Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Haftalik mashq davri.
Razryadlilar tayyorlash uchun asosiy
mashg‘ulotlar haftasiga kamida 3 – 4 marta bo‘lishi kerak.
Ammo yuqori sport mahoratiga erishish uchun, haftada 5 –
6 marta mashq qilish vazifalari va kuch kelishi har xil
mashg‘ulotlarni galma-gal almashtirib turish kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, biror fazilatni rivojlan-
tiradigan va texnikani takomillashtiradigan mashqlar ularni
ma’lum mudatda, ya’ni aniq bir necha kunda bir takrorlab
tursagina eng yaxshi samara beradi. Masalan, tezkorlik,
egiluvchanlik va ayrim guruh mushaklari kuchi kunda mashq
qilib turgandagina yaxshi rivojlanadi. Chidamlilikni hosil
qiladigan katta kuch keladigan mashqlar bunchalik tez
takrorlanmaydi. Bir xil mashg‘ulotlarda nihoyaga yetkazib
kuch berilsa, ikkinchi xillarida mashq ko‘rganlik darajasini
saqlab qoladigan ish qilinadi, uchinchilarida esa faol dam
oladigan mashqlar bajariladi.
Mashqni kunlarga bo‘lib rejalashtirishda har qaysi mashq
mashg‘ulotining ilgarigi va keyingi mashg‘ulotlarga bog‘liq
ta’sirini hisobga olish kerak. Masalan, texnikani takomillash-
tirish uchun, bir kun ilgari qanday mashq mashg‘uloti bo‘l-
ganiga befarq qarab bo‘lmaydi. Agarda ilgarigi mashg‘ulot
yuqori kuch sarflab chidamlilikni rivojlantirish yoki tex-
nikani takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsa, ertasiga
mashg‘ulotni texnikani yaxshilashga bag‘ishlashning foydasi


360
yo‘q. Shu bilan birga kam kuch sarflab texnikani ta-
komillashtirishni qatorasiga bir necha kun davom ettirish
tavsiya qilinadi. Shuningdek, mashq mashg‘ulotlari xilini
galma-gal almashtirib turish va dam olishda ma’lum ma’rom
belgilab olish ham muhimdir.
Nihoyat, bir necha kunlik yoki haftalik davr mobaynida
har xil mashq mashg‘ulotlari, kunlari, chamalashlar yoki
musobaqalar doimo almashinib turishi natijasida mashq
samarasini oshiradigan va sport yutuqlarini turg‘unlashtira-
digan odatiy tartib hosil bo‘ladi.
Shunga binoan mashg‘ulotlarning kunlarga bo‘linishi,
odatda, 7 kundan iborat mashq davri shaklida rejalash-
tiriladi. Mashq davrlarini to‘g‘ri tuzish uchun, imkoniyat
boricha, 10-jadvalda ko‘rsatilgan mashg‘ulotlar tartibiga
rioya qilish kerak. Unda mashg‘ulotlar ularning nimaga
mo‘ljallangan ekaniga qarab joylashtirilgan. Oldingi mashq
mashg‘ulotining keyingisiga ta’siri ham nazarda tutilgan.
Bu mashqning xilma-xilligini ta’minlaydi va uning sama-
rasini oshiradi.
Jadvalda mashq davri emas, balki faqat mashg‘ulotlarni
qanday tartibda ketma-ket rejalashtirish ma’qul ekani ko‘rsa-
tilganini hisobga olish kerak. Bu-tezkorlikni rivojlantirishga
yoki texnikani o‘rgatishga bag‘ishlangan mashq mashg‘u-
lotidan keyin, kelasi mashg‘ulotda chidamlilikni rivojlantirish
kerak, ammo zinhor buning aksini qilib bo‘lmaydi, degan
so‘zdir.
Shuningdek, chidamlilikni rivojlantirish mashg‘ulotidan
yoki katta kuch keladigan boshqa mashg‘ulotdan keyingi
kun faol dam olish kuni bo‘lishi kerakligi ham hammaga
ma’lum. Ko‘rsatilgan ketma-ketlikka asoslanib, turli xil mashq
davrlari tuziladi. Davrda mashg‘ulotlar ko‘p yoki oz bo‘lishi
mumkin, lekin 2 – 3 tagina mashg‘ulot qolganda ham
ko‘rsatilgan ketma-ketlik saqlanadi.


361

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish