Jamlagichlar ( Summatorlar)
Barcha matematik summalar (ayirish, ko`paytirish, bo`lish, trigonometric funksiyalarni hisoblash va boshqalar) yagona qo`shish amali bilan alashtirilishi mumkin. EXM larning bu amalni bajaradigan qurilmasi jamlagich (summator) deb ataladi.
Ko`p xonali sonlarni qo`shishda ishlatiladigan jamlagichlar bir razryadli jamlagichlar to`plamidan iborat bo`ladi. Bir razryadli jamlagich qo`shish amalini bajaruvchi mantiqiy elementdan iborat bo`ladi.
Bir razryadli jamlagichlardan amal bajarish asosan ikki asosli hisoblash sistemasi bo`yicha olib boriladi. Masalan: 5 va 7 sonlarini qo`shish kerak.
Ular ikkilik sistemada 5=1010 ko`rinishga
7=0111 ega bo`ladilar
5+7=1100 hosil bo`ladi.
Bunday usul bilan qo`shish amalini bajarish quyudagicha amalga oshiriladi. Qo`shish kichik razryaddan boshlanadi. Unda 1+1=2 emas, balki 1+1=0 bo`lib “1” bir xona oldingi (oldingi razryadga) ko`chiriladi, ya`ni =0, P=0. Shunga asosan ikkinchi ustun qo`shilganda =0, =1, uchunchi ustun qo`shilganda =1, =1, to`rtinchi ustundan =1, =0, hosil bo`ladi. Natijada 5+7=12=1100 ga teng bo`ladi.
(Nigmatov X. 349 bet) Rasmda bir razryadli jamlagichning sxemasi ko`rsatilgan. Unda D-triggerning D-kirishiga A va B sonlarning tegishli razryadlari ta`sir etadi. Ular C-kirishga beriladigan sinxronlovchi signal ta`siri davomida yozilib boradi.
Bir razryadli jamlagichlardan tashqari ko`p razryadli jamlagichlar ham mavjud. Ko`p razryadli jamlagichlar ketma-ket va parallel turlarga ajratiladi. Ketma-ket jamlagichda kirish sonlarini tashkil etuvchi bir razryadli jamlagichlarning kirishlariga koddagi ketma-ketlikda kichik razryaddan boshlab ta`sir ettiriladi. Shuning uchun chiqishdan olinadigan yig`indi ham kod ketma-ketligida hosil bo`ladi. Unda birinchi sinxromlovchi implus ta`sirida birinchi razryadli sonlar, ikkinchi implus ta`sirida ikkinchi razryadli sonlar, uchunchi implus ta`sirida uchunchi razryadli sonlar va to`rtinchi implus tas`irida to`rtinchi razryadli sonlar ketma-ket qo`shilib boradi.
Ketma-ket jamlagichlarning avfzallik tomoni sxemada mantiqiy elementlarning kam bo`lishi bo`lsa, kamchiligi tazkorligining kichikligidir.
Ko`p razryadli jamlagichning parallel sxemasida qo`shish amali A va B sonlarning barcha razryadlari bo`yicha bir vaqtda bajariladi. Tashkil etuvchi har bir razryadli jamlagich sonlarning har bir razryadini qo`shadi. Uning chiqishidan 2 xil yig`indi olinadi: signal yig`indisi va yuqori razryadga qo`shish signali (P=A*B=1 bo`lganda). U bir razryadli jamlagich sxemasiga uchinchi B mantiqiy elementni kiritish orqali hosil qilinadi. 7.27 rasmda u punktir chiziq bilan ko`rsatilgan. Agar A=1 va B=1 bo`lsa, B mantiqiy element chiqishidagi signal P=A*B=1 bo`ladi va bu signalni bitta yuqori razryadga siljitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |