112
3. Kichik davrlar uchun pul mablag‗larining sof oqimini aniqlash.
4. Kichik davrlar bo‗yicha qisqa muddatli moliyalashga jami ehtiyojni
aniqlash.
Birinchi bosqichda olinishi kutiladigan pul tushumlarining hajmi hisoblab
chiqiladi. BHMS (Buhgalteriya hisobining milliy standartlari) qoidalarga binoan
hisob registrlarida mahsulot sotishdan daromad tovarlar haridorlarga jo‗natilgan
paytda hisobga olinadi. O‗z navbatida tovarlar naqd hisob-kitoblarga va kreditga
sotilishi mumkin.
Korxonalarning ko‗pchiligida sotilgan tovarlar qiymati to‗lab berilishi
uchun muayyan vaqt o‗tadi. Shuning uchun
sotilgan mahsulot uchun pul
tushumining qanchasi rejalashtirilayotgan davrda va qanchasi undan keyin kelib
tushishini aniqlash lozim.
Rejalashtirilayotgan davrda kutilayotgan pul tushumlari oqimini aniqroq
prognozlash uchun debitor qarzlarni ularning so‗ndirilishi muddatlari bo‗yicha
guruhlash talab etiladi. O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida yetkazib
berilayotgan tovarlar uchun debitor qarzlar to‗lanishi muddati 90 kungacha deb
belgilangan. Shunga muvofiq holda xo‗jalik amaliyotida debitor qarzlari
so‗ndirilishi muddati 30 kungacha, 60 kungacha, 90 kungacha va h.k.
guruhlarga
ajratgan holda tahlil etiladi.
Tahlilni oyma-oy amalga oshirish va har bir oyga kelib tushadigan debitor
qarzlarni aniqlab olish maqbul deb qaraladi. Pul mablag‗lari kelib tushishining
mahsulot sotishdan boshqa manbalari mavjud bo‗lsa ular ham har bir davrda
e‘tiborga olinishi lozim.
Ikkinchi bosqichda pul mablag‗larining chiqib ketishi hajmlari hisoblab
chiqiladi. Korxona joriy ho‗jalik faoliyatida pul mablag‗lari chiqib ketishining
uch asosiy yo‗nalishlari mavjud: davlat budjetiga to‗lovlar, ish haqi bo‗yicha
xodimlarga to‗lovlar va yetkazib beruvchilarga to‗lovlar.
Davlat budjetiga soliqlar
bo‗yicha to‗lovlarning katta qismini joriy davr tugamasdanoq to‗lashga to‗g‗ri
keladi. Ish haqi bo‗yicha to‗lovlar esa davr tugashi bilanoq amalga oshirilishi
lozim. Soliqlar va ish haqi bo‗yicha to‗lovlarning kechikib bajarilishi bajarilishi
113
korxonaga nisbatan davlat organlari tomonidan ma‘muriy va moliyaviy
xarakterdagi jiddiy choralar ko‗rilishiga olib kelishi mumkin. Yetkazib beruvchilarga
kreditor qarzlar esa korxona tomonidan bir muncha "cho‗zibroq" bajarilishi mumkin.
Bu holda kreditor qarzlar korxonani qisqa muddatli moliyalashning
manbaiga aylanadi. Ta‘kidlash lizimki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mamlakatlarida tovarlar
asosan kreditga sotilsada, debitor qarzlar tezroq to‗lanishini
rag‗batlantiruvchi chegirmalar keng qo‗llaniladi. Bu holda kreditor qarzlarni
kechiktirib to‗lash iqtisodiy jihatdan foydali bo‗lmay qoladi. Pul mablag‗larining
chiqib ketishi foizlar va dividendlar to‗lanishi, uzoq muddatli va qisqa muddatli
ijara uchun to‗lovlar, kapital qo‗yilmalarni amalga oshirish va boshqalar bilan ham
bog‗liq bo‗ladi.
Uchinchi bosqichda avvalgi ikki bosqichning natijalari bir-biriga
taqqoslagan holda umumlashtiriladi va sof pul oqimi hisoblab chiqiladi.
To‗rtinchi bosqichda qisqa muddatli moliyalashga bo‗lgan jami ehtiyoj
aniqlanadi. Unda har bir kichik davr uchun pul mablag‗larining
joriy
etishmovchiligini qoplash uchun zarur qo‗shimcha mablag‗larni qaysi
manbalardan qo‗lga kiritilishi rejalashtirib olinadi (masalan, qisqa muddatli bank
kreditlari). Shu bilan zarur pul mablag‗lari miqdorini belgilab olishda
korxonaning bankdagi hisob raqamida pul mablag‗larining muayyan minimum
miqdori mavjud bo‗lishi lozimligini etiborga olish lozim. Bu minimum oldindan
rejalashtirilmagan, lekin korxona uchun juda zarur ehtiyojlarni qondirishga yoki
o‗ta foydali qo‗yilmalar imkoniyati to‗satdan paydo bo‗lganda
undan foydalana
olishni ta‘minlashga qaratilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona pul mablag‗lari bo‗yicha oqilona siyosat
olib borilishi lozim. Bir tomondan, ho‗jalik moliya faoliyati ehtiyojlari o‗z
vaqtida qondirib borilishi uchun bo‗sh pul mablag‗larining muayyan darajasi
ta‘minlab turilishi talab etiladi.
Ikkinchi tomondan, bu mablag‗lar likvid qimmatli qog‗ozlarga
joylashtirilgan summa bilan to‗ldiriladi. Zarurat tug‗ilganda qimmatli qog‗ozlar
114
zudlik bilan pulga aylantiriladi. Pul mablag‗lari qoldg‗ining belgilab olingan
darajadan ortiqchasi vujudga kelsa, u likvid qimmatli qog‗ozlarga yo‗naltiriladi.
Shunday qilib umumiy mazmunga ko‗ra pul mablag‗lariga nisbatan ham
ishlab chiqarish zahiralarini boshqarish nazariyasi qoidalarini qo‗llash mumkin.
Pul mablag‗larini boshqarishda quyidagi masalalarning
echimini topish lozim
bo‗ladi:
a) pul mablag‗lari va pul ekvivalentlarining umumiy hajmi;
b) pul mablag‗lari va pul ekvivalentlarining qanchasini bankdagi
hisoblarda, qanchasini tez sotiladigan qimmatli qog‗ozlar ko‗rinishida saqlash
kerak;
c) pul mablag‗lari va tez sotiladigan aktivlarning qancha miqdorini va qaysi
paytlarda bir-biriga aylantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: