R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni


MOLIYAVIY TAHLIL VA KORXONANI BOSHQARISHDA



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

MOLIYAVIY TAHLIL VA KORXONANI BOSHQARISHDA 
UNING USULLARI
 
2.1.
Korxonalar faoliyatini tahlil qilishning mohiyati va zaruriyati
Har qanday xo‗jalik yurituvchi subyektning o‗z tasarrufidagi barcha 
resurslar - moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan
foydalanish samaradorligini to‗g‗ri boshqarishni ta‘minlashi zarur bo‗ladi.
Ammo ko‗pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va 
tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‗lga kiritganlaridan so‗ng xo‗jalik 
yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‗lib qoldi. 
Boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‗lishning o‗zi kifoya
qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‗g‗ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur buladi. Samarali 
boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir. 
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri, uni tahlil
qilishdir. Tahlil davomida xo‗jalik faoliyatini o‗rganishda hamda xulosalar
chiqarishda asos bo‗ladigan bir qator ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. 
Tahliliy ishlarni muvafaqqiyatli, samarali o‗tkazilishi, uni har tomonlama 
o‗ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‗liq. Uning o‗tkazilishi ilmiy xarakterga 
asoslangan reja asosida amalga oshirilishi lozim. Tahlil ishlari olib
borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o‗tadi. Ushbu bosqichlarni bosib 
o‗tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni oldindan aniqlanishi kerak va 
ularning bajarilishi ma‘lum tomonlarga asoslangan bo‗lishi lozim.
Asoslanishi lozim bo‗lgan tomonlar esa quyidagilardan iborat: 
1. Korxona faoliyatini tahlil qilish — boshqarishda qaror qabul qiladigan
har bir rahbar, menejerning xizmat burchidir. Shunday qilib, bundan chiqadigan 
zarur tamoyil bu tahlil ishlarini bajaruvchilar o‗rtasida vazifalarni aniq taqsimlash. 
2. Ishlab chiqarish tarmoqlarida tahlil ishlarini tashkil qilishda eng zarur
tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya‘ni kam xarajat qilib, yuqori samaraga 
erishish. 


33 
3. Tahlil ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil, uni o‗tkazishni
nazorat qilib borish. 
Korxona iqtisodiy-moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‗ullanayotgan
har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot shakllarini erkin
o‗qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek xulosalar chiqarish va
tavsiyalar berishni bilishi kerak. 
Korxonalarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi
tajriba hamda talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni
tashkil etishda o‗rganiladigan mavzularning ko‗lami va ahamiyatiga qarab
iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda oddiy
ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin buladi. 
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtisodiyoti
sharoitida yanada ortgan, chunki har bir faoliyatning korxona uchun manfaatlilik
darajasini aniqdashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqgai nazaridan to‗g‗ri tashkil 
etilganligiga baho berishdan iboratdir. Iqtisodiy tahlilni korxona miqyosida to‗liq 
tashkil etishga bevosita javobgar bosh hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi 
bulishi mumkin. Sherik korxonalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig‗i 
yoki iqtisodiy masalalar bo‗yicha korxona boshlig‗ining muovini shug‗ullanishi
mumkin bo‗ladi. 
Korxonalarda tsex yoki brigada ma‘lumotlari buyicha iqtisodiy tahlilni
shu bo‗lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo‗ladi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish