Shunidamki, Jamshedi farrux sirisht,
Ba sarchashmae bar sange navisht:
Barin chashma chun mo base dam zadand,
Biraftand to chashm barham zadand:
Giriftem olam ba mardi-yu zr,
Valekin naburdem bo xud ba go*r.
Ul Khistonda bu rasmdurkim, toshqa qazib, abyot va nimalar bitirlar.» Bu she'riy parcha nashrga tayyorlovchilar tomonidan quyidagicha izohlangan: «Eshittimki, qutlu tabiatli Jamshid bir buloq boshida tosh ustiga shunday deb yozgan ekan: «Bu buloq tepasida bizlar singari kp kishilar kelib lturdilar, ketdilar va yq bldilar. Olamni mardlik va zrlik bilan oldik, lekin zimiz bilan grga eltmadik» («Boburnoma : «Fan», 1960, 155-bet).
Keltirilgan iqtibos Bobur Mirzo hayotining 1501—1502-yillaridan bir lavhadir. Movarounnahrga hujum boshlagan Shayboniyxon zarbasiga qarshilik krsata olmagan Bobur Mirzo Dahkatga va undan Obburdanga, u yerdan esa Maschoga tadi. Eslatilgan chashma Obburdandan sal quyiroqda joylashgan ekan. Ammo bu misolni keltirishdan murod bular emas. Balki Bobur Mirzoning ijodiy faoliyatidagi muhim bir nuqtani — adabiy san'at ma'nosidagi zullisonaynlik va fors-tojik adabiyotiga blgan ehtiromining nihoyat balandligini ta'kidlashdir. Uning har bir jumlasi olam-olam mazmun tashiydi. Bu z-zidan qlga kelmaydi, albatta. Bunda muallif zakovati va til bilishdagi donishmandligi namoyondir. Bobur Mirzo zidagi ana sha ilohiy inoyatni chuqur tushimgan va unga doimiy amal qilgan. Shu vajdan duch kelgan voqeani, qlga tushgan ma'lumotni «Boburnoma»ga kiritmaydi, balki ularni tanlaydi, saralaydi, zarur, yangi va quvchi uchun foydali blishi mumkin blganlarini bu nodir kitobiga kiritadi.
Mascholiklarning toshga nimadir bitish odati ana shunday nozik, muhim va shujoy ahli uchun xos hodisa ediki, Bobur Mirzo uni ilab oldi, «Boburnoma»ga kiritdi va zi ham amal qildi. Bobur Mirzoning bu juz'iy harakatida shirin bir orzu, umidbaxsh ramz yashirinday tuyuladi. Yoki ulu sarkarda va shoir toshdagi bitiklar umri yashovchanligining z asariga kchishini nihoniy orzu qilib krgan blsa, ajab emas. Mashaqqatlarga tla qisqa umri davomida badiiy ijod bilan mashul blgan, zbek va fors-tojik tillarida ba'zan ynoqi she'riy asarlar bunyod etgan, necha ilmiy risolalar meros qoldirgan va nihoyat, «Boburnoma»day yuksak ma'naviy xazinani yaratgan Bobur Mirzoning sha ezgu istagi rost blib chiqdi. Uning tabarruk nomi va latif satrlari jonsiz va sovuq toshdan vorislarining qaynoq qalbiga kchdi va asrlar osha ular bilan birga yashab, nafis bir zavq hadya etib, sinchkov muxlislari tilida aks-sado berib kelayotir.
Yuqorida krib tilgan lavhalar Bobur Mirzo hayotining fojialarga tla davrlariga tri keladi. Ikki karra Samarqandni qldan chiqargan buyuk sarkardaga Andijon taxti ham buyurmadi. Ahmad Tanbal xiyonat ylini tutdi va Bobur Mirzoni shaharga kiritmadi. Yigitlari trt tomonga tarqalib ketdilar. Ahmad Tanbal ta'qibini susaytirmadi. Bu yetmaganidek, uning muborak boshi uchun katta boylik ham va'da qildi. Ana shu ysin taqdir shamoli Bobur Mirzoni Badaxshon kentlariga uloqtirdi. Yusuf dorua kabi yigitlari ham xiyonat yliga tib oldilar. Ikki kundir taxt sohibi tuz tatigan emas. Bunday arib holatlar unga kuchli ta'sir krsatdi va z iboralari bilan aytganda «o'zumni lumga qaror berdim» (175-bet). Bobur Mirzo tang vaziyat bilan yuzma-yuz keldi. Boz ustiga, Yusuf dorua «yana bir mardak» bilan birga ljani olishga shoshilmoqda.
Dunyodan umidini uzgan Bobur Mirzo oxirat ylini tanladi. Musulmonligi olib keldi. Ariqda oqayotgan suvdan tahorat olib, vidolashuv namoziga chkka tushdi. Ikki rak'atlik namoz munojoti uchun peshonasini yerga qygan Bobur Miizoni lahzalik aflat uyqusi elitdi. Tush kradi. Xoja Ahroming li Xoja Yahyoning farzandi Xoja Ya'qub
qashqa ot mingan bir dasta yigitlari bilan rparasida turibdilar. Aytdilar, bizni sizga Xoja Ahror yubordilar va dedilarkim «Har yerda mushkul ish tushsa, bizni nazaria kelturub yod etsun, biz anda hozir bo'lurmiz» (175-bet). Xushxabar kayfiyati bilan boshini ktargan Bobur Mirzo yana lim tahlikasiga duch keldi. Yusuf z sherigi bilan uni bandi qilishga shoshilmoqda edi. Tarvuz qltiqdan tushdi, xayol z holicha qoldi. Yq, mjiza ry berdi. Otlar dupuri quloqqa chalinadi. Bobur Mirzoning 10-15 cholik sadoqatli yigitlari uni izlab kelgan edilar. Ularni ham uning (Bobur Mirzoning) Karnon kentida nochor ahvolda ekanligidan tushlarida Xoja Ahror Valiy xabardor qilganlar. Bugina emas, ulu Xoja uning istiqbolli kelajagi haqida ham bashorat qilgan ekanlar (175-176-betlar).
Aytilganlar afsona emas, rostgy Bobur Mirzoning z iqrori. Muhimi, sha lavhalar rost blib chiqdi va hayot qiyosida zini oqladi. Kziga tik boqqan limlardan xalos topib, yangidan dunyoga kelgan Bobur Mirzo «tokay bu Farona viloyatiga sargardon blib turmoq kerak, bir tarafga talab qiloyin» (176-bet) tarzida qafiy hukm chiqardi va mulki afon tomon yo'1 oldi. Ana shu tariqa ilohiy inoyat ila yrilgan bu ulu zot umrylida naqshbandiya arbobi Xoja Ahror zulmat barini chok etuvchi mash'ala vazifasini tagan.
Yuqorida kzdan kechirilgan juda kp sonli dalilllar, manzaralardan ayonki, Zahiriddin Muhammad Bobur tabiatidagi san'at va adabiyotga blgan oyat baland muhabbat, yurakdan shaydolik faqatgina uning she'riy asarlari doirasida qolib ketmagan, balki adib va adabiyotshunosning adabiy-tanqidiy qarashlariga ham kchgan. Muallif tabiatidagi klamli qarashlar ijod ahli va adabiy muhit manzaralarini baholashda ravshan krinadi.
Bobur Mirzo «Boburnoma»da nlab qalam sohiblari xususida qimmatli ma'lumotlarga joy berib, oyat sharafli va muhim savob ishni bajarib ketdi. Uning bu sharofatli ishi, birinchidan, XV asrning ikkinchi yarmidagi Xuroson-u Movarounnahrning gavjum adabiy muhiti haqida boy taassurot bersa, ikkinchidan, Bobur Mirzoning aruz nazariyasiga oid chuqur ilmiy, rang-barang ma'lumotlarga boy «Muxtasar» asarining tuilishiga doya bIgani shak-shubha qoldirmaydi. Buni «Muxtasar» -«Risolai aruz»da keltirilgan badiiy parchalar juda kpchilik qismining shu davr adabiy muhitiga taalluqli ekanligi, unda Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Badriddin Hiloliy, Muhammad Solih, Amir Shayxim Suhayliy, Mavlono Osafiy, Kamoliddin Binoiy, Bihishtiy, Hisomiy,
Sayfiy Buxoriy kabi shoirlar she'rlarining misol stfatida tez-tez keltirilishi ham quvyatlaydi. Ikkinchidan, «Boburnoma»da Hirot adabiy maktabida tarbiya topgan, unda baloatga yetib, shuhrat taratgan tab' ahlining nomi bot-b6t kzga tashlanadiki, bu ham Bobur Mirzoning sha shahar madaniy hayotiga katta qiziqish bilan boqqanligini krsatadi. Bizning ushbu xulosamizni «Boburnoma»da keltirilgan mana bu jumlalar ham quwatlaydi: «SuIton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiri shahri mamlu edi. Har kishiningkim bir ishga mashullui bor edi, himmati va arazi ul edikim, ul ishni kamolga teguray» (239-240-betlar). Kzdan kechirilgan parchaning yana bir fazilati shundaki, sha jumlalar asar muallifining Sulton Husayn Boyqaro saltanati davrida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar homiysi, sarkori blgan Hirot adabiy muhiti haqida rtaga tashlanadigan mulohazalarining debochasi vazifasini taydi. Bobur Mirzo ana shu yakunlovchi hukm, xulosaning isboti uchun davr madaniy hayotidan xilma-xil dalillar keltirib, kitobxonlarni qanoatlantiradi.
Bobur Mirzo tomonidan «Boburnoma»ga kiritilgan nodir ma'lumotlar faqat adabiy hayotga tegishli blmay, balki keng qirralidir. Unda shoirlar bilan bir qatorda taniqli xattotlar, musiqa olamining donishmandlari, zamona zukkolari tomonidan e'tirof etilgan mudarrislar, naqqosh-u musawirlar, tarix soliasining bilimdonlari va hokazolar haqida ham ixcham, aniq va odilona fikrlar itaga tashlanadi. shalardan ayrimlarini krib taylik. «Boburnoma»da Mavlono Shayx Husayn, Mullozodai Mullo Usmon, Mir Jaloliddin kabi olimlar nomi zikr etilgan. Bobur Mirzoning hasssosligi shundaki, ular haqida kichkina bir jumlada katta haqiqatni ifodalashga erishgan: «Yana Mavlono Shayx Husayn edi... Hikamiyot va aqliyot va kalom ilmini xb bilur» (240-bet). «Yana biri Murtoz edi, Hakamiyot va ma'qulotni yaxshi bilur edi, aning uchun bu laqab bila mulaqqab blubturkim, bisyor rza tutar erkandur» (240-bet). «Yana bir Mir Jaloliddin muhaddis edi. Hadis ilniini Xurosonda oncha bilur kishi yq edi, xeyli muammardur» (240-bet). Muhimi shundaki, Bobur Mirzo har bir tarixiy shaxsning ziga xos xislatiga, ajralib turuvchi fazilatiga alohida e'tibor bilan qaragan.
«Boburnoma»da madaniy hayot talqini haqida gap ketar ekan, unda yetakchi qaydlarni adabiyot ahliga doir mulohazalar tashkil etishini zr qoniqish bilan ta'kidlash joizdir. «Boburnoma»ning bu sohadagi
ma'lumotlarini, eng awalo, ikki qismga ajratish mumkin. Birinchisini turli ijtimoiy tabaqalardan chiqqan va shu sohaning fidoyilari sifatida tanilgan ijodkorlar borasidagi gaplar tashkil etadi. Ikkinchi guruhga arkoni davlat vakiHaridan tab'i nazmi blganlari kiradi. Bobur Mirzoning ijodkorlar haqidagi ma'lumotlari tarixiylik nuqtai nazaridan haqqoniy va ishonchli blganligi bilan ayricha e'tiborga loyiq. Tri, uning fikrlari ba'zan bir yoqlamalikdan, shaxsiy mayl aralashuvidan ham xoli emas. Ulkan adib qarashlaridagi bunday juz'iy nuqsonlar z vaqtida zbek adabiyotshunosligiga paydo blgan ishlarda qayd qilingan va munosib baho berilgan edi. Taniqli olim B. Valiyxjayev zining «XV - XIX asrlar zbek adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan» nomli tadqiqotida Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy-tanqidiy qarashiari ustida ham batafsil txtaladi va Shayboniyxon — Bobur, Muhammad Solih — Bobur munosabatlari misolida uning qarashlarida shaxsiy raqobat ta'siri, taratkashlik alomatlari borligini krsatadi (SamDU. Asarlar, 138-nashr, 104-bet). Lekin Boburning dunyoqarashida chegaralangan aqidalar emas, balki mavjud turmushga, hayotga va uning gzalligiga, inson va uning fazilatlariga qiziqish, ularni qllash asosiy rinni egallar edi. Uning she'riyati ham, «Boburnoma»si ham va shularda ifoda etilgan adabiy-tanqidiy qarashlari ham shunday dunyoqarashga asoslanadi. Shuning uchun Bobur Mirzoning adabiy-tanqidiy qarashlari bugungi adabiyotshunoslik talablariga tla mos keladi va XV - XVI asrlar adabiyotini rganishda ishonchli manba bla oladi.
Bobur Mirzoning Sulton Husayn Boyqaro saltanati davridagi shuaro xususidagi ma'lumotlari Alisher Navoiyntng tabarruk nomi bilan ibtido topadi. «Boburnoma» muallifi AlisherNavoiy haqida nisbatan mufassalroq txtalgan va aytish mumkinki, ulu zbek shoirining hayot yli, ijodiyoti bobidagi asosiy nuqtalarni qamrab olishga erishgan. Jumladan, Alisher Navoiyning Sulton Husayn Boyqaroga tegishliligi, Xuroson davlati tizimida tutgan mavqei, tabiati, san'at ahliga amxrligi, oilaviy hayoti va vafoti singari masalalar uning yozuvlarida aksini topadi. Jumladan, Bobur Mirzo yozadi: «Yana Alisheibek edi, begi emas edi, balki musohibi edi, kichikligida hammaktab ekandurlar... Samarqandga bordi... Alisherbekning mijozi nozuk bila mashhurdir. El nazokatini davlatining ururidin tasawur qilur edilar. Andoq emas ekandur, bu sifat anga jibilliy ekandur. Samarqandta ekanda hamushmundoq nozuk mijoz ekandur... Ahli fazl va ahli hunarga Alisherbekcha murabbiy va
muqawiy ma'lum emaskim, hargiz paydo blmish bIay... ul va qiz va ahli ayol yq, olamni tavri fard va jariyda tkardi... Mirzo (Sulton Husayn Boyqaro) bilan krishib qpquncha bir holat bIdi, qpoImadi, ktarib eltdilar. Bir bayti hasbi hol voqi' blubtur. Bu dard ilaki larmen, maraz chu zohir emas, Tabiblar bu baloa ne chora qilaylar* (233-b.).
Biz bu yerda Bobur Miizo bergan ma'lumotlarning Alisher Navoiy shaxsiyati va ijtimoiy faoliyatiga taalluqli rinlarini kchirdik. Aytish kerakki, Bobur Mirzoning bu mushohadalari ixcham xulosalar blib, ulaiga buyuk shoirning yuzlab olijanob ishlari asos blgan. Bobur Mirzo Alisher Navoiyning kichik zamondoshi sifatida sha xayrli ishlaming aksariyatini eshitgan, Hirotda uning uyida yashagan paytida kigan va yuqoridagi xulosalaiga kelgan. Bu parchada Bobur Mirzo zukkoligini tasdiq etuvchi kichkina bir lavha diqqatni ziga tortadi. U ham blsa, Alisher Navoiy tabiatidagi nozik mijozlik bilan boliqdir. Garchi Alisher Navoiy haqida malumot bemvchi manbalaming aksariyati masalaning bu tomoniga ishora qilsa-da, Bobur Mirzochalik ravshan va chuqur tavsif bermaydi.
Bobur MiKoning donishmandligi shundaki, Alisher Navoiy tabiati, fe'1-u atvoridagi sha jihatni qayd etadi, el orasida yurgan gaplarga ham ishora qiladi, ularning barchasini tplab aql va adolat mezonidan tkazgach, qafiy hukmini rtaga tashlaydi. zining rtaga tashlagan lnda mushohadasi tasdii uchun Bobur Mirzo Alisher Navoiy faoliyatining Hirot davriga emas, balki Samarqanddagi yillariga ishora qiladi. Zotan, mantiq va odillik ham shuni taqozo etardi.
Alisher Navoiy Samarqandda oddiygina tolibi ilm blgan cholarida, hatto z tirikchiligini zra tebratgan blsa-da, tabiatida sha noziklik mavjud edi. Modomiki shunday ekan, bu holat na munosabat va na boylik, mol-u dunyo bilan boliq blmay, balki uning qoni va joniga ona suti bilan singgan xususiyatdir.
Bobur Mirzo Alisher Navoiy ijodi haqida batafsil ma'lumotlar keltirar ekan, faqat ryxatni berish bilan kifoyalanmay, ularga z munosabati, nuqtai nazarini ham bildirishga harakat qiladi: «Alisherbek naziri yq kishi edi, turkiy til bila to she'r aytubturlar, hech kim oncha kp va xb aytqon emas... yana ba'zi musannafoti borkim, bu mazkur blonJaiga boqa pastroq va sustroq voqi' bIubtur. Ul jumladin insholarini Mavlono Abdurahmon Jomiyga taqlid qilibtur» (233-b.).
Biz bu rinda ataylab Bobur Mirzoning tanqidiy fikrlarini
kchirdik. Bobur Mirzo Alisher Navoiyning «Xamsa», «Xazoyin ul-maoniy» va «Lison ut-tayr» asarlarini e'tirof etadi hamda ularning katta mahorat mevasi ekanligini tan oladi. AJisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Muhokamat ul-luatayn», «Majolis un-nafois» kabi bir qator asarlari Zahiriddin Muhammad Boburga «pastroq» va «sustroq» blib krinadi.
Nazarimizda, masalaning bu tomoniga qshilish qiyin. Alisher Navoiy qalami ostidan chiqqan asarlarning badiiy mahorati va oyaviy ynalishi jihatidan bir xil mezonda lchash va teng qyish da'vosini mustasno qilgan holda keyingi asarlarining ham karnsitilisMga norozimiz. Shu rinda yana bir nozik jihatni ham hisobga olishga tri keladi. Alisher Navoiy yaratib qoldirgan ma'naviy meros chinakamiga katta xazina. Undagi dur-u javohirlar miqdori va qimmatini aniqlash bir kishining qlidan keladigan ish emasligi z-zidan ayondir. Shu ma'noda Bobur Mirzo ma'Iumotlariga tanqidiy qarash lozim. Bobur Mirzo bitta shaxs bIgani uchun ham u Alisher Navoiyning barcha asarlarini tahlil etish va xolisona baholashga qodir emasligi hech kimga sir emas.
Bu ishning murakkabligini bugungi navoiyshunoslik misolida ham krish mumkin. Hozirga qadar Alisher Navoiy adabiy merosini tadqiq qilishga baishlangan nlab doktorlik va yuzlab nomzodlik tadqiqotlari yozilgani, nlab ilmiy tplamlar, elliklab turli hajmdagi kitoblarning bosilib chiqqanligiga qaramay, hali ham buyuk mutafakkir ijodida rganilmagan, tadqiqotchisini kutayotgan sohalar juda kp.
Masalaning bu jihati Bobur Mirzo oldida turgan mushkilotni hisobga olib, uni tri tushunish zamrligini krsatadi, Yana Alisher Navoiy z maktublarini yiishtirib, tplam («Munshaot») tuzganligi Bobur Mirzo uchun Abdurahmon Jomiyga taqlidday tuyuladi. Adabiy jarayonda, daho san'atkorlar faoliyatida kzga tashlanadigan yaxshi, ijobiy an'analarni rganish, davom ettirish sharafli ish. Bobur Mirzo ham taqlidni salbiy ma'noda qllamagan blishi mumkin.
Bobur Mirzo Alisher Navoiyning adabiy faoliyati xususidagi gaplarini davom ettirar ekan, uning «Mezon ul-avzon»i haqida yozadi: «Yana «Mezon ul-avzon» otliq aruz bitibtur, bisyor madhuldur. Yigirma trt ruboiy vaznida trt vaznida alat qilibtur. Ba'zi bahurning avzonida yangilibtur, aruzga mutavajjih blon kishiga ma'Ium blusidur^ (233-b.)- Bobur Mirzo «Boburnoma»da «Mezon ul-avzon»dagi nuqsonlarni qayd qilgani holda, «Muxtasar» - «Risolai aruz» asarida
bu haqda hech narsa demaydi. Mazkur asar ustida maxsus ilmiy kuzatishlar olib borgan va uni nashrga tayyorlagan Saidbek Hasan «Bobumoma»dagi ma'lumotlaiga qaytib, u haqda z fikrini bayon etadi: «Fikrimizcha, - deydi Saidbek Hasan «Muxtasar»ga yozgan szboshisida, - Bobur «Mezon ul-avzon»ning xattot tomonidan yanglish kchirilgan nusxasidan foydalanib, keyinchalik esa mazkur ruboiy vaznlarida nuqsonlar yqligini aniqlagach, bu haqda gapirishni lozim topmagan blishi kerak» (10-b.).
Saidbek Hasanning bu fikriga qshilsa bIadi. Chunki shunday holat yuz bermaganida, Bobur Mirzo bu masalaga qaytgan va yo ishora qilgan blardi. Alisher Navoiy va Bobur Mirzo munosabatlari haqidagi bahsimizning yana bir e'tirozli parchasini keltirish bilan yakunlaymiz. «Boburnoma» sohibi Alisher Navoiyning zullisonayn ijodkor ekanligini inobatga olib, uning fors-tojik tilidagi merosi haqida yozadi: «Forsiy devon ham tartib qilibtur. Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur, vale aksar sust va furudtur» (233-b.).
Zahiriddin Muhammadning bu fikrlariga munosabat bildirishdan awal shu masalaga taalluqli ayrim parchalarni kzdan kechiraylik. Alisher Navoiyning zi yozadi: «Yana forsiy azaliyot devoni Xoja Hofiz tavridakim, jami' suxan adolar va nazm piyrolar nazarida mustahsan va matbu'dur tartib beribmenkim, olti mingdin ab'y°ti adadi ko'prakdur...» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15jildlik, 14-jild. Toshkent,1967,125-b.). Fors-tojik adabiyotining tenggi yq san'atkori Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning «Tuhfat ul-afkor» qasidasini mutolaa qilar ekan, undan olgan zavq va taassurotlarini nazmga kchiradi (Qarang: Jomiy va Navoiy. Toshkent: «Fan», 1966, 39-b.). Alisher Navoiyning zi olti ming baytdan ziyodroq fors-tojik tilidagi asarlarining zamon donishmandJariga manzur bIib, ular tahsiniga sazovorligini qayd etadi. Uning «Tuhfat ul-afkor» falsafly qasidasi buyuk Jomiyning yuksak bahosini olganligi, hatto, ramziy sovalar (brk va rmol) bilan taqdirlangani ma'lum. Abdurahmon Jomiy qalb daftarida Alisher Navoiy merosiga doir bunday samimiy gaplarni kplab uchratish mumkin.
Fors-tojik adabiyotining zukko donishmandi akademik A.M.Mirzoyev Alisher Navoiyning fors-tojik tilidagi merosi bilan uzoq yillar shuullandi va qimmatli xulosalaiga keldi. Olim Alisher Navoiyning sha tildagi merosiga tayanib, uni XV asr adabiyotining Abdurahmon Jomiydan keyingi buyuk siymosi tarzida qadrlaydi (Bu haqda murojaat
etilsin: Mirzoyev A.M. Navoiy va Hofiz. «Navoiy va adabiy ta'sir masalalari» tplamida. Toshkent: «Fan», 1968,62-b.). Fikrimizcha, aksariyat asarlari «sust va furud» blsa, Alisher Navoiy bu qadar taqdirga sazovor blmagan blar edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Abdurahmon Jomiyga baland e'tiqod, ixlos va hurrnat bilan munosabatda bladi. Uni Hirot shoirlarining «saromad va sardaftari» tarzida qayd qilar ekan, samimiyat ruhi uftirib turgan qalb szlarini izhor etadi: «U1 jumladin biri Mavlono Abdurahmon Jomiy edikim, zohir va botin ulumida ul zamonda ul miqdor kishi yq edi. She'ri xud ma'lumdir. Mulloning janobi andin oliyroqdurkim, ta'rifqa ehtiyoji bo'lay...» (240-b.)-
Bobur Mirzoning Abdurahmon Jomiy haqidagi aqidalari shular bilan xotimalanmaydi. Balki asarining boshqa rinlarida ham ustoz ijodkorning tabarruk nomini tilga oladi, undan cheksiz hurmatini dari tutmaydi. Jumladan, fors-tojik adabiyotining kzga kringan arboblaridan biri Abdullo Hotifiyni yodga olganda, uning Abdurahmon Jomiyga yaqin qarindoshligi borligini ta'kidlab tadi: «Yana Abdullohi masnaviygy edi, Jomdindur. Mulloning xoxarzodasi bIur, taxallusi «Hotifiy» edi. «Xamsa» muqobalasida masnaviylar aytibdur. «Haft paykar» muqobalasida aytqon masnaviysiga «Haft manzar» ot qyubdur. «Iskandarnoma» muqobalasida «Temurnoma» aytibdur. Bu masnaviylardin «Layli va Majnun» mashhurroqtur. Agarchi latofati shuhraticha yo'qtur» (243-b,).
Krinadiki, Zahiriddin Bobur Hotifiy ijodiyotining yetakchi qirralarini qamrab olishga intilgan. Lekin xotimada yana boburona uslub olib keladi, Hotifiydagi katta ijodiy qobiliyatdan kz yummagani holda, uning shaxsiyatidagi latofatsizlikni tanqid qiladi. Muhimi, Bobur Mirzo ma'lumotlari Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois»idagi qaydlariga rost keladi. Alisher Navoiy ham Abdullo Hotifiydagi balandparvozona yurishni ma'qul krmaydi. «Agarchi zohtr yuzidin, - deb yozadi Alisher Navoiy, - Hazrati Maxdumi Nuranga zin qarobat tutar, ammo ma'ni yuzidin baoyat yiroqdur» (Alisher Navoiy. Asarlar. 12-jild. Toshkent: «Fan», 1966, 76-bet), Umuman, Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ma'lumotlari deyarli bir-biriga monand. Faqat birgina masnaviy nomida tafovut bor. Alisher Navoiy: «Iskandarnoma» muboqalasida «Zafarnoma» nazmiga mashul erdi»,-deb yozadi. Bobur Mirzo esa uni «Temurnoma& tarzida keltiradi. Alisher Navoiy u haqda
ma'lumot berganda, Abdullo Hotifiy asarini endi yozishga kirishgan edi. Zahiriddin Bobur esa bu shoir masnaviysini nihoyasiga yetkazgandan keyin uni krgan blishi mumkin. Muallif esa z masnaviysini dastlab «Zafarnoma» deb atagan va ijodiy ish intihosida uning nomini zgartirgan blsa, ajab emas. Shunday qilib, ijodkor shaxsi, uning xatti-harakatiga munosabat masalasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur qarashlarining bir-biriga hamohangligi Abdullo Hotifiyga berilga ma'lumotnoma misolida yana bir karra yorqin namoyon bladi.
«Bobumoma»da tab'i nazmi blgan bir qator temuriy shoh va shahzodalar, vazir-u vuzarolarning nomlari hara zikr etilgan. Yuqorida krganimiz singari bu rinda ham Zahiriddin Bobur jiddiy va imkon qadar odillik bilan mavjud adabiy dalillarni kzdan kechiradi, ularga shaxsiy munosabatini bildiradi. Chunonchi, Umarshayx Mirzo, Hasan Ya'qubbek, Kichik Mirzolar haqida Bobur Mirzo mulohaza yuritar ekan, ularning fe'1-u atvoridagi ziga xos jihatlarini kisatishga intiladi. Masalan, Hasan Ya'qubbekning «kichik kiigulluk, yaxshi tab'liq, chust va chaspon»ligini e'tirof etar ekan (70-71-b.), Umarshayx Mirzoning «tab'i nazmi bor»ligi, «vale she'rga parvo qilmas»ligini krsatadi (64-b.). Bobur Mirzoning shahzodalardan Muhammad Husayn Mirzo va Shoharib Mirzolar haqidagi fikrlari ham alohida e'tiborga molikdir, «Boburnoma» sohibi Muhammad Husaynning tab1! nazmi borligini aytib, undan bir bayt keltirsa (225-b.), Shoharib Mirzo haqida nisbatan kengroq txtaladi: «Yana Shoharib Mirzo edi, - deb yozadi Bobur Mirzo sha asarida,- bukri edi. Agarchi hay'ati yomon edi, tab'i xb edi. Agarchi badani notavon edi, kalorni marub edi. «G'aribiy» taxallus qilur edi. Devon ham tartib qilib edi. Turkiy va forsiy she'r aytur edi. Bu bayt aningdurkim:
Dar guzar didam parire shudam devonaash, Chist nomi , kujo boshad nadonam xonaash.
(Mazmuni: Guzarda bir pariyuzni krib, devona bldim. Uning ismi nima, uyi qaerdaligini bilmadim).
... Otasining zamonida q naql qildi. Andin ul, qiz qolmadi» (224-b.). Bu parchaning qimmati shundaki, qayta-qayta ta'kidlanganidek, Bobur Mirzo uchun na joy, na mavqe, na husn-u chiroy, balki shaxsning u yoki bu soha uchun qilgan xizmati, ziga xos fazilat-u belgilari, ma'lum sohada qshgan yangiligi birinchi rinda turadi. Muallif ana shu talablar doirasida u yoki bu san'atkor, shoir va
tarixiy shaxsga baho beradi. aribiy garchi bukri bo(lsa-da, «kalomi marub», Bobur Mirzo uchun sha fazilat muhim va shuning uchun u haqda samimiyat bilan mulohaza yuritadi.
«Boburnoma»ning qator sahifalarida Sulton Husayn Boyqaroga alohida ixlos va muhabbat bilan muomalada blinadi. Muallif u haqda bilganlarini kitobxon bilan baham kradi. Zahiriddin Boburning Sulton Husayn Boyqaro saltanati, yurishlari, arkoni davlati, nasl-nasabi, shajarasi haqidagi ishonchli ma'lumotlari XV asr tarixini rganishda muhim manbadir. «Bobumoma» muallifi Sulton Husayn Boyqaroning shoirlik salohiyatini keng sharhlaydi: «... Tab'i nazmi bor edi. Devon ham tartib qilib edi. Turkiy aytur edi. Taxallusi «Husayniy» edi. Ba'zi baytlari yomon emastur, Vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur, bovujudkim, ham yosh, ham saltanat bila ulu podshoh edi, kichiklardek qchqor saxlab, kabutar saxlab, kabutar ynar edi, tovuq ham urushqa solur edi» (222-223-b.). Keltirilgan parchadan krinadiki, «Boburnoma» sohibi Husayn Boyqaro faoliyatiga har tomonlama baho berishga erishgan.
Tahlil jarayoniga tortilgan iqtiboslardan ayonlashadiki, «Boburnoma» z muallifi adabiy-tanqidiy qarashlarini rganishda bebaho dalillar bera oladi. Shuningdek, unda nlab fors-tojik, zbek tilida hamda har ikki tilda ijod qilib, lmas asarlar yaratib qoldiigan shoirlar haqida oyat aniq va zarur ma'lumotlarni keltiigan. Masalaning bu jihati «Boburnoma»ning zbek va tojik adabiyotshunosligi uchun XV—XVI asr birinchi yarmi adabiyoti tarixini iganishda muhim manba sifatidagi qimmatini oshiradi. Ikkinchidan, bir qavm, bir qardosh maqomidagi zbek va tojik xalqlari adabiy birodarligi nurli sahifalari sifatida xizmat qiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bobur Mirzo hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi mtabar manbalardan qaysiiarini bilasiz?
2. Ulu hukmdor va ijodkorning hayoti va faoliyati borasida ilmiy izlanishlar olib boigan sharqshunos olimlardan kimlarni bilasiz?
3. Bobur Mirzo nomining jahonga tanilishida ijod ahlidan kimlarning xizmatlari singgan?
4. «Boburnoma» muallifi otasi Umarshayx Mirzo haqida qanday
ma'lumotlar keltiradi?
5. Bobur Mirzoning Farona viloyati taxtiga tirishi tarixi haqida szlang.
6. Yosh hukmdoming Samarqandni egallab, keyinchalik bira to*la . bu azim shahar va Andijon taxtini qldan berib qyishiga sabab nima?
7. Bobur Mirzoning : «Samarqanddek poytaxt turuncha, ne kiroyi ul qilaykim, Andijondek yer uchun kishi avqot zoe' qilg'ay»,-degan fikrlarini izohlashga harakat qiling.
8. Y yetti ming askariy quwatga ega bIgan tajribali hukmdor Shayboniyxondan juda oz sonli qshin bilan n tqqiz yoshli temuriyzoda Samarqandni tortib olib, nima sababdan uni yana qIdan chiqaradi?
9. Bobur Mirzoning sarson-sargardonlikda tkazgan yillari haqida ma'lumot bering.
10. Kobul va azna Bobur Mirzo ixtiyoriga qachon tdi?
11. Husayn Boyqaroning Shayboniyxonga qarshi biigalikda kurashda Bobur Mirzoni ham taklif etganini yosh temuriyzoda qanday qabul qildi?
12. Bobur Mirzoning Hirotda tkazgan kunlari haqida nimalar bilasiz?
13. Xonmirzoning isyoni haqida gapirib bering.
14. Muqammad Shayboniyxoning taqdiri nima bilan yakun topadi? * 15. Bobur Mirzo zini podshoh deb e'Ion qilishining boisi nima?
16. Shoh Ismoil tomonidan kelgan elchilar Bobur Mirzo uchun 'qanday kutilmagan voqeaning sodir blishiga sababchi bldilar?
17.Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi marta qlga kiritganida, yana qanday xatolari tufayli uni tashlab ketishga majbur bldi?
18. Boburshohning Hindistonni egallashi tarixi haqida nimalarni bilasiz?
19. Bobur Mirzo qanday adabiy, ilmiy asarlar muallifi sanaladi?
20. Shoirning manzum asarlari deganda qaysi manbalar nazarda tutiladi?
21.Bobur Mirzo she'riyatidagi yetakchi janrlar qaysilar? Ularning mavzulari, ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
22. Shoir tuyuq janrini uning qanday krinishlariga murojaat etish bilan yanada boyitdi?
23. «Boburnoma»ning yozilishi tarixi, tuzilishi va ziga xos xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
24. «Boburnoma»da muallifning o*z a^arlari yozilishi tarixi xususida qanday lavhalar keltirilgan? Asar asosida Bobur Mirzoning adabiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |