R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni


-jadval Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar va ularning manfaati



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

2-jadval
Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar va ularning manfaati 
uchun zarur bo„lgan ma‟lumotlar
9
 
 
№ 
Foydalanuvchilar 
Foydalanuvchilarning manfaati uchun zarur 
bo„lgan ma‟lumotlar 
1
 
Aksionerlar 
 
Korxonaning moliyaviy xolati va dividentlar foizi 
bo‗yicha kelgusidagi dividend siyosati

Investorlar
Mablag‗larni sarflashdan ko‗riladigan
iqtisodiy samaradorlik va tavakkalchilik
darajasi

Moliyaviy muassasalar (tijorat 
banklari) 
Korxonaning moliyaviy barqarorligi, ya‘ni
kreditorlarga 
hisoblangan 
foizlarni 
va 
olingan 
kreditlarni to‗lash imkoniyati va hokazo.

Davlat soliq qo‗mitasi 
Aktivlar, daromad, xarajatlar va soliq
to‗lanishi bo‗yicha ma‘lumotlar 

Boshqa davlat organlari 
Milliy daromadlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, xarajatlar 
va boshqa statistik ma‘lumotlar

Ishchi va xizmatchilar
Mexnat xaqini to‗lash qobiliyati.
Korxona egalari uchun, shu bilan birga uning hissadorlari uchun bu 
ma‘lumotlar bank mablag‗larining qanday jalb qilinayotganligi, ulardan qay usulda 
foydalanilayotganligi, 
aktiv 
operatsiyalardan 
qanday 
moliyaviy 
natijalar 
kutilayotganligini bilish uchun juda muhimdir.
Amaldagi qonunchilik va BHMSlarida moliyaviy hisobotlarning turlari, 
alohida har bir hisobot turlarining mazmuni va ularning tarkibi, hamda tuzilish 
tamoyillari to‗liq yoritib berilgan.
Barcha xo‗jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim 
etishda kontseptual asosga amal qilishlari kerak. 
Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: 
1. Berilgan investitsiyalar bilan bog‗liq xatarlar munosabati bilan investorlarda. 
Aksiyadorlar ham ular xo‗jalik subyektining dividendlarni to‗lash qobiliyatini 
9
Ma‘lumotlar asosida muallif ishlanmasi 


29 
baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakmi 
yoki yo‗qligini belgilashga ko‗maklashadigan axborotdan manfaatdordirlar; 
2. O‗zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‗z vaqtida to‗lanadimi yoki yo‗qmi 
ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‗lgan kreditorlarda; 
3. O‗zlariga tegishli summa o‗z vaqtida to‗lanadimi yoki yo‗qmi ekanligini 
aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‗lgan mahsulot yetkazib 
beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida; 
4. Xo‗jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to‗g‗risidagi axborotdan 
manfaatdor bo‗lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo‗lsalar 
yoki mazkur xo‗jalik yurituvchi subyektga bog‗liq bo‗lsalar; 
5. Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi 
to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdor bo‗lgan xodimlarda. Ular ham xo‗jalik 
yurituvchi subyektning o‗z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash 
bo‗yicha ishlash imkoniyatlarini ta‘minlash qobiliyatiga baho berish imkonini 
yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar; 
6. Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati 
to‗g‗risidagi axborotdan manfaatdor bo‗lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga 
ham xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartib ga solib turish, soliqqa tortish 
siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma‘lumotlarni 
aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; 
7. Jamoatchilikda ham, chunki xo‗jalik yurituvchi subyektlar mahalliy 
iqtisodiyotga ko‗pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta‘minlash va 
mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‗llab-quvvatlash bilan katta hissa 
qo‗shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‗nalishlari va 
xo‗jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‗nggi 
yutuqlar to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlab, ularga yordam beradi. 
Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‗jalik subyektining moliyaviy ahvoli
faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborotni taqdim etishdan 
iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun 


30 
foydalanuvchilarga zarur bo‗lgan butun axborotni o‗z ichiga olmaydi, chunki hisobot 
asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xo‗jalik operatsiyalarini 
aks ettiradi, ularni moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy 
tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlaydi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish