Radiobiologiya


Inkorporirlangan radionuklidlarning organizmda tarqalishi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/101
Sana05.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#318790
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
Bog'liq
radiobiologiya

 

Inkorporirlangan radionuklidlarning organizmda tarqalishi 

Organizmga  kirgan  radionuklidlarning  keyingi  taqdiri  ularning  xossalari  va 

kimyoviy  tarkibiga  bog'liq  bo'ladi.  Ularning  ba’zilari  eritmalar  holida  siydik  bilan 

birga  tashqi  muhitga  chiqarilsa,  ba’zilari  esa  organizmda  ma’lum  muddatlarga  tutib 

qolinadi. 

Organimda radionuklidlar taqsimlanishining uchta asosiy tipi farqlanadi: 



skelet, 

retikuloendotelial

  va 


diffuz

.  Birinchi  tipga  ba’zi  ishqoriy  -  yer  metal  elementlari  - 

kal’siy, stronsiy, bariy va radiylarni skeletning mineral qismiga joylanishi va plutoniy 

hamda  toriyning  ba’zi  birikmalarining  suyak  to'qimasida  tutib  qolinishi  kiritiladi. 

Retikuloendotelial  tarqalish  asosan  nodir  yer  elementlari  (seriy,  prazeodim  va 

prolitey, shuningdek, sink, toriy, ameritsiy va transuran elementlari) nuklidlariga xos 

hisoblanadi. Diffuz tip bo'yicha ishqoriy - yer  metallari - kaliy, natriy, seziy, rubidiy, 

shuningdek,  vodorod,  azot,  uglerod,  poloniy  va  boshqa  element  nuklidlari  tarqaladi. 

Shuningdek,  ba’zi  nuklidlar  "tanlab"  tarqatilish  xususiyatiga  ega.  Masalan,  yod 

izotoplari  faqatgina  qat’iy  ravishda  qalqonsimon  bezda  to'planadi.  Aniqlanishicha 

"organotrop" 

radionuklidlar 

"diffuz" 

radionuklidlarga 

qaraganda 

havfliroq 




 

53

xisoblanadi. Chunki to'qimalarda ular ko'p miqdorda uchraydi va bunga mos ravishda 



to'qima dozasi ham yuqori ko'rsatkichni tashkil qiladi. 

Radionuklidlarning organizmda tarqalganda ular shunday to'kimalarda ushlanib 

qoladiki,  bu to'kimalar  ushbu nuklidlarga  kimyoviy tarkibi  bo'yicha o'xshash turg'un 

elementlarning  bo'lgani  bilan  farqlanadi.  Hozirgi  vaqtda  inson  organ  va 

to'qimalarining kimyoviy tarkibi yaxshi o'rganilganini hisobga olgan holda,  u yoki bu 

radionuklidning qaysi organ va to'qimada to'planishini oldindan aytib berish mumkin. 

Radionuklidlarning  xujayralararo  suyuqlikdan  organlarga  o'tishi  ma’lum 

masofa  va  vaqt oralig'ida sodir bo'lib, tadqiqotlar  ko'rsatishicha,  bu  vaqt ancha  katta 

ko'rsatkichni  tashkil  qiladi.  Masalan,  qon  plazmasiskeletga  o'tadigan  stronsiy  va 

kalsiydan 4 - 10  soatda tozalanadi. Organizmga vena qon tomiri orqali kiritilgan yod 

qalqonsimon  bezda  bir  necha  minutlardan  so'ng  aniqlanadi,  uning  qonda  to'liq 

qalqonsimon bezga o'tishi 10 - 15  soatda yakunlanadi. Qon oqimidan uran 12 soatda 

chiqariladi. 

YUqorida 

qayd 

qilinganidek, 



organizmda 

radionuklidlarning 

makro 

tarqalishlaridan  tashqari,  ularning  inson  va  hayvonlar  organ  hamda  to'kimalarida 



mikrotarqalishlari  ham  mavjud.  Avtoradiografiya  metodi  yordamida  osteotrop 

elementlar  -  stronsiy    va  radiy  asosan  naysimon  suyaklarning  o'suvchan  qismlarida 

to'planib, u yerda notekis taqsimlanish hisobiga "issiq" nuqtalar hosil qilishi ko'rsatib 

berildi.  Ushbu  xildagi  notekis  taqsimlanish  boshqa  organlarda  ham  kuzatiladi: 

masalan,  plutoniy  va  toriy  o'pkalarda,  skeletda,  jigarda;  yod  qalqonsimon  bezda 

to'planishi aniqlangan. 

To'qimalarda 

radionuklidlarning 

notekis 

mikrotaqsimlanishiga 

mahsus 

potologik  jarayonlar,  masalan,  jigar  serrozlari,  o'pkalardagi  skleroz  holat  va  suyak 

to'kimasidagi  o'zgarishlar,  jumladan,  osteosarkomalarning  nobud  bo'lishi  sabab 

bo'ladi.  

    

 

 




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish