1 Вюилье.Г. Танцы, их история и развитие с древних времен и до наших дней. -Спб., 1902, 38 с.
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
galyarda esa kuranta (fransuzcha raqs, uch xissali o‘lchovda, anchi silliq harakatli)ga bo‘shatib berdi.
asrda saroy ahlining va byurgerlarning maishiy hayotidt ular muhabbatini qozongan raqs menuet bo‘ldi. 0‘tmishda fransua xalq davra raqsi bo‘lgan menuet, saroy sharoitida o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib - dabdabali, bo‘ittirilgan (egilishlar, reveranslar va o'tirib-turishlar) bal raqsiga aylandi desak, mubolag‘a boMmaydi. XVIII asrda esa bu raqs yuqori tabaqali jamoa qatlamini xarak- terlovchi musiqiy mavqeyiga ega bo'ldi. Jumladan, Motsartni “Figa- roni uylanishi” nomli operasida bosh qahramon Figaro kekkaygan amaldor Almavivani “bumini ishqab qo‘yish” maqsadida menuet ritmdagi kavatinasini kuylaydi.
asming boshida menuet Rossiya davlatida Pyotr I uyushtirgan assambleyalarda ijro etilgan.
Bu raqs turiga XVII-XVIII asming ko‘plab kompozitorlari , murojaat qildi. Masalan: Jan-Batista Lyulli menuetni o‘z opera-balet spektakllariga; Bax va Gendel - cholg‘u syuitalariga kiritadi. XVIII asming ikkinchi yarmida bu janr sonata, simfoniya va kvartetlarga sonata-simfonik turkumining bir qismi sifatida kiritiladi.
Tezkor, sho‘x, sakrashlar bilan ijro etilgan raqslar XVII-XVIII asrlarda ochiq havoda o‘tkazilgan turli tantanavor bayramlaming (dehqon, ustalar va boy bo‘lmagan shahar aholisi qatnashgan) asosiy qismini tashkil qilgan. 0‘sha davrda talpinuvchi jiga, burre, gavot juda mashhur boMgan.
Burre - Fransiya qishlog‘i Ovem o‘rmonchilarining qadimgi raqsi bo‘lib, “yog‘ochlaming bir vogM” degan ma’noni anglatadi. Raqs tushganlar har bir uchinchi taktdan so‘ng, oyoqlari bilan qattiq to‘pillatib, keskin sakrab harakat qilishgan. XVII asrda katta o‘zga- rishlar bilan bu raqs saroy va Lyullini opera-balet raqslari qatoridan o‘rin oldi. Lyulli davrida yana bir tez, sho‘x fransuzcha raqs - to‘rt xissali (takt oldi ikki xissali) boMgan gavot ham keng tarqaldi.
I.S. Baxning “gavoti” bunga misol bo‘lishi mumkin.
Gavotni o‘rta qismini myuzet tashkil etadi. Pastoral xarakte- ridagi myuzet raqsiga jo‘rnavoz bo‘lgan ohang xalq cholg‘usi volinka (myuzet)ni eslatgani uchun, shu nomni ham oldi.
Shu qatorda qadimgi provansal raqsi boMmish rigodonni ham eslab o‘tish joiz. Hayotga intiluvchan, quvnoq xarakterda boMgan
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
rlgodon fransuz kompozitorlari - klavesinistlari, xususan, Ramo
(jodida alohida e’tiborga ega bo‘ldi.
Va nixoyatjiga- qadimgi, tez ijro etiladigan, jo‘shqin harakatli,
Iriolli punktir ritmga asoslangan raqsdir. Jiga quyidagi o'lchovlarda
yoziladi 3\8, 6\8, 9\8, uni bunday nomlanishiga raqsga jo‘rlik qilgan
qiidimgi violo cholg‘u (torli, kamonli) sining o‘ziga xos ko‘rinishi
Mibabchi bo‘ldi, xalq orasida viola hazilomuz jiga, ya’ni “tovuq
nyog‘i” deb nom olgan edi. Jiga raqsi Angliyada juda sevimli
ho'lgan, shunisi ma’lumki, Shekspir davrida jiga bilan xalq teatr
lomoshalari - farsga yakun solingan. XVII-XVIII asrlarda jiga saroy
ballaridagi raqslar toifasiga chiqadi, lekin shunga qaramay, u
Yevropa xalqlari va dengizchilar orasida hamon keng ijroda bo‘lgan.
Raqslarning bunday rang-barangligi XVII-XVIII asr kom-
pozitorlari yaratgan musiqalarida o‘z aksini topdi. Bosmadan chiqa-
rilgan bir qator to‘plamlar kuylash yoki uy sharoitida musiqiy chol-
g'ularda (lyutnya, arfa, klavesin, skripka) ijro etiladigan raqs pye-
salaridan tashkil topgan. Turli xarakterdagi kontrast raqslami taq-
i|oslanishi qadimgi raqs syuitasi asosida yotadi. Qadimgi raqs syuitasi
XVII asr italiyan lyutnyachilari va fransuz klavesinistlari ijodida
shakllandi. Syuita asosini to‘rtta raqs tashkil etgan: allemanda -
o'rtacha-vazmin; kuranta - harakatchan; sarabanda - juda vazmin;
jiga-juda tez. Gohida sarabanda va jiga oralarida boshqa raqslar ijro
cliladi: burre, gavot va menuet, qadimgi polonez, oz-moz kechroq esa
anglez (kontrodans) ham.
Syuitalarni nafaqat yakkasoz, balki cholg‘uchilar orkestri uchun
ham mo‘ljallab yozilgan. Syuita musiqasi endilikda raqs harakatlari
uchun jo'mavozlik vazifasini bajarmaydi. Paydo bo‘lgan raqs
shakllari syuitada o‘zining amaliy mavqeyini yo‘qotib, yuqori badiiy
ma’no bilan boyitildi. Keyinchalik
syuita tarkibiga raqs shaklida
bo‘lmagan musiqa ham kirib bordi.
Buyuk nemis kompozitorlari Bax va
Gendel ijodida qadimgi raqs -
syuitaning eng yuksak namunalari
yaratildi. Ularning syuitasidan oldin
uvertyura, prelyudiya yoki variat-
siyali ariya ijro etilgan.
49
www.ziyouz.com kutubxonasi
Italiyada skripkachilar maktabiga asos solgan ArkandjeM
Karelli syuitani qadimgi sonata bilan yaqinlashtirdi. U sonataning bl
'll
1
qismini raqs xarakterida yozgan edi: sarabanda, menuet, jiga. Karel!
asarlari - bu katta konsert pyesalaridir, ularda raqs o‘zining xalqchi!
maishiy raqs musiqasi bilan bo‘lgan aloqalarini butunlay uzadi
Kompozitor asarlarida qo‘l lagan raqsning nomini ham kiritmay, faqi
temp bilan belgilab o‘tadi: adajio (vazmin), andante (shoshmayjl
vivace (juda tez harakatli).
Do'stlaringiz bilan baham: |