nurlanishdan keyingi dastlabki minut va soatlarda ishtahaning yo'qolishi, ko'ngil
aynishi, qayd qilish, bosh og'rig'i va umumiy darmonsizlik tarzida namoyon bo'ladi.
bilan karaxtlikka o'xshagan holat, qisqa muddatli o'zidan ketish, subfibril harorat,
oshqozon - ichak yo'llaridagi izdan chiqish, nerv - reflektor faoliyatlardagi
buzilishlar, qon tarkibining o'zgarishi va ilikdagi qon hosil qiluvchi hujayralar
sonining o'zgarishi qo'shiladi. Yutilgan nur dozasi 3 J/kg dan oshganda, moddalar
almashinuvi jadalligi ortadi, gidrolitik fermentlar faollanadi, qonda qand va bilirubin
49
miqdori ortib, xloridlar miqdori kamayadi, siydikda boshqa metabolitlar bilan bir
qatorida, kreatin miqdori oshib ketadi. Bu xil o'zgarishlar bir necha kun davom etadi.
Yolg'on sog'ayish davri yuqorida sanab o'tilgan belgilarning (simptomlarning)
yo'qolishi bilan xarakterlanadi. Bu fazaning muddati yutilgan doza kattaligiga teskari
munosabatda bo'lib, yutilgan doza 10 J/kg dan oshganda bu faza, umuman qayd
etilmaydi. Tuban dozalar holida bu davrida, qon hosil qiluvchi sistemalar - ilik, qora
taloq, limfoid to'qimalarning zararlanishi yuz beradi. Qonda neytrofillar soni
kamayadi, keyinroq trombotsit va retikulotsitlar ham kamayadi. Gonad atrofiyalanadi,
spermatogenezning dastlabki bosqichlari susayadi. Bu fazada nevrologik simptomlar
yo'qoladi.
Navbatda, latent faza rasmiy xastalik fazasi bilan almashinadi. Bemorning
ahvoli keskin yomonlashadi, tana harorati ko'tariladi, darmonsizlik avj oladi. Bu
fazada yo nur xastaligi simptomlarining to'la kompleksi yoki simptomlarning ayrim
kompleklari namoyon bo'ladi. Barcha biokimyoviy va fiziologik jarayonlar buziladi.
Gemorragik (qon qo'yilish) sindrom asosiy o'ringa chiqadi. Mazkur sindrom terining
kuchli qizarishi, oshqozon - ichak yo'llarida katta miqdorida qon qo'yilishi, yurak,
bosh miya va o'pkalarda qon ketishi bilan kechadi. Qonning hujayraviy tarkibi keskin
o'zgaradi. Qonda faqat limfotsitlar qolib, boshqa oq qon tanachalari yo'qoladi yoki
ularning soni keskin kamayib ketadi. Kamqonlik avj oladi. Xastalikning avj olish
davrida oshqozon - ichak yo'llari, jigar, buyrak, jinsiy organlar, teri, yurak hamda nerv
va endokrin sistemalar faoliyati buziladi.
Yutilgan doza kattaligiga bog'liq holda, navbatda yo so'ngi daqiqa (o'lim) yoki
agar yutilgan doza 7 J/kg dan oshmasa, sog'ayish davri boshlanadi. Yutilgan doza 10
J/kg dan oshib ketganda xastalik shunchalik tez avj oladiki, uning fazalarini ajratib
bo'lmaydi.
Sog'ayish fazasi 1 - 2 oy davom etishi mumkin. Bunda qayd etilgan simptomlar
yo'qolib, organ, sistemalar faoliyati asta - sekin tiklanadi. Ammo, ba’zi bir simptomlar
saqlanadi. Masalan, reproduktivlik faoliyat har doim ham tiklanavermaydi, soch
to'kilish esa avj oladi.
Agar organizmning ayrim qismlari nur ta’siriga yo'liqqan bo'lsa, u holda,
nurdan zararlanish yutilgan nur dozasi va nur ta’siriga yo'liqqan organning tabiatiga
bog'liq holda har xil bo'ladi. Yutilgan doza katta bo'lsa, nurlantirilgan organning qaysi
bir organ bo'lishidan qat’iy nazar, bari-bir halokat ro'y beradi. O'rtacha dozalarda
radiatsiyaga eng sezgir organlar - bu qorin bo'shlig'i organlari, ya’ni ichaklarning
ma’lum qismi, ilik va qora taloq hisoblanadi.
Yutilgan nur dozasi 10 - 100 Gr oralig'ida bo'lganda, sutemizuvchilarning
yashash muddati, dozaga bog'liq bo'lmagan holda, 3,5 sutkani tashkil etadi
(Rayevskiy effekti - Oshqozon-ichak sindromi). Doza 100 Gr dan oshganda hayvon
dastlabki bir necha soat yoki bir necha kundan so'ng halok bo'ladi. Sindrom - serebral
sindrom nomi bilan yuritiladi. Bunda markaziy nerv sistemasining faoliyati butunlay
ishdan chiqadi.
50
Agar yutilgan doza 1000 Gr dan oshib ketsa, hayvon shu zohatning o'zida halok
bo'ladi (nur tagidagi o'lim). Bunday halokat "molekulyar o'lim" deb ham atalib, bunda
organizm makromolekulalarining yoppasiga strukturaviy buzilishi ro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: