Radioaktiv moddalar organizmga uch xil yo'l bilan tushishi mumkin: suv va
ovqat orqali oshqozon-ichak yo'liga, o'pkalar va teri orqali. Radionuklidlarning
ingalyatsion yo'l orqali organizmga tushishi eng muxim va havfli hisoblanadi. Bunga
51
alveolalarning juda katta nafas olish yuzasiga egaligi sabab bo'lib, uning maydoni 100
m
2
( teri yuzasiga nisbatan 50 barobar ko'p) teng.
Havoning radioaktivligi uning tarkibida chang, tuman yoki tutun shaklidagi
radioaktiv gaz yoki aerozollarning bo'lishi bilan belgilanadi. Nafas olish tizimida tutib
qolingan radionuklidlar miqdori zarracha o'lchamiga, nafas olish chastotasi va
daqiqalik xajmiga bog'liq.
Nafas olish yo'llarida tutib qolingan radionuklidlarning keyingi taqdiri
radioaktiv zarrachalar o'lchami, ularning fizik - kimyoviy xossalari va organizmda
harakatlanish xususiyatiga bog'liq. Yaxshi eriydigan moddalar tezlik bilan qon
aylanish doirasiga rezorbsiyalanadi(so'riladi), keyin moddalar almashinuvi jarayonida
organizmning mahsus organ va tizimlarda to'planadi yoki tashqariga chiqariladi.
YUqorigi nafas olish yo'llarida ushlab qolingan erimaydigan yoki qiyin eruvchan
moddalar u yerdan so'lak orqali oshqozon - ichak tizimiga tushadi va ichaklar orqali
so'riladi. O'pka to'qimasining al’veolalarida tutib qolingan zarrachalar fagotsitlar
tomonidan tutib qolinadi va yo'qotiladi yoki limfatik tugunlarga migratsiyalanadi.
Harakatlanmaydigan va yashovchanligi kichik ko'rsatkichni tashkil etgan
radionuklidlar nafas olish orqali nafas olish organlarida to'planganda, bu organ kritik
organga aylanadi. YUqori transportabellikka ega moddalar yarim parchalanish
davriga muvofiq o'pka to'qimalarining o'zidayoq so'riladi, shuningdek, oz miqdorda
ovqat - hazm qilish tizimi ichaklar orqali so'rilib, qonga o'tadi.
Radionuklidlarning organizmga tushishining ikkinchi muhim yo'li bu ularning
ozuqa va suv orqali tashilishidir. Ozuqa moddalari tabiiy radioaktiv moddalardan
tashqari ozuqa zanjiri orqali qishloq xo'jaligi o'simliklariga, ulardan hayvon
organlariga va nixoyat oz oziq-ovqat maxsulotlariga tushgan sun’iy radionuklidlar
bilan ifloslangan bo'lishi mumkin. Radionuklidlarning keyingi taqdiri ularning
oshqozon-ichak tizimi suyuq(uning turli rN ko'rsatkichida ega)ligida erish
xususiyatiga bog'liq. Masalan, nuklidlarning ko'pchilik eruvchan birikmalari -
ishkoriy-yer metallar va transuran elementlari, jumladan, plutoniy ichakning ishqoriy
rN ko'rsatkichida erimaydigan gidrooksidlarga aylanadi. Organizmga ichakka tushgan
radionuklidlarning oz qismigina yetib boradi, uning katta qasmi "tranzit" holida
ichakdan chiqariladi.
Radioaktiv moddalar ovqat hazm qilish tizimi yo'llarida mavjud bo'lgan
xollarida ichaklarda nurlanish kuzatiladi, jumladan, ?- va ?- zarrachalar uning
devorini zararlasa ? - kvantlar qorin bo'shlig'i va ko'krak qafasida joylashgan boshqa
organlarni ham zararlaydi. Natijada oshqozon - ichak yo'li kritik organga aylanadi.
Inson tanasi organi shundagina kritik organ hisoblanadiki, qachonki u:
a) eng
ko'p dozani qabul qilsa yoki ko'p miqdorda radionuklidlarni o'zlashtirsa; b)
organizmning normal faoliyat yuritishida muxim vazifani bajarsa; v) eng katta
radiosezgirlikka ega bo'lsa, ya’ni boshqa organlarga nisbatan eng kichik dozalarda
ham nurlanish ta’siriga uchrasa.
Bitta organning turli qismlari turlicha radiosezgirlikka ega bo'lishi mumkin, bu
ayniqsa, inkorporirlangan radionuklidlar ta’sirida yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan,
52
teri epidermisining bazal qavati, ichak kripti epiteliysi, bronxlar epiteliysi va skelet
osteoblastlari radionuklidlar ta’siriga beriluvchan hisoblanadi.
Shu kunlarga qadar radionuklidlarning teri orqali organizmga kirishi mumkin
emas deb hisoblanib kelingan. Biroq so'nggi vaqtlarda ular ham suyuq va gaz holatda
bo'lganda teri orqali organizmga kirishi mumkinligi isbotlandi. Masalan, tritiy oksidi
bug'lari va gazsimon yodning organizmga zararlanmagan teri orqali kirish tezligi bu
moddalarning nafas olish yo'llari orqali kirish tezligi bilan bir xil bo'lsa, plutoniyning
eruvchan birikmalar bilan zararlangan teri orqali kirishi bu moddaning oshqozon
orqali kirish tezligiga teng. Olimlar rodonli vanna qo'llanganda 20 minut ichida
organizmga 4% rodon kirishini aniqlaganlar.
Teri o'tkazuvchanligi unga turli xil kimyoviy birikmalar ta’sir ettirilganida
ortadi. Masalan, terida to'siq vazifasini bajaruvchi epidermisning shox(muguz) qavati
turli xil yog'sizlantiruvchi erituvchilar ta’siriga sezgir hisoblanadi. Terida turli
yorilishlar, yaralar va boshqa zararlanishlar bo'lganda ularga radionuklidlar kirish
ehtimolligi ortadi.
Radionuklidlarning teri osti orqali yutilishiga sezilarli ravishda harorat
va
namlik ham ta’sir ko'rsatadi. Teri orqali kiradigan radionuklidlar terining o'zida va
qon orqali ular yetib boradigan organlarning nurlanish ehtimolligining ortishiga sabab
bo'ladi. Terining nurlanishini baholashda asosan 50 - 150 mkm chuqurlikda
joylashgan, o'zak va proliferatsiyalanuvchi hujayralar joylashgan epidermisning
qavati qabul qiladigan doza miqdori bilan chegaralanadilar.
Ichki organlarning radionuklidlar bilan radiatsion zararlanishida ularning teri
orqali ham, nafas olish organlari orqali ham, oshqozon - ichak yo'li orqali kirishi ham
bir xil effektga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: