Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


Mashqni nazorat qilish va hisobga olib borish



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Mashqni nazorat qilish va hisobga olib borish.
Yengil-
atletikachilar tayyorlashning murakkab va xilma-xil jarayoni
sportchilar hol-ahvolini va mashqini doimiy pedagogik
nazorat qilib turishni, qilinayotgan ishni batafsil hisobga
olib borishni talab qiladi. Busiz mashqlarni to‘g‘ri, samarali
o‘tkazib ham, rejalashtirib ham bo‘lmaydi. Mashq qanday
o‘tayotgani va nazorat ma’lumotlarini yengilatletikachi o‘z
kundaligiga, ustoz esa – maxsus jurnalga yozib boradi. Mashq
rejasi amalda qanday bajarilgani bir oylik rejada ko‘rsatiladi.
Ustoz sportchi mashqda nimaiki qilgan bo‘lsa, hammasini,
uning musobaqalarda va mashg‘ulotlarda (shu jumladan oddiy
mashqlarda) ko‘rsatgan barcha natijalarini muntazam yozib
boradi, sportchining kayfiyatini va musobaqada muvaffaqiyat
qozonishga, mashg‘ulotlar samarasiga ta’sir etishi mumkin
bo‘lgan tashqi muhit omillarini va hokazolarni muntazam
hisobga olib boradi. Bajarilgan mashqlarning haqiqiy hajmini
va jadalligini aniq yozib borish ayniqsa muhimdir. Yil bo‘yi
davom etadigan mashqni batafsil hisobga olib borish bu
yilgi ish mazmunini va natijalarini o‘tgan yillardagi bilan
taqqoslashga, qilingan ishni, erishilgan muvaffaqiyatlarni
baholashga va keyingi mashqni to‘g‘riroq rejalashtirishga
imkon beradi.
Yengilatletikachi mashqning birinchi kunidanoq shaxsiy
sport kundaligi tutib, unga har kuni yozib borishi kerak.
Unga quyidagilar yoziladi: mashq mashg‘uloti boshlangan


395
va tugagan vaqt, mashq joyi va sharoiti (ob-havo, yerning
holati va boshqalar), mashqning mazmuni va miqdori,
natijalar, texnikani egallash va takomillashtirish ustidagi ishlar.
Bundan tashqari, eng muvaffaqiyatli chiqqan harakatlar,
ularning tavsifi va shu bilan bog‘liq hissiyotlar ham hisobga
olinadi. Kundalikda keyingi mashg‘ulotlarda e’tibor berish
kerak bo‘lgan kamchiliklar va xatolar aniq ko‘rsatiladi. Ayrim
fazilatlarning rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadigan nazorat
mashqlari bajarish natijalarini muntazam yozib borish ayniqsa
muhimdir. Bularning hammasi mashqning muayyan davridan
keyin to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi. Kundalikka
rejim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qancha va qanday uxlangani,
uyqudan turgan vaqt, «badantarbiya», suv muolajalari,
kayfiyat, nima ovqat yeyilgani, dam olish) ham yozib boriladi.
Mashq jarayonida o‘z og‘irligini muntazam kuzatib borib,
uni kundalikka yozib borish muhimdir. Og‘irlikni har mash-
g‘ulotdan oldin va keyin o‘lchash to‘g‘riroq bo‘ladi. Og‘irlik
o‘zgarishi, mashg‘ulotdan keyin qancha kamayib, keyingi
mashg‘ulotgacha qanday tiklangani miqdorlash qanchalik
to‘g‘ri bo‘lganini, sportchi kayfiyatini aks ettiradi, dam olish
oralig‘ini aniqlashga imkon beradi. Har kuni (erta bilan)
barmoqlar dinamometriyasini o‘lchash (yuqori darajada
siqish) yo‘li bilan markaziy asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligi
o‘zgarishini nazorat qilib turish juda muhimdir.
Pedagogik nazoratda mashq ko‘rganlik darajasining va
bundagi o‘zgarishlarning asosiy ko‘rsatkichi – sport natijalari
hisoblanadi. Bunda tashqi sharoitni (ob-havoni, yer qan-
dayligini, musobaqa qanchalik mas’uliyatli ekanini va hoka-
zolarni) albatta nazarda tutish lozim. Lekin musobaqa va
chamalashlar natijasiga qarab faqat mashq ko‘rganlikning
umumiy darajasi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin, yengil-
atletikachining tayyorgarligidagi bo‘sh tomonlarni bilib bo‘l-
maydi. Buning uchun nazorat mashqlardan foydalaniladi.
Masalan, 30, 60 va 100 m ga yugurib chamalash vositasi


396
bilan masofa uzaygan sari 100 m ga yugurish tezligi kamay-
gan-kamaymaganligi aniqlanadi. Shunga qarab yengilatle-
tikachining maxsus chidamliligi haqida fikr yuritsa bo‘ladi.
Endi boshlayotgan o‘rta masofalarga yuguruvchilar uchun,
masalan, mashqlar natijasida, yugurishing eng yuqori tezligi
qanday o‘zgarayotganini bilish muhimdir. Agar yuguruvchi-
ning kelaturib 30 – 40 m ga yugurishdagi tezligi o‘sa bormasa,
aksincha pasaya borsa, demak, tanlangan masofaga yugurish-
ning eng yuqori tezligi chidamlilik bilan parallel ortmayotgan,
mashq metodikasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.
Mashq ko‘rganlikning ayrim tomonlari to‘g‘risida kuchga,
chaqqonlikka, chidamlilikka mo‘ljallangan maxsus mashqlar
qanchalik bajarilishiga qarab, masalan, bir oyoqda necha
marta o‘tirib tura olishga, ko‘tarilgan shtanganing og‘irligiga,
sakrash balandligiga va hokazolarga qarab, fikr yuritsa bo‘ladi.
Yosh yengilatletikachilarning har tomonlama jismoniy rivoj-
langanlik darajasi “Alpomish” va “Barchinoy” test me’yor-
larini topshirilishi bilan, shuningdek, krosslarda yugurishning
qancha davom etishi va tezligi, shtanga ko‘tarish mashqlaridagi
ko‘rsatkichlar, yengil atletikaning boshqa turlaridagi natijalar
bilan belgilanadi.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish