Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


Mashqning yakunlovchi davri



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Mashqning yakunlovchi davri.
Bu davrdagi mashqdan
maqsad – sportchining yangi yillik davrda mashg‘ulotlar
boshlanishiga to‘la dam oldirib, biron-yarim jarohati bo‘lsa
davolab, jismoniy fazilatlari va texnika malakalari darajasini
pasaytirmasdan yetkazib borishdir. Uzoq davom etgan og‘ir
mashqlar va ko‘p musobaqalarda qatnashish davridan keyin
yengilatletikachilar dam olishlari zarur. Lekin dam olish
faol bo‘lishi, ya’ni asabga dam berib, mushaklarni ish-
lataverish kerak. Buning uchun mashq mashqlarining shakli,
vositalari va metodlari o‘zgaradi, mashg‘ulotlar bog‘larda
va o‘rmonda o‘tkaziladi.


372
Yengil atletika turiga, sportchilarning tayyorlik darajasiga,
yoshlariga va yil davomida qancha musobaqalarda qat-
nashganlariga qarab, mashq yakunlovchi davrining yo‘nalishi
har xil bo‘lishi mumkin. Endi boshlayotganlar va yosh
yengilatletikachilarning mashqi yakunlovchi davrda deyarli
o‘zgarmaydi. Ular mas’uliyatli va qizg‘in musobaqalarda
ko‘p qatnashmaganlari uchun, bu davrgacha qanday bo‘lsa,
o‘shanday kuch keladigan mashq qilaverishlari mumkin.
Ular kuzgi sharoitda imkoni boricha umumiy va maxsus
jismoniy tayyorlikni oshirishlari, texnikani o‘rganishlari va
uni yaxshilashlari, shuningdek, mashqning tayyorlov davri
uchun ko‘rsatilgan boshqa vazifalarni hal etishlari kerak.
Shuningdek, faqat faol dam olish xizmatini o‘tashdan ko‘ra
ko‘proq mashg‘ulotlarga qiziqishni orttiradigan yangi-yangi
mashqlar qo‘shish zarur.
Yuqori razryadli yengilatletikachilar (1 razryaddan bosh-
lab) mashqning yakunlovchi davrida kelgusi yilga tayyor-
lanishni davom ettiraveradilar. Ular yil davomida mash-
g‘ulotlarda ancha ko‘p kuch sarflagan, ko‘proq musoba-
qalarda qatnashgan bo‘lsalar ham, jismoniy tayyorlikka,
ayniqsa umumiy jismoniy tayyorlikni oshirishga alohida
e’tibor berib, mashq qilishni davom ettirishlari kerak. O‘tgan
sport mavsumidan keyin dam olish uchun esa, ular maxsus
(texnik va jismoniy) tayyorgarlikni kamaytirib, boshqa xilma-
xil mashqlardan foydalanadilar.
Yengil atletikachi ustalar erishilgan jismoniy (umumiy
va maxsus) tayyorlikni saqlab qolib, faol dam olishlari kerak.
Buning uchun mashq mashg‘ulotlarida kuch kelishni,
mashg‘ulotlar sonini kamaytirish, asosan esa, boshqa xil
mashqlarga o‘tish lozim. Yengil atletika turi xususiyatlarini
ham nazarda tutish kerak. Mashqning yakunlovchi davrida
sprinterlar, g‘ovosharlar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar
(ayniqsa ustolar) mashg‘ulotlarga o‘zlarining yengil atletik
turlarini qo‘shmasalar ham bo‘ladi. Lekin o‘rtacha, uzoq va


373
o‘ta uzoq masofalarga yuguruvchilar kuch kelishni sal ka-
maytirib, yugurishni davom ettirishlari kerak. Òez yurarlar
ham shunday qiladilar.
Mashqning yakunlovchi davrida yengilatletikachilar jir
boylash hisobiga vaznlarini oshirmasliklari kerak. Yosh
sportchilarning vaznlari tabiiy me’yorda ortishi, kattalar vazni
esa deyarli turg‘un bo‘lishi (semirish 1 – 2 kg dan ortmasligi)
kerak.
Mashqning bir yillik rejasini tuzayotganda davrlar va
bosqichlar muddati mahalliy sharoitga va yengil atletika-
chilarning shaxsiy xususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin
ekanini unutmaslik kerak.
Yil bo‘yi davom etadigan mashq mazmunini belgilashda
razryadliklar va masterlarning tayyorlik darajalari ortgan
sari, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishlari turli
xil mashqlarning sal kamaytirilgan kompleksi bilan oshiriladi.
Lekin bu mashqlarni yengil atletika ixtisosiga moslab tanlash
kerak.
Mashq jarayonini tuzishda mo‘ljal olish uchun, 13-
jadvalda har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning, maxsus
jismoniy tayyorgarlikning va texnikani takomillashtirishning,
mashqning jami asosiy vaqtiga nisbatining namunasi foiz
hisobida ko‘rsatilgan.
Musobaqaga tayyorlanish va unda qatnashish. Musobaqa-
mashq jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, eng yuqori kuch
kelishlar hosil qilishga, irodaviy fazilatlarni tarbiyalashga,
sport kurashiga o‘rgatishga va mashqning borishini nazorat
qilishga xizmat qiladi.
Qishki musobaqalar dasturiga yengil atletika turlaridan
tashqari, sportchining umumiy jismoniy tayyorlik darajasini
baholaydigan, hamma bajarishi shart mashqlar qo‘shilishini
ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Musobaqalashuv davrida kunning qay paytida mashg‘ulot
o‘tkazilishining ham katta ahamiyati bor. Akademik


374
I.P. Pavlov va uning o‘quvchilarining takrorlayverish nati-
jasida shartli reflektor aloqalar hosil bo‘lishi asosida odat
bo‘lib qoladigan sutkalik tartib hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi
fikrlari sport tajribasida keng tasdiqlanadi. Odat bo‘lgan
sutkalik tartib, faqat uyquni, ovqat hazmini yaxshilabgina
qomay, balki har gal organizmdan yuqori ish qobiliyatini
oshiradi ham.
Shuning uchun ma’suliyatli musobaqalarga tayyorlanishda
undan 3–4 hafta ilgaridan boshlab mashq va chamalashlarni
xuddi musobaqa vaqtida o‘tkazish kerak. Ko‘pincha klassi-
fikatsion musobaqalar ertalab, asosiy musobaqalar esa shu
kun kechqurun yoki ertasiga o‘tkaziladi. Bunda yengilat-
letikachi ham ertalabki mashqdan keyin shu kuni kechqurun
yoki ertasiga musobaqa dasturida nazarda tutilgan vaqtda
mashq qilishga ko‘nika borishi kerak.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish