Bog'liq portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar I. Alisher Navoiyning hayoti va faolitini o’rganishda qanday manbalarga tayaniladi? Ular haqida so’zlang.
2. Sholming hayoti va faoliyatini o’rganish XX asrga qadar qanday ko’rinishlarda amalga oshirildi? Ular xususida nimalarni bilasiz?
3. Ulug’ shoir asarlarining Ovrupoda o’iganilishi va yo'1 qo’yilgan kamchiliklar haqida gapirib bering.
4. Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan sobiq ittifoqda qanday ishlar amalga oshirildi?
5. XX asrning 50-60 yillarida ulug’ shoir asarlarini ommalashtirish borasida kimlar faoliyat ko’rsatdi va nimalarga erishildi?
6. o’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar navoiyshunoslik taraqqiyotida muhim hissa bo’lib qo’shilgan ilmiy asarlarni sanang.
7. Istiqlol va navoiyshunoslik. Bu borada qo’lga kiritilgan yutuqlar nimalardan iborat?
8. Yosh Alisheming ma'naviy kamolotida kimlarning ta'siri sezilib turaidi?
9. Alisherlar xonadonining Iroqqa ko’chishining sabablarini tushuntiring
10. Abulqosim Bobur Mirzo va yosh Alisherning o’zaro munosabatlari haqida nimalarni bilasiz?
II. Mavlono Lutfiyning yosh shoiiga bergan yuksak bahosini so’zlab bering.
12.Alisher Navoiy hayotining Mashhad davri haqida nimalarni bilasiz? Shoir Mashhadda kimlar bilan tanishdi?
13. Alisher Navoiyning Hirotdan ketishini Zahiriddin Boburning «ixroj» deya atashiga nimalar sabab bo’lgan deb o’y&ysiz?
14. «Masnaviy» - Alisher Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she'riy maktubida shoir o’zining yuksak badiiy salohiyati haqida iftixorbilan nimalarni e'tirof etadi va Hirotni tark etishiga sabab bo’Igan omillar sifatida nimalar qayd etiladi?
15. Samarqandda shoiiga kimlar homiylik qildi? Alisher Navoiy bu shaharda tahsil olish jarayonida kimlar bilan tanishdi?
16. Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishida qanday tarixiy voqea sabab bo’ldi?
17.Xurosonda barqaror vaziyatni vujudga keltirish uchun Yodgor Muhammad Mirzoga qarshi kurashda Husayn Boyqaroga Alisher Navoiy
qanday tadbirlari bilan ko’maklashadi?
18. Nima sababdan Alisher Navoiy muhrdorlik lavozimida faoliyat lco’rsatishni istamaydi? Shoirni Husayn Boyqaro vazir etib tayinlashmiflg sabablari nimalardan iborat?
19. Alisher Navoiy vazir va jamoat arbobi sifatida qanday ishlarni amalga oshirdi?
20. Alisher Navoiyning vazirlik lavozimidan iste'fo berishining sababi nimada?
21. Alisher Navoiy «Xamsa»sining yaratiiishi tarixi haqida so’zlang. Abdurahmon Jomiyning bu asarga beigan yuksak bahosi va Husayn Boyqaroning yurt shoiriga ko’rsatgan ehtiromi haqida nimalarni bilasiz?
22. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni Astrobodga hokim qilib tayinlashda nimalami nazarda tutadi? Shoirning Hirotga qaytishida qanday voqea sabab bo’ldi?
23. Husayn Boyqaro va shahzoda Badiuzzamon Mirzo orasida nifoq solishda kimlarning qo’li bor? Mo’min Mirzoning o’limiga-chi?
24. Alisher Navoiy nima sababdan hajga borish haqidagi qaroridan voz kechadi?
25. Shoir umrining so’nggi yillarida qaysi asarlarini yozdi?
26. iyosuddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida ulug’ shoirning vafoti bilan bog’liq qanday tafsilotlar keltiriladi?