granulalar (o‘rtacha kattaligi 1500 km).
min vaqt ketishi kerak bo‘lar edi. Demak, granulani hosil qiluvchi konvektiv oqim noturg'un, ya’ni granulalar vulqo‘ndagi singari fotosfera ostidan otilib chiqayotgan gaz oqimlaridir. Fotosfera granulyasion oqimlaming ustki qismini va undan bir birlik balandlik shkalasiga teng balandlikkacha (= 180 km) bo‘lgan sohani o‘z ichiga oladi.
Fotosferada granulyasiyadagi harakat bilan birgalikda davriy o ‘zgaruv- chan harakatlar, tebranishlar va katta o‘lchamli modda harakatilari ham kuzatiladi. Tebranish xususiyatiga ega bo'lgan harakat mezogranulyatsiya (5— 10- 103 km), katta o ‘lchamli harakat supergranulyatsiya (32- 103 km) va gigant uya (uyurma, 3 - 105 km) deb ataladi.
Vertikal bo‘yicha yuqoriga va pastga qarab yo‘nalgan tebranma harakat spektral chiziqlarning doppler siljishida namoyon bo‘ladi va tebranish davri 5m ga, tezlik amplitudasi fotosferaning pastki qatlamlarida 0.15 km/s va xromosferaning pastki qatlamlarida 0.5 km/s ga teng bo‘ladi. Besh minutli tebranayotgan elementlarning ko‘ndalang kesimi granulyatsiya elementlari- dan ancha katta (5000 dan 10000 km gacha) boMadi. Mezogranulyatsiyani konvektiv zonadan chiqayotgan tovush toMqinlar hosil qiladi.
Fotosfera ostidagi katta oMchamga ega konvektiv oqim uyalari unda superganulyatsiyani beradi. Supergranulyatsiya (SG) ham Fraungofer chi- ziqlarining doppler siljishida namoyon boMadi. Pastki fotosferada SG markazida modda 0.1 km /s tezlik bilan ko'tariladi va ustki fotosferada u gorizontal holatda SG chegarasi tomon yo'nalgan oqimga (= 0.3—0.4 km/s) aylanadi. SG uyalar orasida modda Quyoshning ichki qatlamlari tomon yo‘nalgan ( u« 0 . 1 km/s) oqimni hosil qiladi (1.13-rasm).
SG uyalar noto‘g‘ri shakldagi ko‘p burchakka o‘xshash boMib, ular- ning ko‘ndalang kesimi 20000—54000 km (o‘rtacha 32000 km) oraliqda
20
Ito'ladi. Alohida SG 1—2 sutka yashaydi va bu vaqt ichida SG da modda oqimi to‘la bir marta aylanadi. Xromosferada SG chegaralari yaqqol ko‘ri- nndi. Ayrim Fraungofer chiziqlari (masalan, kalsiy ioni chizig'i) qanoti imrida SG chegaralari fotosfera to‘ri deb ataladigan yorug‘ to‘rsimon lu/ilmani hosil qiladi, gardish chegarasi yaqinida esa fotosferada mash'allar (lo'rsimon yorug‘ tuzilma) sifatida ko‘rinadi (1.26-rasm). Yuqori darajada ajratilgan fotosfera suratlarida to‘r aktiv sohalardan tashqarida ham kuzatiladi va yorug‘ nuqtalar (= 200 km) qatorlaridan iborat bo‘ladi. Bunday ikkala lomonidan granulalar bilan siqilgan nuqtalar qatori filigri deb ataladi.
SG chegarasida magnit elementlar joylashadi. Ko‘ndalang kesimi -150 km, kuchlanganligi 1500 gs bo‘lgan bu mayda magnit qutbchalarning biri SG ning bir tomonida, ikkinchisi uning qarama-qarshi tomonida kuzatiladi. Ihi qutbchalarni hosil qilgan magnit naycha konvektiv zonadagi magnit kuch chiziqlarini gaz oqimlari ta'sirida arqon singari o‘rilishi natijasida liosil bo‘lgan. Bu naycha yengil bo‘lgani uchun fotosfera qatlamlarigacha ko‘tariladi. Gorizontal oqimlar esa ulami SG chegarasiga sudrab boradi va supergranulalar oralig‘ida magnit naychalar to‘planadi. Ichki qatlamlar tomon yo‘nalgan gaz oqimi ularni zichlashtiradi, natijada kuchli magnit clementlar hosil bo‘ladi. Alohida magnit naychalarga tegishli qarama-qarshi qutbli m agnit e lem en tlar o ‘zaro to ‘qnashganda ular yem iriladi (annigilyatsiyalanadi). Bunday maydondagi magnit naychaning bir qutbli magnit elementlari o ‘zaro to ‘qnashganda magnit kuch chiziqlarining qisqa ulanishi ro‘y beradi (annigilyatsiya), natijada katta o‘lchamli magnit maydon hosil bo‘ladi. Bunday maydondagi magnit naychaning bir qutbi ikkinchisidan yuz minglab km uzoqlikda sirtmoqsimon shaklda joylashadi va uning yuqori nuqtasi toj qatlamlarigacha (h -150 000 km) ko‘tariladi.
B) Xromosferada supergranulyatsiya va spikulalar. Biz yuqorida xromosferaning qalinligi 12—15 ming km ekanligini va unda temperatura balandlik bo‘yicha ko‘tarilishini ta’kidlagan edik. Biroq bu ko‘rsatkichlar har xil xromosfera tuzilmalari uchun har xildir, chunki xromosfera o‘ta bir jinsli qatlam emas. Quyosh gardishi chetida u qariyib radial joylashgan va yonayotgan dashtni eslatuvchi (1.14-rasm) ko‘plab alanga tilchalari sifatida
1 .13-rasm. Supergranslyatsion uyalarda modda oqimlari yo‘nalishlari: ustidan (a) qaralganda va vertikal kesimi (b).
21
namoyon bo‘ladi, Xromosferaning pastki qatlamlarida (1500 km) alanga tilchalari zich joylashganliri tufayli tutash muhit hosil qiladi. Bir qism bunday tilchalar xromosferaning eng yuqori qatlamlarigacha ko‘tariladi va ularni spikula deb ataladi. Spikulalarning umri 5—10 minut va diametri 500—1200 km, balandligi esa 10000—20000 km gacha oraliqda bo‘ladi. Ularda elektron konsentratsiyasi 3 • 1016—3 • 1017 n r 3, temperaturasi (1—2) 104 K oraliqdan chetga chiqmaydi. Spikula xromosfera ostidan otilib chiqa- yotgan plazma otilmasi bo‘lib, unda modda tezligi 20—30 km/s ga yetadi va bu oqimcha buralma oqimdir. Spikulalar har uchta supergranula hosil qilgan uchburchak shakldagi oraliqlar (~104 km) da to‘da-to‘da bo‘lib joylashadilar. Bir vaqt momentida har bir supergranulaga 30 ta spikula to ‘g‘ri keladi.
Yuqorida ko‘rganimizdek, xromosfera tuzulmalarini vodorodning Ha va kalsiy ionining K chiziqlarida gardish yuzida ham ko'rish mumkin (1.15- rasm). Kalsiy ioni chizig‘ida xromosfera yorug1 to ‘r ko'rinishiga ega. Bu to'rni SG chegaralari hosil qiladi. Xromosfera vodorod chizig‘i Ha qanotlarida (qanotlarni xromosfera ostidan chiqayotgan nurlanish hosil qiladi) qora to‘r, chiziq markazida esa yorug‘ uyalar ko‘rinishiga ega.
Demak, spikulalar orasidagi xromosferada tem peratura ulardagiga qaraganda ancha yuqori, toj tem peraturasiga yaqin b o ‘lishi kerak. Ha chizig‘ida olingan yuqori darajada ajratilishga ega bo‘lgan xromosfera suratlarida SGlar hosil qilgan oraliqlarda ingichka va mayda qora (yorug‘) tolasim on tuzilm alar (fibrilla) ko‘rinadi. Barcha spikulalar gardishning 1% yuzasini egallasa, fibrillar — 50 %ni egallaydi. Spikulalar Quyosh sirtiga vertikal joylashsa, fibrillar gorizontal joylashadi. Bu ikkala tuzil- mani ham Quyosh yuzida uning ichki qatlamlaridan chiqayotgan magnit kuch chiziqlari hosil qiladi. Xromosferada modda zichligi fotosferadagidan past b o ‘lganligi uchun unda kinetik bosim (nru2/2 ) magnit bosim dan
bL
8n kam bo‘ladi va plazmaning harakatini magnit maydon o ‘zining
kucn chiziqlari bo‘ylab yo‘naltiradi.
Shuning uchun kuchli magnit maydonga ega va supergranula chegaralarida joylashgan magnit elementlar orasida spikulalar hosil bo‘ladi (1.16-rasm). Supergranula ichida magnit maydon kuch chiziqlari gorizontal yo‘nalganli- gi uchun ular bo‘ylab yo‘nalgan fibrillarni ko‘ramiz. Shunday qilib, xromosferani bir jinsli bo‘lmagan mayda strukturali qatlam sifatda olishda magnit maydonlar asosiy o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |