1940-1990 yillarda Markaziy Osiyoda pilla tayyorlashning о‘sishi
(tonna hisobida)
Yillar
Davlatlar
1940 1950 1960 1970 1980 1990
О‘zbekiston
9128 12563 14576 18376 30297 32783
Turkmaniston 1612 1771 2356 2986 4868 3671
Tojikiston
1257 1572 2102 2480 3968 4287
Qirg‘iziston
510
385
490
825
1034 1175
Jami:
12507 16291 19524 24667 40167 41916
116
25-jadval.
1940-1990 yillarda Markaziy Osiyoda hom ipak ishlab chiqarish
(tonna hisobida)
Yillar
Davlatlar
1940 1950 1960 1970 1980 1990
О‘zbekiston
693
762
856 1172 1645 2458
Turkmaniston
149
157
169
229
239 298
Tojikiston
254
233
292
322
350 479
Qirg‘iziston
84
69
93
123
102 124
Jami:
1180 1221 1410 1846 2336 3359
Yuqoridagi har ikki jadvaldan kо‘rinib turibdiki, 50 yilda
(1940-1990) О‘zbekistonda pilla tayyorlash 3,69 barobar, ipak esa 3,35
marta kо‘paydi.
Ha, ipak gazlamadan tо‘qilgan milliy matomiz-xonatlas
qizlarimizning sepi, xalqimiz g‘ururi. Shu yerda Marg‘ilon atlasi haqida
tо‘xtalmaslik mumkin emas.
Mustaqillik yillarida kamalak kabi tovlanib turuvchi atlas va adras
matolarimiz nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham
yangicha qiyofada keng yoyilmoqda. Zero, ipak Yevropada shohona
mato hisoblanadi. Masalan, 2010 yilda birgina Londondagi “Thomas
Pink” brend markazida ipakdan tо‘qilgan bir dona mavsumiy kо‘ylak
170 funtga, “Marks sr Spenser” dо‘konida esa 120 funtlik bahoda
sotildi.
Ipakchilik bilan bugungi kunda 50 dan ortiq mamlakatlar
shug‘ullanadi. Bular: Yevropada-Ispaniya, Italiya, Fransiya, Vengriya,
Ruminiya, Polsha, Ukraina, Moldova, Gretsiya, Bolgariya, sobiq
Yugoslaviya respublikalari, Osiyoda-Xitoy, Hindiston, Yaponiya,
Koreya, Bangladesh, Pokiston, Turkiya, Indoneziya, Eron, Markaziy
Osiyo davlatlari, Suriya, Vyetnam, Shri Lanka, Ozorbayjon, Gurjiston,
Amerikada-Braziliya, Meksika, Boliviya, Kolumbiya, Afrikada-Misr,
Keniya, Marokko, Tanganika, Madagaskar orollari va boshqalar.
Respublikada pillachilik va ipakchilikni rivojlantirishda Prezident
Islom Karimovning “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh
qilish chora-tadbirlari tо‘g‘rsida”gi qarori dasturilamal bо‘lib xizmat
qilmoqda. Mazkur qarorda pilla xomashyosi yetishtirishni jahon bozori
talablari darajasiga kо‘tarish uchun avvalo, ipak qurti yangi zotlarini
yaratish, tarmoqni modernizatsiyalash va unga xorijiy investitsiyalarni
kо‘proq jalb etish, yangi tutzorlar tashkil etish kabi muhim masalalar
117
belgilab berildi.
Bu borada “О‘zbek ipagi” uyushmasi va О‘zbekiston ipakchilik
ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ham muyyan ishlar qilinmoqda.
Masalan, bugungi kunda respublikamizda tayyorlanayotgan ipak qurti
urug‘larining qariyib 90 foizi mazkur institut olimlari tomonidan
yaratilmoqda.
Keyingi 4 yilda (2007-2011) ipak qurtining bir qancha yangi zot va
durugayi hamda tutning 4 ta yangi navi yaratilgani bunga misol bо‘ladi.
Ipak qurtining О‘zbekiston 5-6, ipakchi-1-2, Turon-1-2 zotlari, tutning
Jarariq-6, Jarariq-7 kabi navlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, istiqlol yillarida ipak qurtining “Gо‘zal” va “Marvarid”
zotlari yaratildi. Bu zotlarning pillasi yirikligi hamda ingichkaligi bilan
ajralib turadi. Pillani saralash, navlarga va urug‘likka ajratish bо‘yicha
ham zamonaviy uskuna yaratildi. Bu uskuna 8 soatda 800 kg. pilla
qobig‘ini katta-kichiklikka va navlarga ajratadi. Ilgari bunga kamida
3 - 4 kun vaqt ketardi.
Umuman, Mustaqillik yillarida ipakchilikni modernizatsiya qilish,
pilla, ipak tola, shoyi ip, undan tayyorlanadigan buyumlar sifatini
yaxshilash bо‘yicha bir qator iqtisodiy va tarkibiy о‘zgarishlar amalga
oshirildi. Bu borada О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1995 yil 3 fevraldagi “Ipak ishlab chiqarish majmuida integratsiyalash
jarayonlarini kuchaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori va
Prezidentimizning 1998 yil 30 martda qabul qilgan “Respublika
ipakchilik tarmog‘ini boshqarishni yanada takomillashtirish tadbirlari
tо‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.
Kо‘rilgan tadbirlar asosida tashkil etilgan “О‘zbek ipagi”
uyushmasi о‘z tarkibiga 20 dan ortiq ipakni qayta ishlash korxonalarini,
shu jumladan 10 ta pillakashlik, 7 ta shoyi tо‘quv va 7 ta qо‘shma
korxonani birlashtirib “Pilla Xolding kompaniyasi”, “Shoyi”
kompaniyasi hamda “Ipakimpeks” tashqi savdo firmasi orqali tarmoqqa
rahbarlik qiladi.
Pillakchilik respublikamizning barcha viloyatlarida keng
rivojlangan. Ipakni qayta ishlash korxonalarining asosiy qismi esa
Farg‘ona vodiysida joylashgan. Bu yerda mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan xom ipakni 2/3 qismi, ipak chiqinilaridan olinayotgan
yigirilgan ipakning 100 foizi, shoyi matolarning esa 17 foizi ishlab
chiqariladi. Eng yirik korxonalari “Buyuk ipak yо‘li” HJ va “Atlas” HJ
hisoblanadi.
Shuningdek, Samarqanddagi “Hujum” HJ, Shahrisabzdagi
118
“Kumush” HJ, “Buxoro ipagi” HJ va boshqalar ipak xomashyosi ishlab
chiqarish, uning sifatini yaxshilash, dunyo andozalariga javob beradigan,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga о‘z hissalarini qо‘shib
kelmoqdalar.
2011 yilda uyushma tarkibida faoliyat kо‘rsatayotgan “О‘zbek-
Yapon”, “О‘zbek-Singapur”, О‘zbek-Xitoy”, “О‘zbek-Vyetnam”,
“О‘zbek-Janubiy Koreya”, “О‘zbek-Buyuk Britaniya” qо‘shma
korxonalari qatoriga Namanganda foydalanishga topshirilgan va yiliga
300 tonna pillani qayta ishlab 97 tonna shoyi ip ishlab chiqarish
quvvatiga ega bо‘lgan “Helil Silk” qо‘shma korxonasi ham qо‘shildi.
Xulosa qilib aytganda, pillachik va ipakchilikni rivojlantirishdan
asosiy maqsad, ularni о‘zimizda tо‘liq qayta ishlab tayyor mahsulot
ishlab chiqarishga о‘tish. Shu maqsadda, respublikamizda pilla
tayyorlashni 2010 yildagi 19-20 ming tonnadan yaqin istiqbolda 25 -
30 ming tonnaga, xususan 2015 yilida 28 ming tonnaga yetkazish (bu
jahonda tayyorlanayotgan jami pillanining 20 foizidan kо‘p) va uni
jahonga xomashyo sifatida emas, balki tayyor mahsulot sifatida chiqarib,
kо‘proq daromad olish, yangi ish о‘rinlari yaratib mamlakatimiz
iqtisodiyoti yuksalishiga va aholi turmushi farovonligi oshuviga
munosib hissa qо‘shishdir.
Shuni ham aytish kerakki, О‘zbekiston ipakchilik sanoatida shoyi
tо‘qish sohasi alohida ahamiyatga ega. О‘tgan asr 80 - yillarida bu
sohada 7 ta, shu jumladan, Marg‘ilon shoyi kombinati, Marg‘ilon
“Atlas”, Namangan va Samarqand shoyi ishlab chiqarish birlashmalari,
Namangan avrli gazlamalar kombinati, Qо‘qon va SHо‘rchi shoyi
tо‘qish fabrikalari va boshqalar bor edi. Bu korxonalar shoyi gazlamalar
turlarini ishlab chiqarish bо‘yicha ihtisoslashgan. Masalan, Marg‘ilon
shoyi kombinatida krepdishin, krepshifon, krepjorjet, “Atlas” ishlab
chiqarish birlashmasida tabiiy ipakdan xalq sevgan milliy gazlamalar:
atlas, xonatlas, beqasam, adras, shoyi, shuningdek plashbop,
kostyumbop, astarbop gazlamalar, Namangan shoyi ishlab chiqarish
birlashmasida shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak uchun
gazlamalar, Samarqand shoyi fabrikasida tukli va jakkord gazlamalar,
Qо‘qon shoyi fabrikasida sun’iy ipaklardan avrli gazlamalar ishlab
chiqarilgan.
Shunday qilib, pillachilik, ipakchilik va shoyi tо‘qish sanoati
Respublikamiz tо‘qimachilik tarmog‘ining muhim sohalaridan biri
bо‘lib qoldi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |