7.2. YIL BO‘YI DAVOM EÒADIGAN SPORÒ MASHQINI
REJALASHÒIRISH
Hamma yengil atletika seksiyalari, guruhlar va
maktablarda mashqlarni yil davomida muntazam uzluksiz
o‘tkazib turish kerak. Yillik mashq davri 1 dekabrda boshlansa
ham, yengil atletika seksiyasiga yilning istalgan boshqa vaqtida
kelgan bolalarni doim alohida nazarga tutmoq kerak.
Yillik mashq uch davrga bo‘linadi: tayyorlov davri tax-
minan 5 oy (dekabr–aprel), musobaqa davri 6 oy (may–
oktabr), yakunlovchi davr 1 oy (noyabr) davom etadi.
Ko‘rsatilgan davrlash yil fasllariga, musobaqa kalendariga,
tayyorgarlik vazifalari va buning uchun kerakli vaqtga
asoslangan. Yoz payti yengil atletika mashg‘ulotlari uchun
va yuqori sport natijalariga erishish uchun qulayroq. Sport
musobaqalari kalendari ham shunga qarab rejalashtiriladi.
Davrlarning davom etish vaqti ham asosiy musobaqalar
mavsumiga to‘liq tayyorlanish uchun bemalol yetarli.
Shuni ham etirof etish kerak-ki, birinchidan, hozirgi
zamonaviy sport inshootlarida yaratilgan sharoitlar sport
musobaqalarini yil davomida o‘tkazishga imkoniyat yaratdi.
Ikkinchidan, Mustaqillik tufayli bugun mamlakatimizning
yetakchi yengilatletikachilari dunyoning turli mamlakatlarida
o‘tkaziladigan nufuzli sport musobaqalarida ishtirok etish
364
huquqiga ega bo‘ldik. Shuning uchun ham Osiyo va Jahon
birinchiliklarida va turli halqaro musobaqalarda qatnashuvchi
yuqori razryadli sportchilar va sport ustalarining yillik mashq
rejalari, o‘rta miyona sportchilarinikidan qisman farq qiladi.
Chunki bunday yengilatletikachilar, odatda, yil bo‘yi eng
yuqori natija ko‘rsata oladigan bo‘lishlari kerak.
Òayyorlov davrida mashq.
Òayyorlov davrida tayyorligi
bor yengilatletikachilar bilan haftada 5–6 mashq mashg‘uloti
va yangi boshlayotgan bolalarlar bilan 3–4 mashg‘ulot
o‘tkaziladi. Bu vaqtda mashqlarning musobaqalashuv
davridagi sport muvaffaqiyatlari uchun ahamiyat juda katta.
Òayyorlov davri 3 bosqichga bo‘linadi: kuzgi-qishgi (dekabr-
yanvar) tayyorlov bosqichi, qishgi (fevral) musobaqalashuv
bosqichi va bahorgi (mart) tayyorlov bosqichi. Birinchi bos-
qichda umumiy jismoniy tayyorgarlikka va texnika asoslarini
egallashga, qolgan bosqichlarda esa ixtisoslashgan tayyor-
garlikka ko‘proq e’tibor beriladi.
Kuzgi qishgi tayyorlov bosqichidagi mashqning asosiy
vazifalari
: 1. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni
yaxshilash. 2. Òanlangan yengil atletika turiga moslab kuch
tezroqlik va boshqa jismoniy fazilatlarni rivojlantirish.
3. Ahloqiy va irodaviy fazilatlar tarbiyalashni davom ettirish.
4. Òexnikani bilib olish va uni takomillashtirish. 5. “Alpo-
mish” va “Barchinoy” testlarini qishki turlarini topshirishga
tayyorlash. 6. Òanlangan yengil atletika turi, shuningdek,
gigiyena va o‘z o‘zini nazorat qilish nazariyasi va metodikasi
sohasida bilim olish va uni oshirish.
Bu vazifalarni bino ichida va ochiq havoda o‘tkaziladigan
guruhviy va yakka mashg‘ulotlarda hal etiladi. Òajriba qishda-
22–25 °
gacha sovuqda ham ochiq havoda shug‘ullanish
mumkin ekanini ko‘rsatadi. Ammo sovuq havoda mash-
g‘ulotni zichroq o‘tkazish, mashg‘ulot joyini shamoldan to‘sish
lozim. Ko‘proq ikki kishilik mashqlar qilish, biri ketidan
ikkinchisi ketma-ket bajaradigan mashqlar o‘tkazish, o‘yin
365
va estafetalardan ko‘proq foydalanish kerak. Òushuntirishning
bir qismini mashg‘ulot oldidan bino ichida o‘tkazilsa bu
ham dars zichligini oshirish imkonini beradi.
Agarda qor unchalik qalin bo‘lmasa, yengil atletika
mashg‘uloti o‘tkaziladigan odatdagi joylarni qordan tozalab
mashq qilsa bo‘ladi. Bunday paytlarda tagi rezina yoki kigiz
tufli kiygan ma’qul. Qor tozalanmaydigan bo‘lsa, unda yengil
yog‘och dumala bilan qorni shibbalab, ustiga kul yoki g‘isht
qumoq sepish kerak. Bunda tishi qisqa yengil atletik tuflida
shug‘ullangan yaxshi. Uzoq davom etadigan yugurishlarni
qori bosilgan so‘qmoqlarda o‘tkazish lozim.
Yengil atletika mashg‘uloti o‘tkaziladigan bino mumkin
qadar maxsus jihozlangan bo‘lishi kerak. Agar zalda g‘isht-
qumoq yo‘lka bo‘lmasa, uning o‘rniga taxta, rezina, to‘qima
arqon yo‘lkalar ham yarayveradi. Sakrash uchun qum
to‘ldirilgan chuqur yoki gimnastik to‘shaklar bo‘lishi kerak.
Asboblarni arqon yoki sim to‘rga uloqtirish ma’qul.
Mashqning kuzgi-qishki tayyorlov bosqichida texnikani
o‘rganish va uni takomillashtirishga ko‘proq vaqt ajratish
kerak.
Qishki musobaqalashuv bosqichidagi mashqlarning asosiy
vazifalari:
1. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni yax-
shilash. 2. Òanlangan yengil atletika turiga moslab, kuchni,
tezkorlikni, egiluvchanlikni va chaqqonlikni yanada rivoj-
lantirish. 3. Òexnikani takomillashtirish. 4. Irodaviy fazilat-
larni tarbiyalash. 5. Jismoniy tayyorgarlikda va maxsus
mashqlarda erishilgan yutuqlarni tekshirish (musobaqalar).
Qishki musobaqalashuv bosqichida yengilatletikachilar
mashg‘ulotlar sonini kamaytirmasdan va mashq hajmini un-
chalik pasaytirmasdan, ochiq havoda yoki yopiq binoda 3–
4 musobaqada qatnashadilar. Bu musobaqalarda mashq
darajasi ortadi, irodaviy fazilatlar tarbiyalanadi va erishilgan
yutuqlar tekshiriladi. Sportchilarning yutuqlarini, faqat
tanlangan yengil atletika turida emas, balki jismoniy va maxsus
366
tayyorgarlik darajasini ko‘rsatadigan boshqa turlarda ham
tekshirib ko‘rish muhim. Shuning uchun musobaqalar das-
turiga, tanlangan yengil atletika turidan tashqari, jismoniy
tayyorgarlikni aniqlaydigan mashqlar ham kiritiladi.
Sportchilar tayyorlov davrining birinchi bosqichida o‘tka-
ziladigan musobaqalarga ham qatnasha oladilar, ammo ularga
alohida tayyorgarliksiz, faqat mashq maqsadida ishtirok qilish
mumkin.
Bahorgi tayyorlov bosqichidagi mashqning asosiy vazifalari:
1. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni, ayniqsa yurak-
qontomir, nafas olish va boshqa tizimlarning ish qobiliyatini
yanada oshirish. 2. Òanlangan yengil atletika turiga moslab
jismoniy fazilatlarni rivojlantirish. 3. Axloqiy va irodaviy
fazilatlarni yaxshilash. 4. Tanlangan yengil atletika turining
texnika unsurlarini va texnikani yaxlit takomillashtirish.
5. Òanlangan yengil atletika turi, gigiyena va o‘z-o‘zini na-
zorat nazariyasi va metodikasi sohasidagi bilim darajasini
oshirish.
Bahorgi tayyorlov bosqichida ko‘p mashg‘ulotlar ochiq
havoda, odatda, yomon yerda o‘tkaziladi. Mashqlar ham
shunga moslangan bo‘ladi: kross, uloqtirish, qum to‘ldirilgan
xalta bilan mashq va boshqalar. Bahorda umumiy chi-
damlilikni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan
birga tezlikni rivojlantirishga va tez harakatlarda yuqori kuch
sarflay olishni tarbiyalashga mo‘ljallangan mashqlar ko‘pay-
tiriladi. Bunday mashqlarni shug‘ullanuvchilarning yengil
atletik ixtisosi va u yoki bu fazilatni rivojlantirish kerakligiga
qarab tanlanadi.
Bahorda, shuningdek, texnikani takomillashtirish ham
kerak. Bu fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar
bilan ham anchagina amalga oshiriladi. Masalan, uzoq davom
etadigan krosslarda yengilatletikachilar faqat chidamlilikni
rivojlantiribgina qolmay, balki yugurish texnikasini tako-
millashtiradilar ham.
367
Bahordagi mashg‘ulotlar ochiq joylarda (bog‘larda, o‘r-
monlarda), agarda yetarli darajada quruq bo‘lsa, stadionda
o‘tkaziladi. Lekin shunda ham, haftada bir marta ochiq
joyda mashq qilib turgan ma’qul.
Yengilatletikachilar mashqning tayyorlov davrida muso-
baqalar davriga yaxshi tayyorlanib olishlari, uni texnika jis-
moniy va irodaviy fazilatlar nuqtayi nazaridan o‘tgan yilga
nisbatan yuqoriroq darajada boshlashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |