R yunusov, K. Umarov, B. Karimov



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Tokning ustki qismi – tana va uning har xil yoshdagi 
novdalari hamda bir yillik novdalaridan iborat bo‘ladi. Uning 
ko‘p yillik qismlari tok turining asosini tashkil etadi. O‘rinbosar 
butoq 2–3 ta kurtak qoldirilib kesilgan novdalar bo‘lib, bu kur-
taklardan kelgusi yil uchun novdalar o‘sib chiqadi. Ulardan 1–       
2 ta hosil beruvchi novda uchun bittasi esa yana o‘rinbosar bu-
toq uchun qoldiriladi. 5–20 ta kurtak qoldirib kesilgan, bir yillik 
novda hosil novdasi deb ataladi. Tokning to‘pguli yoki shingilli 
yashil novdasi hosil novdasi deyiladi. U shu yili hosil beradi. 
To‘pgulsiz novda mevasiz novda deyiladi. Barglarning poyaga 
birikkan joyi bo‘g‘im deyiladi.
Novdaning ikkita qo‘shni bo‘g‘imi orasidagi qismi bo‘g‘im 
oralig‘i deyiladi. Asosiy novda qishlovchi kurtakning o‘rtasida 
rivojlanadi, qulay oziqlanish sharoitida qo‘ltiq kurtakda meva 
g‘uddalari hosil bo‘ladi. Bular to‘pgul chiqaradi va hosil beradi. 
Qo‘ltiq novdalar asosiy novdalarga qaraganda sovuqqa juda chi-
damli bo‘ladi.
Tok tuplari bir joyda 40–50 va undan ortiq yil o‘sib hosil bera-
di. Uning ko‘p yashashi, mahsuldorligi tokzorni to‘g‘ri joylashti-
rishga bog‘liq. Yangi tokzorlarni barpo qilish, ayniqsa hozirda, 
bozor islohotlari davrida katta kapital xarajatlar bilan bog‘liq. 
Bu borada yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish juda qiyin. Shu sabab-
li tokzor barpo qilishda joy tanlash va uni ekishga tayyorlash 
muhim ahamiyatga ega (Sh. Temurov, 2002).
Tokzor uchun yer tanlash direktiv organlar tomonidan qat’iy 
belgilangan texnik-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
huj jatda tokzor uchun ajratilgan yerning hududi, ekiladigan 
navlari va ularning texnologik yo‘nalishi (xo‘raki uzum, kish-
mish hamda vino sanoati uchun yetishtirish bo‘yicha ixtisos-
lashtirilishi) belgilangan bo‘ladi. Tokzor barpo qilish uchun yer 


118
tanlashda  uning  relefi,  qiyaliklarning  ekspozitsiyasi,  yer  osti 
suvlarining chuqurligi va kimyoviy tarkibi, tuproq va iqlim 
sharoitlari, suv manbalari kabi sharoitlar inobatga olinadi. Bu 
jarayonlarga qat’iy amal qilinmasa tokzor barpo qilishdagi 
kamchiliklar kelgusida fermer va shirkat xo‘jaliklariga katta 
moliyaviy zarar keltiradi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish