422
4-ilova
O‘zbekiston Respublikasining sport bo‘yicha hakamlik
toifalarini berish uchun tasnifiy (malakaviy) talablar
«Sport bo‘yicha hakam» unvoni
ikki yil davomida tuman yoki
shahar miqyosidagi musobaqalarda jismoniy tarbiya jamoalarida
kamida 5 marta hakamlik amaliyotiga ega bo‘lgan,
musobaqa
qoidalari bo‘yicha
seminarda qatnashib,
imtixon topshirgan
shaxslarga beriladi.
«Sport bo‘yicha 1-toifali hakam» unvoni
«Sport bo‘yicha
hakam» unvoniga hamda ikki yil davomidagi hakamlik stajiga ega
bo‘lgan, seminarda qatnashib, belgilangan imtixonlarni topshirgan,
ikki yil mobaynida tuman yoki shahar miqyosidagi kamida 8 ta
musobaqaga hakamlik qilgan, jumladan, ikki musobaqada menejer
(muovin), bosh kotib (muovin) lavozimida yoki uch musobaqada:
kamida shahar musobaqalarida katta hakam lavozimida faoliyat
yuritgan, sport bo‘yicha hakamlarning 2 ta seminarini o‘tkazgan
hakamlarga beriladi.
«Sport bo‘yicha oliy toifali hakam» unvoni
«Sport bo‘yicha
I toifali hakam» unvoniga ega bo‘lgan, kamida uch yil mobaynida
musobaqalarga faol ravishda hakamlik qilgan va ushbu talablarni
bajargan hakamlarga beriladi:
— sport bo‘yicha oliy toifali hakamlarni tayyorlashga oid ikki
seminarda qatnashish hamda musobaqa qoidalari bo‘yicha imti-
xonlar topshirish;
— respublika miqyosidagi 5 ta musobaqada bosh hakamlar
guruhi (menejer, menejer muovini, bosh kotib, bosh kotib muo-
vini) tarkibida hakamlik amaliyotiga ega bo‘lish;
— tegishli sport tashkiloti, sport turi bo‘yicha federatsiyaning
topshirig‘i bilan sport bo‘yicha I toifali hakamlarni tayyorlashga
oid ikki seminarni o‘tkazishda ishtirok etish.
«Sport bo‘yicha milliy toifadagi hakam» unvoni
kamida uch yil
mobaynida «Sport bo‘yicha oliy toifali hakam»
unvoniga ega
bo‘lgan, musobaqalarga faol ravishda
hakamlik qilayotgan va
quyidagi talablarni bajargan hakamlarga beriladi:
423
— har yil turli miqyosdagi musobaqalarda turli lavozimlarda
hakamlik amaliyotiga ega bo‘lish;
— 5 ta musobaqa chempionatida (O‘zbekiston birinchiliklarida
menejer (muovin), bosh kotib lavozimlarida) hakamlik amaliyotiga
ega bo‘lish;
— O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
taqvimiy rejasiga kiritilgan respublika miqyosidagi uchta musoba-
qada menejer (muovin), bosh kotib sifatida hakamlik qilish nazorat
tekshiruvidan o‘tish;
— oliy toifali hakamlarni tayyorlash bo‘yicha
respublika
miqyosidagi ikki seminarni o‘tkazishda ishtirok etish;
— respublika hakamlar seminarida qatnashish va musobaqa
qoidalari bo‘yicha imtixon topshirish.