70
4-bob.
KORXONA KAPITALINI BOSHQARISH
4.1.
Korxonaning kapitali tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida
xususiy kapital korxonaning
moliyaviy xolatini tavsiflovchi muhim ko‗rsatkichlardan biri hisoblanadi. Negaki,
uning holatiga qarab jami mablag‗lar tarkibidan kelib chiqqan holda
korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baxo beriladi. Bu biznesni
boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo‗lga qo‗yishda o‗ta
muhim masala hisoblanadi.
Xususiy kapital korxonaning o‗z mablag‗lari manbaining asosini tashkil
etuvchi ko‗rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga
korxona ustav kapitali, zaxira
kapitali, qo‗shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
kiradi.
Xususiy kapital tushunchasi O‗zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya
hisobi to‗g‗risida»gi Qonuni, Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish
uchun kontseptual asos (ro‗yxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust) va O‗zbekiston
Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-son BHMS) «Hisob siyosati
va moliyaviy hisobotlar» (ro‗yxat raqami 474-son, 1998-yil 14-avgust) da keltirilgan.
Xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobotning manzilli qismida hisobot sanasi,
xo‗jalik yurituvchi subyektning nomi, tarmog‗i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy
shakli va to‗liq yuridik manzili, xo‗jalik yurituvchi subyekt uning egaligida bo‗lgan
organning nomi, xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobotni
tayyorlash vaqtida
foydalanilgan o‗lchov birligi ko‗rsatilishi lozim.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‗g‗risida, ustav
kapitali, qo‗shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar), sotib olingan xususiy aksiyalar va boshqa xususiy kapital elementlari
to‗g‗risidagi axborot yoritib berilishi lozim.
Xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobot xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobot
davri boshiga va oxiriga bo‗lgan tegishli axborotni yoritib berishi kerak.
Hisobotda
71
hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo‗lgan o‗zgarishlar haqidagi axborot
yoritib berilgan bo‗lishi kerak. Buning uchun quyidagilar to‗g‗risidagi axborotlarni
yoritib berish kerak: qimmatli qog‗ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta
baholanishi, ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursidagi farqlar, rezerv
kapitalga
ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan
mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar ko‗rinishida to‗lanadigan dividendlar,
shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari.
Xususiy kapital to‗g‗risidagi hisobotda quyidagilar to‗g‗risidagi axborot ham
yoritib berilishi kerak: chiqarilgan aksiyalar soni, aksiyalarning nominal qiymati,
muomaladagi aksiyalar soni. Ikki hisobot davri o‗rtasida xususiy kapital tarkibidagi
o‗zgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan
va yoritib beriladigan
baholashning aniq prinsipidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof
aktivlarning ko‗payishi yoki kamayishini aks ettiradi.
Mazkur standartda sof aktivlar deganda xo‗jalik yurituvchi subyektning o‗z
mablag‗lari bilan ta‘minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya‘ni
xo‗jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‗lgan mol-mulk
qiymati tushuniladi.
Korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag‗lar bilan ta‘minlash
manbai bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
— o‗z mablag‗lar manbai;
— qarz mablag‗lari.
Yuqorida sanab o‗tganlarimiz korxonalarni mablag‗lar bilan ta‘minlash manbai
bo‗lib kelmoqda.
Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida uz mablag‗larini belgilab
olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag‗larni
qaysi manbaa hisobiga
qoplash kerakligi ko‗rib o‗tiladi. Agarda korxonaning o‗z mablag‗lari yetarli bo‗lsa
o‗z mablag‗lar manbai hisobiga, aks xolda esa, qarz mablag‗lari hisobiga qoplaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar bir korxona o‗z moliyaviy extiyojlarini
o‗zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta‘minlash manbai bo‗lib, uning
foydasi, qimmatbaxo qog‗ozlarini sotishdan kelgan tushum,
aksionerlarning pay
72
va boshqa to‗lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to‗lovlari
hamda qonundan tashqari bo‗lmagan xolda kirim qilingan mablag‗lar kiradi. Bunday
asosda kiritilgan mablag‗lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.
Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega
bo‗lib, u korxonaning o‗z qudratini qay darajada ekanligini bildiradi.
Xususiy kapital tahlilining vazif alari bo‗lib, quyidagilar hisoblanadi:
- xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho berish;
- xususiy kapitalda mavjud bulgan imkoniyatlarni aniqdash;
- uning o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash va hokazolar kiradi.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo‗lib,
«Buxgalteriya balansi»ning passiv l-bo‗limi va «Xususiy kapital to‗g‗risida»gi
hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda, tahlil ishlari olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: