136
2011 yilda esa yengil sanoatda jami 114 ta loyiha amalga oshirilib
521,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi invetitsiya, shundan bevosita
xorijiy investitsiyalar 201,4 mln. dollar, banklar krediti – 204,8 mln.
dollar va mahalliy investorlar ulushi – 115,1 mln. dollar joriy etilib
mavjud korxonalar modernizatsiya va
rekonstruksiya qilindi, ishlab
chiqarish quvvatlari oshirildi.
Jumladan, ularning quvvatlari kalava ip ishlab chiqarishda –
198,9 ming tonnaga, tayyor mato – 26,7 mln. pogon metrga, tayyor
tikotaj mato – 9,5 ming tonnaga, tayyor tikuvchilik mahsulotlari –
42,6 mln. donaga, xom ipak – 220 tonnaga, paypoq mahsulotlari -
29,2 mln. juftga, gilam mahsulotlari – 748 ming kvadrat metrga oshdi.
Shunday qilib, yengil sanoat respublikamiz iqtisodiyotining paxta,
pilla, jun kabi qishloq xо‘jalik mahsulotlarini
birlamchi va ikkilamchi
qayta ishlovchi, ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi yetakchi
tarmog‘i bо‘lib qoldi. “О‘zbekengilsanoat” DAK ma’lumotlariga kо‘ra
2010 yilda respublikada jami 2300 ta katta-kichik yengil sanoat
korxonalari faoliyat kо‘rsatib ularning 680 tasi tо‘qimachilik, 87 tasi
ipakchilik, 411 tasi trikotaj, 1032 tasi tikuvchilik mahsulotlari ishlab
chiqargan va hakozo.
Korxonalarning katta qismi aholisi zich bо‘lgan viloyatlarda
faoliyat yuritgan. Masalan, Andijonda 321 ta, Farg‘onada – 289 ta,
Namanganda – 221 ta, Buxoroda – 181 ta, Xorazm
va Samarqandda
100 tadan, Toshkent shahrida 516 ta yengil sanoat korxonasi bо‘lib,
qolgan viloyatlarda ularning soni 40-90 tani tashkil etdi.
Umuman, yengil sanoat korxonalarining yillik о‘rtacha quvvati
373 ming tonna kalava ip, 282 mln. m
2
ip gazlama, 81,8 ming tonna
trikotaj mato, 168 mln. dona tayyor tikuv-trikotaj buyumlari, 71,3 mln.
juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarishga teng.
2011 yilda tarmoqda tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi
2010 yilga nisbatan 130 foizga, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish
esa 149,1 foizga о‘sdi. Agar tarmoqda 2010 yilda 1.169,5 mlrd. sо‘mlik
tovar mahsulot ishlab chiqarilgan bо‘lsa, 2011 yilda bu kо‘rsatkich
1.508,7 mlrd. sо‘mga teng bо‘ldi. Eksport miqdori 25 foizga о‘sdi.
Masalan, 2010 yilda respublikamizning 150 ta eksporter
137
korxonalari jahonning 5 ta davlatida 30 ta savdo
uylarini ochib qiymati
600 mln. dollardan ortiq mahsulotni eksport qilgan bо‘lsa, 2011 yilda
mos ravishda korxonalar 180 taga, davlatlar soni 10 taga, savdo uylari
40 taga yetgani holda 800 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Buni Farg‘ona viloyatida joylashgan va sifatli tо‘qimachilik
mahsulotlari ishlab chiqarishga mо‘ljallangan “ANTEKS-GRUP”
fabrikalar uyushmasiga kiruvchi 4 ta fabrika misolida kо‘radigan
bо‘lsak, quyidagi holatga duch kelamiz. Fabrikalarni umumiy quvvati
bir oyda 1000 tonna kalava ip va 240 ming pogon metr gazlama ishlab
chiqarishga teng bо‘lib 100 foiz kalava ip, silon va surp tayyorlanadi.
Tovar mahsulotning katta qismi Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Ukraina,
Latviya, Germaniya, Belgiya, Italiya va boshqa davlatlarga sotiladi.
Umuman eksport tarkibida yengil sanoat mahsulotlari kalava ip –
56,1 foizni, trikotaj buyumlari – 13 foizni, gazlama – 6,6 foizni, trikotaj
mato – 5,5 foizni, xom ipak – 2,2 foizni, boshqa mahsulotlar 15,2
foizni
tashkil etdi.
Yengil va tо‘qimachilik sanoati mahsulotlarining 40 foizi MDH
davlatlariga, 18,8 foizi Yevropa Ittifoqi davlatlariga, 16,3 foizi Xitoy
Xalq respublikasiga, 15,3 foizi Turkiyaga, 4,9 foizi Janubiy Koreyaga va
4,7 foizi boshqa davlatlar hissasiga tо‘g‘ri keldi.
Hozirda Respublikamiz Prezidenti va hukumati yengil sanoat
tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor bermoqda.
Natijada tarmoq
strategiyasini belgilovchi qator meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Bular:
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-2011 yillarda qabul
qilingan bir qator qarorlari, nutq va ma’ruzalari, shuningdek
hukumatimiz qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlardir.