6.3.2. O‘RÒA MASOFAGA ESÒAFEÒA YUGURISH
ÒEXNIKASI
800-m va undan ham uzun bosqichlarda yuguruvchi
masofani unchalik yuqori bo‘lmagan tezlikda tamomlaydi.
Shuning uchun estafetani uzatish unchalik qiyin bo‘lmaydi.
Estafetani qabul qiluvchi yugurishni yuqori startdan
boshlaydi. U estafeta keltirayotgan yuguruvchi yetib kelishiga
15–20 m (ba’zan, ko‘pchilik barobar kelayotganda 3–5 m)
qolganda startga turadi. Qabul qiluvchi kallasini orqaga burib,
yugurib keluvchiga qarab turadi va estafetani keta turib olish
uchun uzatuvchi yetib kelishiga 3–6 metr (estafeta kelti-
rayotganning tezligiga qarab) qolganda, yugurishni boshlaydi.
O‘rtacha masofalarga estafeta yugurishda tayoqcha chap
qo‘l bilan pastdan o‘ng qo‘lga uzatiladi. Yuguruvchi ma’lum
tezlikka erishib olib, tayoqchani o‘ng qo‘lidan chap qo‘liga
o‘tkazadi.
Estafetani qabul qiluvchi tayoqchani zona ichida olmoq
uchun, yugurishdan oldin zonadan chiqmay turishi kerak.
Estafetalarda, ayniqsa 10
´
1000 m kabi ko‘p kishilik
estafetalarda, yuguruvchilarni ularning kuchlarini hisobga
olib bosqichlarga qo‘yishning muhim ahamiyati bor.
6.3.3. ESÒAFEÒA YUGURISH ÒEXNIKASIGA
O‘RGAÒISH MEÒODI
Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgangandan ke-
yingina estafeta yugurish texnikasini o‘rgata boshlash maq-
sadga muvofiq. O‘rgatishning asosiy vazifasi ikki sportchining
yuqori tezlikda yugurib ketayotganda estafeta tayoqchasini
bir-biriga aniq uzatish va qabul qilishni o‘zlashtirishdan
iborat. Quyida estafeta yugurish texnikasini o‘rgatish tartibi,
ayrim vazifalar ularni hal etish vositalari va metodik ko‘rsat-
malar berilgan.
182
1-vazifa
. Estafeta yugurish texnikasi to‘g‘risida tasavvur
hosil qilish.
Vositalar:
1. Estafeta yugurish turlari to‘g‘risida ma’lumot
berish. 2. Estafeta tayoqchasini uzatish 20 metrli zonada
yuqori tezlikda ko‘rsatish va tushuntirish. 3. Kuchli yugu-
ruvchilarning estafeta tayoqchasi uzatishlari tushirilgan kino-
halqalarni ko‘rsatish. 4. Estafetani uzatishda hisoblab chiqilgan
mo‘ljalning va harakatlar aniq bo‘lishining ahamiyatini
tushuntirish.
2 -vazifa
. Estafeta tayoqchasini uzatish texnikasini o‘r-
gatish.
Vositalar:
1. Òushuntirib va ko‘rsatib estafeta tayoqchasini
pastdan uzatish usuli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish. 2. Joyda
turib estafeta tayoqchasini o‘ng va chap qo‘llar bilan uzatish
(uzatish oldidan qo‘llarni goh yugurayotgandagi kabi hara-
katlantirib, goh bunday qilmay). 3. Yurib turib o‘qituvchi
signali bilan tayoqchani uzatish - qabul qilish. 4. Yurib
turib uzatuvchi signali bilan tayoqchani uzatish qabul qilish.
5. Oldin sekin yugurayotganda, keyin tez yugurayotganda
tayoqchani uzatuvchi signali bilan uzatish. Nazorat belgini
o‘qituvchi qo‘yadi. 6. Yonma-yon yo‘lkada tez yugurib keta
turib estafeta tayoqchasini uzatish.
Metodik ko‘rsatma.
Joyda turib estafeta tayoqchasini
uzatish juft-juft bo‘lib, ikki qator va doira yasab turib
bajariladi. Uzatuvchi qaysi qo‘lida estafetani tutib turgan
bo‘lsa, shunga qarama qarshi yon tomonga qabul qiluvchidan
sal nari surilib turadi. Yurib ketayotganda ham, sekin
yugurayotganda ham estafeta uzatish xuddi shunday bajariladi.
3-vazifa
Estafetani qabul qiluvchiga start olishni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Bir qo‘lda tayanib turib to‘g‘ri yo‘lkada
start olish. 2. Burilishdan to‘g‘ri yo‘lkaga chiqadigan joyda
alohida-alohida yo‘lkada bir qo‘l bilan tayanib start olish.
3. Òo‘g‘ri yo‘lkadan burilishga o‘tar joyda alohida-alohida
183
yo‘lkada start olish. 4. Zona boshlanishidan nazorat bel-
gigacha bo‘lgan masofani aniqlash. 5. Uzatuvchi nazorat
belgiga yetgan paytida alohida-alohida yo‘lkada start olish.
Metodik ko‘rsatma.
Yo‘lakdagi zonada start olishni o‘rga-
nayotgadna 2 va 4- bosqichdagi qabul qiluvchilar yo‘lkaning
tashqi chizig‘i tomonda yugurishlariga, 3- bosqichdagilar
esa ichki chiziq tomonda yugurishlariga e’tibor berish kerak.
Shuni hech yanglishmay bajara oladigan bo‘lgandan
keyingina, uzatuvchining yugurishiga moslab start olishni
o‘rganishga o‘tsa bo‘ladi.
4-vazifa
. 20 metrlik zonada estafetani yuqori tezlikda
uzata olishga erishish.
Vositalar:
1. Yuqori tezlikda estafetani zonada uzatish
(muayyan tarkibdagi jamoalarning har bosqichida shaxsiy
nazorat belgilar qo‘yiladi). 2. Òo‘liq masofada ikki yoki
ko‘proq jamoalarning ishtirokida estafetali yugurish.
Metodik ko‘rsatma.
Estafetali yugurish texnikasini chigal
yozdi mashqlari oxirida yoki undan keyin 1/2 - 3/4 jadallikda
va yuqori tezlikda yugurib o‘rganiladi va takomillashtiriladi.
Estafetani uzatish texnikasini asosan juft-juft bo‘lib
o‘rganiladi. Hamma o‘z joyida, ya’ni burilish boshida yoki
burilish oxirida mashq qiladi. Oldin 1-bosqichdagi yuguruvchi
2-bosqichdagi bilan, keyin 3-bosqichdagi 4-bosqichdagi bilan
mashq qiladi. Undan keyin 2-bosqichdagi 3-bosqichdagi
bilan mashq qiladi-da, nihoyat to‘rttovi birga uzatish
texnikasini takomillashtiradi. Mashg‘ulot vazifasiga qarab
bu tartib o‘zgarishi mumkin.
Estafeta tayoqchasini uzatgan yuguruvchi tezlikni pasay-
tirib, estafetani qabul qilgan boshqa jamoalarning a’zolari
yugurib ketganlaridan keyingina o‘z yo‘lkasidan chiqishi
juda muhim.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |