R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni


  Xususiy kapital tarkibi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

4.2. 
Xususiy kapital tarkibi
 
Xususiy kapital hisobi o‗z ichiga bir qancha ko‗rsatkichlarni olib, ular 
quyidagi tartibda tashkil etiladi: 
— ustav kapitali; 
— qo‗shilgan kapital; 
— rezerv kapitali; 
— taqsimlanmagan foyda; 
— xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. 
Korxonaning ustav kapitali o‗z mablag‗lar manbaining asosini tashkil etadi.
Ustav kapitali ta‘sischilar tomonidan kuyilgan pay to‗lovlarini, aksiyalarining
nominal qiymatini o‗zida saqlaydi.
Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta‘sischilarning yig‗inida qabul
qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi. 
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat budjeti tomonidan ajratilgan mulkni 
ko‗rsatadi. Mulkning kelishi vaqgiga esa bu summa ustav kapitalida ko‗rsatiladi. 


73 
Korxonalar amalda ko‗llanilayotgan qonunlarga ko‗ra har yili erishgan 
foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko‗rsatilgan 
tartibda mablag‗ chegirilib boriladi. 
Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: 
1. Ko‗rilgan zararlarni qoplash uchun. 
2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo‗lsa imtiyozli aksiyalar uchun 
dividend berish. 
3. Boshqa to‗lovlarni amalga oshirish uchun. 
Taqsimlanmagan foyda — bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko‗rsatadi. 
U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko‗rsatkichlardan sanaladi. Lekin 
faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin.
Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi.
Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsientlar usuli eng ilg‗or
metodlardan hisoblanib, bizning o‗rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur 
etib bo‗lmaydi. 
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsientlar
o‗rganiladi va ularni shartli ravishda to‗rtta katta guruhlarga ajratiladi: 
1. Rentabellik koeffitsientlari. 
2. Likvidlik koeffitsientlari. 
3. To‗lov qobiliyati koeffitsientlari. 
4. Bozor indikatorlari. 
Bu ko‗rsatkichlar ham uz tarkibiga bir qancha koeffitsientlarni oladi. 
Demak, birinchi ko‗rsatkich tarkibiga: 
— xususiy kapital rentabelligi; 
— korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi; 
— leveridj; 
— sotish rentabelligi. 
Likvidlilik koeffitsientlariga: 
a) tez likvidlanadigan koeffitsientlar; 
b) debetorlik qarzlarining aylanish koeffitsienti; 


74 
v) ishlab chiqarish zaxiralarining aylanishi koeffitsienti; 
g) qiyin likvidlanish koeffitsienti. 
To‗lov qobiliyatini izohlovchi koeffitsientlarga quyidagilar kiradi: 
― qarz va xususiy kapital nisbati koeffitsienti; 
— xususiy kapitalning jami mulkda tutgan ulushi koeffitsienti; 
— qarz mablag‗larining jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsienti. 
Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya hisobida aks etgan 
baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari o‗rganiladi. 
Bu koeffitsientlar ichida bizning mavzuga taalluqli bo‗lgan koeffitsientlar 
ham mavjud bo‗lib, ular quyidagicha aniqlanadi: 
Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turi har bir so‗mlik xususiy 
kapital hisobiga to‗g‗ri kelgan sof foyda kiymati o‗rganiladi. Xususiy kapitalning 
o‗rtacha yillik qiymatini topish uchun yil boshidagi va yil oxiridagi summalarining
yig‗indisini ikkiga bo‗lib aniqlaniladi. 
Leveradj xususiy kapitalning o‗sgan qismini ko‗rsatib, u quyidagicha
aniqdanadi, ya‘ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsienti bilan jami 
investitsiyalar orasidagi farq koeffitsienti olinadi. Kelib chiqkdn natija qdnchalik
yuqori bo‗lsa, korxona xususiy kapitalining shunchalik o‗sganligini bildiradi. 
Bir aksiya uchun daromadni hisobot yilida olingan foydani chiqarilgan 
aksiyalar soniga bo‗lish bilan aniqdanadi. 
Qarz va xususiy kapital o‗rtasidagi nisbat koeffitsienti. Bunda uzoq va qisqa 
muddatli qarz mablag‗larini o‗z mablag‗lari manbaiga bo‗lib topamiz. Bunday
nisbatlar har bir davr uchun aniqdanadi. Agarda hisobot yili boshidagi
aniqlangan koeffitsient yil oxiriga nisbatan katta bo‗lsa A1>A2 u holda
korxonaning to‗lov qobiliyati oshgan bo‗ladi. Aks hodtsa esa korxonaning to‗lov 
kobiliyati pasaygan bo‗ladi. 
Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsienti Xususiy
kapital qiymatini Jami mablag‗larga nisbati formulasi orqali topiladi. Bu 
koeffitsient qanchalik birga yaqinlashib borsa, korxonaning mustaqilligi
shunchalik oshib boradi.


75 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish