Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov



Download 3,81 Mb.
bet167/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

<* XIII-BOB
MUHAMMAD SOLIH VA UNING "SHAYBONIYNOMA"
DOSTONI
t\ 13.1. Muhammad Solih hayoti va ijodining rganilishi tarixi
Muhammad Solih-zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyandalaridan biridir. XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning 30-yillarida yashab ijod etgan bu iste'dodli shoir haqida Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Zayniddin Vosifiyning «Badoye' ul-vaqoye'», Xondamiming «Habib us-siyar», Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkir ul-ashob», Som Mirzo Somiyning «Tuhfai Somiy», Mirzo Haydarning «Tarixi Rashidiy», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» kabi qator manbalarda sz yuritiladi va turli bayozlarda uning ijodidan namunalar keltiriladi. Shuningdek, shoir qalamiga mansub «Shayboniynoma» dostonidagi muallif tarjimai holiga oid qaydlar ijodkor haqida malum tasawurlarni hosil qilishda imkon beradi.
Muhanimad Solih—zullisonayn shoir. U turkiy va fors-tojik tillarida
ijod qildi. AHsher Navoiy «Majolis un-nafois» da shoirning «Tab'ida xeyli
diqqat birla choshni boD>ligini, xattotlik bobida ham qobiliyatli ekanligini
e'tirof etadi va uning quyidagi matlaini namuna sifatida keltiradi: ^
Nayam oshufta, gar pshid kokul mohi tobonash,
Chi am az tiragii shab, chu boshad subh poyonash (146). *
(Mazmuni: Yorning kokili yorqin oydek yuzini yopib turgan ekan, undan parishon emasman. Oxirida yana tong otishi ma'lum ekan, tunning qoronuligidan ne am?)
Alisher Navoiy nazariga tushgan ushbu bayt ijodkorining yetuk shoir ekanligidan dalolat beradi. Unda oshiqning ma'shuqa visoliga vosil blishiga ishonchi keltirilgan tamsil asosida yorqin namoyon blgan. Shoir yorning qop-qora kokilini - tunga, uning yorqin oydek yuzini tongga xshatadi. Tundan sng tong otishi yor jamoli yuzidan sochlarini olishi bilan uyundir.
Uiu mutafakkir Alisher Navoiyning tazkirasida Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostoniga munosabat bildirilmaydi. «Majolis un-nafois»dagi qaydlar Muhammad Solih ijodining dastlabki bosqichiga taalluqlidir. «Shayboniynoma» esa shoir ijodining ikkinchi bosqichi, uning Shayboniyxon xizmatiga kirganidan keyingi davriga tegishli blib,

doston ijod etilgan vaqtda AJUsher Navoiy bu foniy dunyo bilan vidolashgan edi.


Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»da Muhammad Solihning azaliyotini qoniqish bilan e'tirof etgan holda, Shayboniyxonga baishlangan turkiy masnaviysini «bisyor sust va ftirudtur» - deya baholash bilan kifoyalanib qolmaydi. «Boburnoma» muaUifi «ani quon kishi Muhammad Solih she'ridin be'tiqod bo'lur» (163-b.), - deya ta'kidlaydi.
Muhammad Solih sohib devon shoir sifatida gzal nazmiy durdonalar yaratgan blsa-da, tmdan ayrim namunalargina bizgacha yetib kelgan, xolos. Adabiyotshunos Akromjon Ibrohimov yuqorida nomlari tilga olingan mumtoz manbalar asosida Muhammad Solih she'riy merosi haqida ma'him tasawur hosil qilish uchun ulardan namunalar keltiradi (Qarang: zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 3-tom. Toshkent: «Fan», 1978, 92-94-betlar). Tadqiqotchi diqqatini ziga jalb etgan shoirning quyidagi bayti ijodkor salohiyati haqida yaxshigina taassurot qoldirishi bilan ahamiyatlidir:
Asiri olami surat mabosh Solehi nodon, Biyo ba olami ma'ni, ki olami digar ast in.
(Mazmuni: Surat olamining asiri blma, ey nodon Solih, Ma'no olamiga kelki, bu olam boshqa olamdir) (sha kitob. 92-b.).
Taniqli adabiyotshunos A.Hayitmetov «Hayotbaxsh chashma» kitobida (Toshkent, 1974, 136-b.) shoirning 2 ta, E.Shodiyev esa «O'zbekiston madaniyati» gazetasida (1972 yil 11 iyul) 10 ta azalini turli bayoz va majmualardan aniqlab e'lon qilishdi. Biroq shoirning devoni haligacha ilm ahliga ma'lum emas. Shu bois Muhammad Solihning ijodiy salohiyatini, adabiyotimiz tarixida tutgan mavqeini hozirgacha tIa holatda saqlanib qolgan «Shayboniynoma» dostoni asosida baholash mumkin.
Dostonnning qlyozma nusxalari juda oz bHb, uning 1510-yilda, shoir hayotligi davrida kchirilgan nusxasi bizgacha yetib kelgan. Bu noyob nusxa Avstriya poytaxti Vena kutubxonasida saqlanadi. Mazkur qlyozma taniqli sharqshunos olim Herman Vamberining diqqatini ziga jalb etgan. Olim 1885- yilda shu nusxa asosida asarning nemischa tarjimasi bilan Venada nashr ettirdi. Shu tariqa «Shayboniynoma» XIX asrning oxirlaridan qayta ilm ahli nazariga tushib qoldi. 1908-yiIda rus sharqshunos olimi P.M.Melioranskiy sha qIyozmaning fotonusxasi
va tLVamberi nashri asosida Sankt-Petrbuigda asarning ikkinchi nashrini amalga oshirdi. Keyinchalik dostondan parchalar turli majmualardan rin ola boshladi. O'zbekistonda «Shayboniynoma»ning tla nashrini 1961-yida Nasrulla Davron chop ettirdi. 1989-yilda taniqli olim Ergashali Shodiyev dostonni qayta nashr ettirdi. Har ikkala nashr uchun ham rus olimi P.M.Melioranskiy e'lon qilgan nusxa asos blib xizmat qilgan. E.Shodiyev «Shayboniynoma»ni qayta nashr etish jarayonida N.Davron nashridagi ayrim matniy nuqsonlarni bartaraf etishga jiddiy e'tibor qaratadi (Qarang: Muhammad Solih. Shayboniynoma. Toshkent: G(.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989, 9-10-b.). Muhammad Solihning hayoti va ijodi haqida nomzodlik dissertatsiyasini (1950 yil) yozgan A.Ibrohimov shoir haqida atroflicha ma'lumot beradi va «Shayboniynoma»ni teran tahlil qilishga harakat qiladi (Qarang: zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 3-tom. Toshkent: «Fan», 1978, 88-104-b.). Ayni holat taniqli adabiyotshunos N.Mallayevning «O'zbek adabiyoti tarixi» (Toshkent: «qituvchi», 1976, 609-633-b.) kitobida ham kuzatiladi.
13.2. Hayoti va faoliyati
Muhammad Solih 1455-yilda Xorazmda dunyoga keldi. Uning otasi Amir Nur Saidbek temuriy hukmdorlardan Ulubek va Jgi Mirzo saroyidagi e'tiborli kishilardan biri blib, keyinchalik Abu Said Mirzo idorasi ostida bIgan Xorazm viloyatida ancha vaqt hokimlik qilgan. Bobosi Amir Shoh Malik esa Ulubek Mirzoning vasiysi va tarbiyachisi, shuningdek, Amir Temur va Ulubek Mirzo saroylarida katta nuftizga ega blgan amirlardan edi. Muhammmad Solih onasining nomi ma'lum emas. «Shayboniynoma»da uning Buxorodan ekanligini dalillovchi bir bayt uchraydi:
Men bu sz birla Buxoro keldim, z onam uyini manzil qildim.
(Muhammad Solih. Shayboniynoma. Toshkent, 1989, 274-b. Izoh: Bundan keyin ushbu manbaga murojaat etilganda, qavs ichida sahifasini krsatish bilan kifoyalanamiz—R.V., H.E.)-
Abu Said Mirzo Hirot poytaxt Xuroson mamlakatini z tasarrufiga tkazgandan keyin, Husayn Boyqaro haibiy salohiyatini tiklash niyatida mamlakatning turli viloyatlarini qlga kiritish uchun harakat qila boshlaydi.
1467- yilda Husayn Boyqaroning shunday jangovor harakatlaridan biri Xorazmni qlga kiritishga qaratilgan edi. Manbalarda ma'lumot berilishicha, mudofaa choralarini yaxshi tashkil etolmagan Xorazm amirlari Husayn Boyqaroning hujumiga bardosh berolmay qochib ketadilar. Bundan azablangan Abu Said Miizo hamma amirlarini Xorazmga jnatib gunohi ayon blgan har bir kishiga jazo berish haqida farmon beradi. Xorazm himoyasiga beparvo munosabatda blganlikda ayblangan Amir Nur Saidbek zudlik bilan Hirotga olib kelinadi. Abu Said Mirzo uning butun mol-mulkini talon-taroj ettiradi, zini esa Ixtiyoriddin qaFasiga qamattiradi. Keyinchalik Nuriddin Abdurahmon Jomiyning iltimosiga kra Amir Nur Saidbek avf etiladi. Bu voqeadan so'ng bir oz muhtojlik azobiga giriftor blgan Amir Nur Saidbek keyinchalik z mavqeini qayta tiklashga erishadi. U yana katta amirlar qatoridan joy olishga muvaffaq bladi. Biroq bu nufuzini saqlab qolish unga nasib qilmaydi. 1469-yilda Hirot taxti Husayn Boyqaro idorasi ostiga tgandan so'ng, Abu Said Mirzoning kplab yaqin amir va beklari jazoga tortiladi. Ayni paytda Marv shahrida blgan Nur Saidbek ham qatl qilinadi.
Muhammad Solih «Shayboniynoma»da yoshlik yillarida blib tgan bu voqealarni quyidagicha xotirlaydi:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish