Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


ESÒAFEÒA JAMOALARINING MASHQ



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154
Bog'liq
engil atletika

6.3.4. ESÒAFEÒA JAMOALARINING MASHQ
QILISHIGA OID KO‘RSAÒMA
Jamoa tuzayotganda estafeta ishtirokchilarining bir qancha
sharoitlarini hisobga olib bosqichlarga bo‘lish kerak. Zonada
start oluvchining tezligi hamma vaqt yugurib keluvchiga
nisbatan sekin ekanini nazarda tutib 1- bosqichga eng kuchsiz
yuguruvchining, keyingisiga – undan kuchliroq yuguruvchini
va hokazo qo‘yish kerak. Bu, ikki yuguruvchining tezligi
estafetani uzatish paytida ko‘proq mos bo‘lishiga yordam
beradi. Shu bilan birga kimdir startdan chiqishni sevishini,
boshqa biri esa startdan yugurib chiqqanda, yomonroq natija
ko‘rsatsa ham, estafeta yugurishda muvaffaqiyatli qatnasha
olishini, albatta, nazarda tutish kerak. Kim burilishda, boshqa
bir kim esa to‘g‘ri yo‘ldan marraga kelishda yaxshi yugura
olishini ham unutmaslik kerak. Mana shularning hammasi
aniqlanib, nomzodlar aniqlangandan keyin, ularni bosqich-
larga taqsimlab mashq qilishni boshlash mumkin.
Qisqa masofada estafeta yugurishni mashq qilish – bu,
avvalo, sprintcha tayyorgarlik va shu bilan birgalikda esta-
fetani uzatish texnikasini takomillashtirishdir. Buning uchun
asosiy shart – estafeta jamoasi a’zolarining doimiyligi va
uzoq vaqtlik tajribadir. Estafeta jamoasining mashqi sprintcha
mashqning organik qismi hisoblanadi. Bu sprintchilar
yuklamasini oshirmasligi kerak. Masalan, mashq davomida
yuguruvchilar bir necha marta 100 metrdan yugurishlari kerak
bo‘lsa, buning o‘rniga 4x100 m estafetali yugurish ma’qul.
Òezlanishli yugurishni, kela turib yugurishni, chamalashlarni
estafeta uzatish bilan yakunlash mumkin. Òezlanishni esa
estafetani qabul qilish bilan boshlasa bo‘ladi va sh. k.
Yuqori jadallikda yugurib, estafeta texnikasini takomillash-
tirishni, shuningdek, chamalashlarni sprintcha mashqning
bir qismi sifatida mashg‘ulot o‘rtasida yoki yakunlovchi qism
oldidan o‘tkazish kerak. Òez-tez estafeta masofasini to‘la


185
yugurib turish juda muhimdir. Shundagina harakatlar odat
tusini oladi, nazorat belgilar hisobi aniq bo‘ladi.
Musobaqadan oldingi chigal yozdi oxirida juft-juft bo‘lib,
estafeta uzatishni yana bir mashq qilib olish lozim. Bunda,
agar zarurat bo‘lsa, nazorat belgilargacha bo‘lgan masofani
yana ham aniqroq qilib olishning juda muhim ahamiyati
bor. Bu asosan shamol esayotganda (qarshidan bo‘lsa ham,
orqadan bo‘lsa ham) juda zarurdir. Musobaqa va mashq
jarayonida estafeta jamoasining tarkibi doimiy bo‘lsa, jamoa
a’zolari barcha harakatlarni yuqori darajada aniq bajaradigan
bo‘lib qoladilar. Mustahkam malaka, harakatlarning
avtomatlashgan darajaga yetishi va vaqtni his eta bilishi hal
qiluvchi omillardir.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish