R. X. Maksudov, I. S. Hayitov



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/63
Sana07.09.2021
Hajmi3,71 Mb.
#167442
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
toqimachilik tarixi

CHARM-POYABZAL TARMOG‘I
О‘zbekistonda charmdan mahsulot ishlab chiqarish uzoq tarixga
ega. Ayniqsa, qо‘nchilik hunarmandchilikning qadimiy turi sifatida
ming yillardan buyon mavjud. Zardushtiylikning muqaddas kitobi
«Avesto»ning oshlangan va qо‘lda ishlov berilgan 12 ming qoramol
terisiga oltin suvi bilan yozilganligi buning isbotidir.
Qadimda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Termiz,
Qо‘qon shaharlarida, Xorazmda yuzlab kо‘nchilik dо‘konlari bо‘lgan.
Ularda teridan tayyorlangan turli xil charm buyumlar sotilgan. Faqat
XIX asr sо‘nggi choragidan О‘zbekiston mahalliy bozorlarida Yevropa
mamlakatlaridan keltirilgan va charmdan sanoat usulida tayyorlangan
xrom, shagrun, upuka teri turlari va ulardan tikilgan poyabzallar sotila
boshlagan.
Natijada XX-asr 20-yillarida О‘zbekistonda ham poyabzal sanoatiga
asos solindi. Bugun bu tarmoqda mahalliy xomashyo hayvonlar terisidan
yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun’iy charmdan poyabzallar,
shuningdek telpak, ot-ulov asboblari, attorlik buyumlari, tо‘qimachilik
dasttohlari va boshqa mashinalar uchun detallar ishlab chiqariladi.
Tarmoqning birinchi eng yirik korxonasi Toshkent kо‘n(charm)
zavodi 1928 yilda ishga tushirilgan. 2-jahon urushi yillarida Andijon
viloyatining Xonobod kishlog‘ida teri oshlash zavodi, pustin uchun kо‘y
terisini oshlaydigan yana 2 ta korxona kuriddi. 1960 yillarda Toshkentda
yangi kо‘n zavodi va sun’iy charm plyonka materiallari zavodi
foydalanishga topshirildi.
Shu davrda kо‘nchilik bilan shug‘ullanuvchi barcha zavodlar
negizida «О‘zbekiston» kо‘n va sun’iy charm ishlab chiqarish
birlashmasi tashkil etildi. 1994 yildan u «О‘zbekengilsanoat»
uyushmasiga qarashli «Charm» korxonasiga aylantirildi.


123
Shuni aytish kerakki, О‘zbekistonda charmdan oyoq-kiyimlar tikish
о‘z an’analariga ega. Yurtimizda qadimdan hunarmandlar va kosiblar
kо‘lda har xil andaza va turdagi poyabzallar, xususan etik, maxsi, kalish
tikib kelganlar. XX asrdan kо‘nchilikning sanoat asosiga о‘tishi bilan
tufli, botinka, sandal, shippak, piyma, kalish, shuningdsk maxsus ish
poyabzallari ishlab chiqarish ham о‘zlashtirildi.
Yarim avtomat quyi tayanch mexanizmining chizmasi


124
Poyabzallardan namunalar
О‘tgan asrning 20-yillaridan respublikamizda poyabzal fabrikalari
qurilishi ham boshlandi. Jumladan, 1927-yilda Toshkentdagi 1-poyabzal
fabrikasi, 1935 yilda esa 2-poyabzal fabrikasi qurildi. Sо‘ngra yana 5 yil
davomida Buxoro, Samarqand, Tо‘rtkо‘l, Termiz, Andijon, Qо‘qon,
Chirchiq, Namangan poyabzal korxonalari qurilib ishga tushirildi.
Natijada 1940 yilga kelib О‘zbekistonda keng tarmoqli poyabzal sanoati
shakllandi.
Respublikada yetarli mikdorda xomashyoning borligi va poyabzal
mahsulotlariga talabning yildan-yilga oshib borishi, urushdan keyingi
60-70-yillarda ham bu tarmoqni yanada rivojlantirishni taqazo etdi.
Natijada 1960 yilda Pop rezina poyabzal fabrikasi, 1969 yilda Farg‘ona
va Yangiyо‘l poyabzal fabrikalari qurildi. Toshkentdagi 1 va 2-poyabzal
fabrikalari, Chirchiq va Qо‘qondagi korxonalar kengaytirilib, qayta
jihozlandi. Ular mahsulot turlari bо‘yicha ixtisoslashtirildi. Masalan,
Yangiyо‘l va Chirchiq poyabzal korxonalarida kо‘proq bolalar
poyabzali ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi.
Bugungi kunda respublikamiz poyabzal sanoati korxonalarini
xorijiy hamkorlar bilan sheriklikda eng zamonaviy asbob-uskunalar
bilan qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda. Masalan, 1995 yilda
«Farg‘ona poyabzal» aksiyadorlik jamiyati bilan Germaniyaning
«Salamander» firmasi о‘rtasidagi hamkorlik natijasida yillik loyiha
kuvvati 8 turdagi 500 ming juft erkaklar poyabzali ishlab chiqarishga
teng bо‘lgan «О‘zsalaman» qо‘shma korxonasi mahsulot bera boshladi.


125
Germaniya, Fransiya, Chexiya va boshqa davlatlar firmalari
ishtirokida Yangiyо‘l, Chirchiq poyabzal fabrikalari ham zamonaviy
texnologiyalar bilan qayta jihozlandi. Bunda ayniqsa «Kibo» firmasining
ishtiroki katta bо‘ldi.
Bugungi kunda О‘zbekistonda 10 dan ortiq yirik poyabzal fabrikasi,
shuningdek mahalliy sanoatning kо‘plab mayda korxonalari ishlab
turibdi. Respublika hukumati bu tarmoqga katta e’tibor bermoqda. 2000
yilda Vazirlar Mahkamasi - О‘zbekiston Respublikasi hukumatining
qarori bilan maxsus «О‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasi tashkil etilib,
kun-poyabzal sanoati uning ihtiyoriga berildi.
Poyabzal sanoatida, ayniqsa sentetik va suniy materiallardan
foydalanish istiqbolli yо‘nalish hisoblanadi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish