Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Chigalyozdining ikkinchi qismida yengilatletikachi
mashg‘ulotining asosiy qismidagi birinchi mashq mashqini
bajarishga tayyorlanibgina qolmasdan, balki o‘zining yengil
atletik ixtisosiga xos mashqlarni bajarishga moyillik qilishi
ham kerak. Yengil atletikachining bunday moyillik hosil
qilishi fiziologik nuqtayi nazardan, avvalo, markaziy asab
tizimining ishga kirishishidir. Bunda bajarilajak harakat tuzil-
masi bilan harakatlantiruvchi apparat orqali o‘sha harakatni


352
amalga oshiradigan markaziy asab tizimi faoliyati o‘rtasida
yuqori darajadagi qulay munosabat hosil qilinadi.
Bu faqat asab boshqarish nuqtayi nazaridangina sozlash
emas. Markaziy asab tizimining holati ortishi ta’sirida hamma
a’zo va tizimlarning o‘sha harakat xususiyatiga aloqador ish
qobiliyati ortadi. Masalan, yuguruvchilar va tez yuguruvchi-
larda kislorod iste’mol qilish darajasi oshadi, modda
almashinish jarayoni kuchayadi, harakat reaksiyasining yashi-
rin davri kamayadi, organizm startdanoq belgilangan sur’atda
ish boshlay oladi. Shu bilan birga tayyorlik darajasi pastroq
sportchilarda “holdan toyish nuqtasi” unchalik og‘ir bo‘l-
maydi, “ikkinchi nafas” boshlanishi osonroq bo‘ladi.
Yengil atletikachilar, avvalo, mashg‘ulotning asosiy qismi
qaysi mashqdan boshlansa, xuddi shu mashq vositasida
bo‘lajak faoliyatga moyillik hosil qiladilar. Bu texnika
elementlaridan, taqlid mashqlaridan, sprint oldidan tez-tez
qadam tashlab yugurish kabi maxsus mashqlardan va tan-
langan yengil atletika turini bo‘laklab va to‘lig‘icha bajarishdan
iborat bo‘lishi mumkin. Bunday mashqlar boshda kamroq,
keyin esa asta-sekin osha boradigan jadallik bilan bajariladi.
Darsning asosiy qismida birinchi mashq ko‘p marta tak-
rorlanishiga (uloqtirish, sakrashlar) qaramasdan, chigalyozdi-
ning ikkinchi qismi juda zarur. Birinchi urinishlarni (jadalligi
to‘liq bo‘lmagan urinishlarni) mashg‘ulotning asosiy qismi
emas, balki chigalyozdining ikkinchi qismi deb hisoblash
kerak. Uloqtiruvchilar, sakrovchilar, g‘ov osharlar mashg‘u-
lotning asosiy qismi o‘rtasida yoki oxirida chigalyozdi unsurini
aralashtirmasalar bo‘lmaydi. Ko‘pincha bunda bir nech-
tagina, unchalik kuch talab qilmaydigan mashq (taqlid qilish,
asbobni turgan joyidan uloqtirish, sinamoqlikka kam jadallik
bilan sakrashlar va boshqalar) bajariladi. Chigalyozdining
ikkinchi qismi faqat o‘z turidan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Engilatletikachining texnikasi qanchalik murakkab bo‘lsa,
u bo‘lajak ishga shuncha yaxshi tayyorlanishi va chigal-


353
yozdining ikkinchi qismiga ko‘proq mashqni kiritishi kerak.
Masalan, uloqtiruvchilar va g‘ov osharlar oldin bir qator
texnika unsurlarini va maxsus mashqlarni takrorlaydilar, undan
keyin kuchlanish asta-sekin orta boradigan sinov urinishlar
qilib ko‘radilar.
Chigalyozdi hammasi bo‘lib 30–40 daqiqa davom etadi.
Issiq havoda chigalyozdi vaqtini haddan tashqari qisqartirib
yubormaslik kerak. Undan ko‘ra shoshilmasdan chigalyozdi
qilgan yaxshi. Hech qanday tashqi issiqlik harakat o‘rnini,
ayniqsa chigalgalyozdi ikkinchi qismidagi harakat o‘rnini
to‘la bosa olmaydi. Yengil atletikachining mahorati qanchalik
yuqori bo‘lsa, uning chigalyozdisi shunchalik puxta bo‘lishi
kerak.
Mashg‘ulotning asosiy qismi
. Bu qismning asosiy vazifasi
shug‘ullanuvchilarning har tomonlama jismoniy va maxsus
tayyorlik darajasini oshirishdan, ularga sport texnikasi va
taktikasini o‘rgatishdan, irodaviy fazilatlarini tarbiyalashdan,
kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, bo‘g‘imlardagi harakat-
chanlikni va chaqqonlikni rivojlantirishdan iboratdir.
Asosiy qism mazmuni shug‘ullanuvchilarning tayyorlik
darajasiga, ularning yoshiga va jinsiga, mashq davriga, yengil
atletik ixtisosiga va boshqa sabablarga qarab o‘zgaradi. Asosiy
qism jismoniy mashqlarini qariyb hamma vaqt ularning
nimaga mo‘ljallanganiga qarab, muayyan tartibda bajarish
kerak.
Ketma-ketlik quyidagicha bo‘lgani ma’qulroq: 1) tex-
nikani o‘rganish va uni takomillashtirishga mo‘ljallangan
mashqlar; 2) tezkorlikni yoki chaqqonlikni rivojlantiradigan
mashqlar; 3) kuchni rivojlantiradigan mashqlar; 4) chidam-
lilikni rivojlantiradigan mashqlar. Òaktika vazifalari tanlab
olingan yengil atletika turini bajarish bilan birga, yo‘lakay
hal qilina boradi.
Òexnikani o‘rganish va takomillashtirishga mo‘ljallangan
mashqlar, chigalyozdi ketidanoq, yengilatletikachi hali


354
charchamagan vaqtda bajariladi. Agarda texnikani ta-
komillashtirish ko‘p kuch talab qiladigan bo‘lsa, bunday
mashqlarni keyinroq ham bajarish mumkin. Masalan, bosqon
uloqtirish texnikasini takomillashtirishning tezkorlikni o‘s-
tiradigan o‘rta miyona mashqlardan keyin bajarsa ham
bo‘laveradi.
Ko‘proq tezkorlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus
mashqlar, yugurish, sakrash va uloqtirish, odatda, qisqa vaqtli,
lekin juda jadal bo‘lib, atletdan bor kuchini ishga solishni
talab qiladi. Ular sal bo‘lsa ham, har holda sportchini char-
chatadi, uning idrokini zaiflashtiradi, texnikani o‘zlashtirish
sharoitini yomonlashtiradi. Shuning uchun tezkorlikni rivoj-
lantiruvchi mashqlar texnikani o‘rganish va uni takomil-
lashtirishdan keyin bajariladi. Harakat tezligida yuqori sa-
maraga erishishni istaganda esa, tezkorlik mashqlari bevosita
chigalyozdidan keyin qilinadi. Chaqqonlikni rivojlantiruvchi
mashqlar ham asosiy qism boshida (tezkorlik mashqlari
o‘rnida yoki ulardan keyin) bajariladi.
Òexnikani o‘rganishga va tezkorlikni rivojlantirishga qara-
tilgan mashqlardan keyin, har xil og‘irliklar bilan va og‘ir-
liksiz, gimnastik asboblarda va shu kabi kuchni rivojlan-
tiradigan maxsus mashqlar kiritiladi. Yengil atletik sakrashlar,
har xil snaryadlarni uloqtirish, har xil takror-takror sakrashlar
ham shu bo‘limga kiradi. Òezkorlikni oshirish yoki o‘rgatish
maqsadidagi mashqlarni kuch rivojlantiruvchi mashqlardan
keyin bajarmagan ma’quldir. Chunki bunda harakat tezligi
kamayadi.
Chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar mashg‘ulot asosiy
qismining oxirida o‘tkaziladi. Chidamlilik (umumiysi ham,
maxsusi ham) tez yurish va sportcha yurish, yugurish, ixtisos
olayotgan yengil atletika turini takror bajarish vositasida
rivojlantiriladi. Bu mashqlar har doim anchagina kuch ke-
ladigan qilib, ko‘pincha esa juda katta kuch keladigan qilib
bajariladi.


355
Bir galgi mashq mashg‘uloti asosiy qismidagi mashqlarning
xilma-xilligi, odatda, bu yerda ko‘rsatilgandan kamroq
bo‘ladi. Masalan, langarcho‘p bilan sakrovchi faqat texnikani
o‘rganish mashqlari bilan shug‘ullanishi mumkin. Bitta mash-
g‘ulotga (ayniqsa yozda) ko‘pincha tezkorlikni va chidam-
lilikni rivojlantiruvchi mashqlar kiritiladi.
Mashqlarning ko‘rsatilgan tartibi majburiy bo‘lishi kerak
emas. Ular ayrim hollarda boshqacha tartibda ijro etilishi
ham mumkin. Masalan, keyin tezkorlikka mo‘ljallangan
mashqlarni samarali bajarishga zarur bo‘lgan ko‘proq
ta’sirchanlikni hosil qilish uchun, asosiy qismni kuch rivoj-
lantiradigan o‘rtacha og‘irlikdagi mashqlardan boshlash
mumkin.
Bir mashqni turli metod bilan va turli sharoitda (davom
etish vaqtini, asbob og‘irligini, to‘siq balandligini, joy relyefini
va boshqalarni) o‘zgartirib bajarganda, uning ta’siri ham
o‘zgarishini hisobga olmoq kerak. Masalan, turgan joydan
uch hatlab sakrash – tezkorlik uchun kerak kuchni rivoj-
lantirishga foyda beradigan mashqdir. Sakrab-sakrab qadam
tashlash, ya’ni sakrama qadamlar (200–400 m gacha) esa
kuch va chidamlilikni juda yaxshi rivojlantiradi-yu, lekin
tezkorlikni kamroq rivojlantiradi. Boshqa misol, 600–1000
m ga yugurish tezkorlikni rivojlantirishi hammaga ma’lum
mashq bo‘lishi bilan birga, kuchni ham bir qadar
rivojlantiradi. Yumshoq qum yoki qalin qor ustidagi xuddi
shu yugurishning o‘zi tezlikni emas, balki kuchni rivoj-
lantiradi.
Yangi boshlayotgan va tayyorligi yetarli bo‘lmagan yosh
yengilatletikachilar mashg‘ulotidagi asosiy qism boshlanishi
qariyb har doim o‘rgatishga ketadi. Òayyorligi yaxshi atletlar
va mahoratlilar mashg‘ulotida bu shart emas, chunki ular
texnikani takomillashtirish bilan birga, o‘zlariga kerak boshqa
fazilatlarni ham rivojlantiraveradilar. Masalan, qisqa maso-
faga yuguruvchilar anchagina tezlikda start tezlanishi,


356
tezlanishli yugurish, kela turib tezlanib ketish va hokazolar
vositasida texnikani takomillashtirish bilan birga tezkorlikni
rivojlantiradilar, mushaklar qayishqoqligini yaxshilaydilar,
ma’lum darajada maxsus chidamlilikni ham rivojlantiradilar.
Aksincha 200 metrni 2–3 marta to‘liq tezlikda yugurib o‘tish
bilan sprinter faqat maxsus chidamlilikni emas, balki
tezkorlikni ham rivojlantiradi. Bu texnikani takomillash-
tirishga ham so‘zsiz ta’sir etadi.
Lekin bunday hollarda ham mashqlarning ko‘proq nimaga
mo‘ljallanganligiga qarab, mumkin qadar yuqorida
ko‘rsatilgan tartibda bajarish kerak.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish