilish usullari ko’isattfadi. Majlumotlaiga ko’ra, bu asar o’z davrida yuksak baholangan edi. Hatto Nuriddin Abdurahmon Jomiy uni o*g'li Ziyouddin Yusufga darslik sifatida tavsiya qiladi. Pag’ambar hadislari ta'sirida qirq qifani o’z ichlga olgan «Aibain», Hazrat Alining «Nasr ul-laoliy»sidan joy olgan hadislar asosida, 266 ta ruboiydan tashkil topgan «Nazm ui-javohir» ham shu yillarda ijod etilgandir. 1491-1492-yillarda «Majolis un~nafois» («Nafosat ahlining majlislari») tazkirasining birinchi va 1497-1498- yillarda esa 460 ijodkor hamda tarixiy shaxslar haqida ma'lumot beruvchi ikkinchi tahririni (refekiyasini) yaratdi. 1492 yilda Alisher Navoiy adabiyot nazariyasiga oid «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o'lchovi») risolasini nihoyasiga yetkazdi. Bunda aruz vazni va unga xos xususiyatlar ilk bor o’zbek tilida o’zining yetarli talqinini topadi. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog'a» («Balog’at ilmlari») asari ilm ahliga ma'lum qilinganga qadar (1993) yuqoridagi fikr o’z kuchini saqlab keldi. «Funun ul-balog’a»ning 1436-1437-yillarda Ulug’bek Mirzo dargohida yaratilganligi va besh qismdan
iborat bu asar bir baxshining turkiy aruzga bag’ishlanganligi inobatga olinsa, «birinchi»lik ma'Ium ma'noda tahriiga uchraydi. Ta'kidlash joizki, Alisher Navoiy mazkur muallif va uning asaridan bexabar ko’rinadiki, ulug’ adib u haqda xomush qoladi.
1491-1492-yillarda shoir turkiy tilda yozgan barcha she'riy asarlarini to’pIab, yaxlit bir devon tuzishga kirishadi. Ushbu yig’ma devonlaming tartib berilishi 1497-1498-yillarga qadar davom etadi. Yig’ma devonlar to’rt qismdan iborat bo’lib, unda inson umrining yoshlik, yigitlik, o’rta yoshlik va keksalik singari bosqichlari yilning to'rt fasliga qiyosan nisbat beriladi. Majmualar har bir to’pIami o’ziga xos alohida tugal devon shakliga ega. Uning birinchi kitobi «G'aroyib us-sig*ar» («Yoshlik ajoyibotlari»), ikkinchisi «Navodir ush-shabob» («YigitIik nodirliklari»), uchinchisi «Badoe' ul-vasat> («0(rta yoshlik go'zalliklari»), so’nggi devon «Favoid ul~kibar» («Keksalik foydalari»)dir. Bularning umumiy sarlavhasi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi») deb nomlandi. Ulug’ shoirning ayni ijodiy tajribasi o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida katta voqea bo’ldi.
1495-1496-yillanda shoir yana bir yirik asari «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasini nihoyasiga yetkazdi. Ushbu asar Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» («Do’stlik tarovati*) nomli asarining erkin-ijodiy tarjimasidir. Sharqning 770 ta shayxi haqidagi ibratomuz manoqib lavhalardan tarkib topgan ushbu asarda tasawuf tariqatlari, qonun-qoidalari, so’fiylaiga xos xususiyatlar o’zining ilmiy ifodasini topgan. 1498-1499-yillada shoir Fariduddin Attoming «Mantiq ut-tayi» asariga javoban falsafiy Uohiy-irfbniy, axloqiy-ma'naviy mohiyat kasb etuvchi «Lison ut-tayr* («Qush tili») dostonini yaratdi. Ulug’ adib shu yillarda maktublarini to’pIab, «Munshaot» («Munshaoti turkiy» va «Munshaoti forsiy» - tuikiy hamda foisiy maktublar) tartib berdi. Shuningdek, turkiy tilning afzalliklaridan bahs etuvchi mashhur qomusiy asari «Muhokamat ul-Iug’atayn» («Ikki til muhokamasi»)ni vujudga keltirdi. 1500-yilda yozilgan «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngUlaming seygani») Alisher Navoiy yaratgan so’nggi go’zal asar sanaladi. Bulardan tashqari, manbalarda ulug’ adibning o’q otish haqida «Risolai tir andoxtan», lug’atshunoslikka bag’ishlangan «Sab'atu-abhur» («Y yetti dengiz») nomli kitoblaming yozganMgi haqida ham malumot beriladi.
1500-yilning dekabr oyida Husayn Boyqaro yana bir o’g’li shahzoda Muhammad Hus^yn bilan bo’Iib o’tgan jangdan so'ng, Astrobodda sulh tuzib poytaxtga qaytadi. Bu voqea Alisher Navoiy umrining so’nggi kunlariga
ma'lumot berilishicha, Alisher Navoiy 1501-yilning biiinchi yanvarida bomdod namozini erta o’qib, poytaxtga yo'1 olgan Xuroson hukmdorini lcutib olish uchun otga minib Shoh Malik raboti tomon yo'1 oladi. Podshohning Alisher Navoiyga yaqin kelgan mulozimlari ulug’ shoir bilan ko’rishib, uni xursand qiladilar. Husayn Boyqaroning dabdabali va ko’rkam mahofasi ko’ringanda, ulug’ shoiming boshi aylanib qoladi hamda ahvolidan Shahobiddin Abdullani voqif qiladi. Podshoh bilan ko’rishish payti yaqinlashgach, Navoiy otdan tushganida, to’satdan xastalik og’irlashib boradi va shoir vujudida majolsizlanish holati kuzatiladi. Shunda Mavlono Jaloliddin Qosim qoltiqlariga kiigancha, ulug’ amir boshini baland darajali podshohning quchog’iga qo’yadi. Husayn Boyqaro do’stining holidagi bu o’zgarishlarni ko’rib iztirobga tushadi. -
Alisher Navoiy mana shu ahvolda tunda o’z uyiga olib kelinadi. Ertasi kuni Xurosonning mashhur tabiblari to’planib, ulug’ shoir tomirlaridan qon olishga qaror qiladilar. Biroq fursat boy berilgan, «sakta» o’z ishini qilgan (miyaga qon quyilgan) ediki, bemorni tuzatishga bo’lgan urinishlar samara bermaydi. Uch kun xushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida, yakshanba kuni tongda vafot etadi. Bundan xabardor bo’lgan ahli Hirot, butun Xuroson-u Movarounnahr buyuk shoir va davlat arbobining bu foniy dunyodan o’tishini g’oyatda qayg’u va iztirob bilan qarshi oladi va motam tutadi.
XX asrning 90-yiilarida Alisher Navoiy hayotining oxirgi kunlari haqida maqola e'lon qilgan o’zRFA muhbir a'zosi U.Karimov ulug’ shoir o’limini Husayn Boyqaro Mirzo saroyida unga qarshi harakatda bo’lgan muxolifat bilan bog’laydi. Ulug’ shoirni o’limga olib kelgan kasallik tafsilotlarini bafiirja bayon qilgan iyosiddin Xondamirning ta'biriga ko’ra, saktaning (his va harakatning to’xtab qolishi) boshlanishidan muayyan muddat o’tqazilib, uning tomiridan^qon olinadi (o’sha asar, 124-125-betlar). Ammo tabiblarning bu tadbiri befoyda ketadi. Prof. U.Karimov ulug’ shoir hayotiga qasdni ana o’sha nuqtada ko’radi. Ya'ni sakta boshlangan vaqtda tomirdan qon oiish haqidagi taklif o’rtaga tashlanadi. Biroq saroy tabibi Sulton Husayn Boyqarodan ruxsat olishni bahona qilib, bu ishni paysalga soladi. Ruhi munawarlari shod bo’lgur U-Karimovning armonlari shundaki, taklif tushgan paytda muolaja to’g’ri amalga oshirilsa, ulug’ shoir yana birmuncha muddat yashagan bo’lur edi. Ehtimol, shundaydir, qolgani

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish