4.3.
Kapital qiymati va uni baholash tamoyillari
Kapital - tabiiy va mehnat resurslari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning
muhim omillaridan hisoblanadi. Kapital – ishlab chiqarishdan foyda olish maqsadida
kiritilgan avanslashgan qiymat.
Korxona kapitali uzoq va qiska muddatli xarakterdagi moliyalashtirish
manbalari hisobidan shakllanadi. Bu manbalarni jalb etish korxona uchun muayyan
xarajatlarni talab etadi. Korxona kapitali hajmiga nisbatan foizlarda aks etgan bunday
xarajatlar majmuasi
korxona kapitali qiymati (bahosi)ni
o‗zida mujassamlashtiradi.
Kapital qiymati konsepsiyasi moliyaviy menejmentning asosiy nazariyalaridan
biri hisoblanadi. Kapital qiymati - korxonani yuqori bozor qiymatini ta‘minlashda
zarur bo‗lgan investitsiyalangan kapitalning rentabellik darajasini ifodalaydi.
Korxona
bozor
qiymatini
maksimallashtirish
aktivlarni
shakllantirishda
foydalaniladigan manbalar qiymatini minimallashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
Korxonaning kapital qiymati ko‗rsatkichi korxona investitsion loyihalari
samaradorligini va investitsion portfelini baholash jarayonida foydalaniladi.
Moliyaviy menejmentda qabul qilingan ko‗pgina qarorlar (aylanma aktivlarni
moliyalashtirish siyosatini shakllantirish, lizingdan foydalanish bo‗yicha qarorlar
qabul qilish, foydani rejalashtirish va boshqalar) korxona kapitali qiymatining
tahlillariga tayanadi.
Korxona kapitali bahosi ko‗pgina
omillar
ta‘siri ostida shakllanadi. Ulardan
asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
moliyaviy muhitning umumiy holati, shu jumladan, moliyaviy bozor;
tovarlar bozori kon‘yunkturasi;
ssuda foizlarinig o‗rtacha stavkasi;
muayyan korxona uchun turli xildagi moliyalashtirish manbalarining
maqbulligi;
korxona tezkor faoliyatining rentabelligi;
tezkor leveridj darajasi;
o‗z kapitalining kontsentratsiya darajasi;
76
tezkor va investitsion faoliyat hajmlarining nisbati;
amalga oshirilayotgan faoliyatlarning riskli darajasi;
korxona faoliyatining tarmoq xususiyatlari, shu jumladan, ishlab chiqarish
va tezkor sikllarning muddatlari.
Korxona kapitali qiymatini aniqlash bir necha
bosqichlarda
amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich,
korxona kapitali shakllanishining manbalari hisoblangan
asosiy komponentlarni identifikatsiyalashni amalga oshirish.
Ikkinchi bosqichda,
alohida har bir manba bahosi hisob-kitob qilinadi.
Uchinchi bosqichda,
investitsiyalangan kapitalning umumiy summasidagi har
bir komponentning salmog‗iga asosan kapitalning o‗rtacha bahosi aniqlanadi.
To‗rtinchi bosqichda,
kapitalning tarkibiy tuzilishi va uning maqsadli
shakllanishi bo‗yicha optimal tadbirlar ishlab chiqiladi.
Moliyalashtirish manbalarini tavsiflovchi balans passiv qismining tarkibiy
tuzilishi tahlili quyidagilar hisoblanadi:
- o‗z moliyalashtirish manbalari – nizom kapitali, o‗z mablag‗lari fondi,
taqsimlanmagan foyda;
- qarz mablag‗lari – bank ssudalari (uzoq va qisqa muddatli), obligatsiya
zayomlari;
- vaqtincha jalb qilingan mablag‗lar – kreditor qarzlar.
Kapital tarkibi uzoq muddatli xarakterga ega bo‗lgan xususiy va zayom
vositalarining nisbatini anglatadi. Kapital tarkibi korxona faoliyatining ko‗pgina
jihatlarini belgilaydi va uning moliyaviy natijalariga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Kapital tarkibini boshqarish moliyaviy menejmentning eng muhim va murkkab
vazifalaridan biri hisoblanadi. U xususiy va zayom manbalarining shunday optimal
nisbatini aks ettiruvchi, kapitalning aralash tarkibini tuzishdan iboratki, unda
umumiy kapital xarajatlar minimallashtirilib, korxonaning bozor qiymati
maksimallashtiriladi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |