O'tgan asr o'rtalarida B.N.Tarusov rahbarligidagi bir guruh tadqiqotchilar
nurlantirilgan hayvonlar jigaridan olingan tuzli - suv ekstraktining eritrotsitlarni
gemolizlash xossasiga ega ekanligini qayd etdilar. Gemolitik xossaga ega bo'lgan bu
omil dastlab "gemolitik omil" deb atalib, uning lipid tabiatli ekanligi aniqlandi, keyin
esa, u lipidli radiotoksin (LRT) deb ataldi. Ma’lum bo'ldiki, LRT nurlantirishning
dastlabki soatlaridayoq faqat jigardagina emas, ingichka ichakda, urug'don, buyrak,
oshqozon, qon va boshqa a’zolarda ham paydo bo'ladi. U hatto o'simlik to'qimalari va
LRT tabiatan to'yinmagan yog' kislotalarining oksidlanishi natijasida hosil
bo'ladigan mahsulotlar kompleksidan iborat bo'lib, uning tarkibiga gidroperekislar,
ipoksidlar, aldegid va ketonlar kiradi. Tekshirishlar natijasida LRT ta’siridan
58
gemolizgina emas, nurdan zararlanishga xos bo'lgan boshqa hodisalar: hujayra
bo'linishining kechikishi, qon hosil bo'lishi, xromosoma apparatining buzilishi va
hokazolar qayd etiladi. Shu munosabat bilan LRT "tabiiy radiomimitiklar" deb ham
ataldi.
Tarusov va Emanuel tomonidan ilgari surilgan, birlamchi radiotoksinlar
gipotezasiga nurdan zararlanishning ilk bosqichlarida, erkin radikal tipidagi zanjirli
oksidlanish reaksiyalarining substrati - lipidlar hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb
ta’kidlovchi konsepsiya asos bo'ldi. Lipidlar hujayra membranasining strukturaviy
elementi bo'lib, uning zararlanishi hujayra ximizmi boshqarilishining buzilishi orqali
uning halokatiga sabab bo'ladi. Konsepsiyaga binoan, nurlanish tufayli sodir
bo'ladigan tabiiy antioksidantlar sistemasining buzilishi yoki ingibirlanishi
tarmoqlangan zanjirli reaksiyalarning avj olishiga olib keladi. Antioksidantlar esa
nurlantirilmagan organizm hujayralari lipidlarini o'zligidan oksidlanishdan saqlaydi.
Mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, to'qimalarda har doim mavjud bo'lgan
to'yinmagan yog' kislotalarning oksidlanish mahsulotlari ham LRT jumlasiga kiradi.
Nurlanish ta’siridan antioksidantlarning zararlanishi tufayli, bunday mahsulotlarning
miqdori yana ham oshib ketib, radikal tip o'z - o'zini tezlashtiruvchi oksidlanishli
reaksiyalarning avj olishiga sabab bo'ladi. Bayon etilganlar, aynan, radiatsiya
ta’sirining birlamchi mexanizmlari mazmunini tashkil etadi.
Hozirgi zamon ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shunday xulosaga
kelinganki, LRT va zanjirli reaksiyalar gipotezasi ionlantiruvchi radiatsiyaning
biologik ta’sirini izohlovchi universal nazariya bo'la olmaydi. Chunki, LRT mutagen
ta’sirga ega emas, u faqat ma’lum bir doiradagi hodisalar bilan cheklanadi, xolos.
Buning ustiga, tarmoqlangan reaksiyalarning organizm sharoitida avj olishi ham
mumkin emas. Bu xil reaksiyalarning uzoq muddat davomida tirik sistemada mavjud
bo'lib turishi va ko'p tarkibli metabolizmni amalga oshirib turishi ehtimoldan yiroq.
Shu bilan bir qatorda, LRT miqdori bilan ionlantiruvchi radiatsiyani nisbiy biologik
effektivligini belgilovchi ECHU kattaligi o'rtasida ham hyech qanday bog'liqlik qayd
etilgan emas. Va nihoyat, biosistemaning zararlanish darajasi bilan radiatsiyaning turli
dozalari ta’sirida LRT to'planish intensivligiaro ham miqdoriy va muddatiy
aloqadorlik mavjud emas.
So'nggi ma’lumotlarga ko'ra, tabiiy radiosensibilizatorlik xossaga ega bo'lgan
va birlamchi nurlanishga bog'liq oksidlanish jayonlarida ishtirok etuvchi lipidlarning
perekisli oksidlanish mahsulotlari biologik ob’yektlar radiorezistentligining
shakllanishiga ta’sir ko'rsatuvchi muhim endogen omillardan hisoblanadi. Ayonki,
tirik hujayraga ionlantiruvchi radiatsiya energiya ta’siri bilan bir qatorda LRT dan
tashqari ko'plab boshqa birikmalar va makromolekulalar ham ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: