R tursunova, G. Tursunova


bob. XVII ASR G‘ARB - YEVROPA CHOLG‘U MUSIQASI



Download 1,93 Mb.
bet16/44
Sana16.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#494406
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
jahon musiqa tarixi

bob. XVII ASR G‘ARB - YEVROPA CHOLG‘U MUSIQASI





Ijodning mustaqil sohasi bo‘lgan cholg‘u musiqasi o‘z o‘rnini birdaniga topa olmadi. Uzoq vaqt qo‘shiqqa jo‘rlik qildi. XVII asrda inusiqa bilan shug‘ullanishdagi turli shakllar - turmush va konsert ijrochiligining jadal rivojlanishi tufayli sezilarli darajada burilish yuz berdi. Bu jarayonni polifonik va gamofonik musiqaning parallel rivojlanishi sifatida tasavvur qilish mumkin.
Polifoniya (ko‘p ovozli ma’nosini anglatadi) - bir nechta bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan tovush yo‘nalishining uyg‘unlashuvi. Shu bilan polifoniya monodiyadan - bir ovozlikdan farq qiladi, mono- diyada kuy bir yoki bir necha ovoz unison bo‘lib ijro etiladi. Ko‘p ovozli uslubning asosiy ko‘rinishlari - gomofonik va polifonik uslublaridir. Gomofonik uslubda barcha ovozlar ustidan bittasi, asosiysi ustunlik qiladi, u kuyni boshqaradi, boshqalari bo‘ysunuvchi ahamiyatga ega.
Polifonik musiqada bosh va bo'ysunuvchi, melodik va jo‘r boMuvchi ovozlar yo‘q, ularning har biri mustaqil ahamiyatga va o‘zining rivojlanish yo‘nalishiga ega. XIV-XV asrlarda polifoniya yuksak san’at darajasiga ko‘tarildi. 0‘sha davrning o‘zida ko‘p
45


www.ziyouz.com kutubxonasi


ovozli musiqa “kontrapunkt” (“nota-notaga qarshi”) nomini oldi Kontrapunkt - bu kuyni boshqarib borishning muayyan tizimi, bii nechta kuyni birga, o'zaro kelishuvdagi uyg‘un sadolantirish san’ati.
Polifoniyaning eng muhim belgisi imitatsiyadir. Imitatsiya so‘z* taqlid ma’nosini bddiradi. Polifoniyada bu ovozlaming navbat bilan o‘z ijrosini boshlashi, unda har bir ovoz ma’lum vaqt o'tgandan so‘ng o‘sha kuyni takrorlaydi. Cholg‘u polifoniya birinchi navbatda organ* musiqasining rivojlanishi bilan bog‘liq.
XVII asrda cholg‘u musiqasi, xususan, organ polifonik musiqasi o‘zining yetuk darajasiga erishdi. Asosiy janrlaming rivojlanish yo'nalishi aniqlandi: turli uslub va xarakterdagi epizodlaming erkin uyg‘unligini o'zida namoyor: eluvchi improvizatsion yo‘nalish; imitatsiya tamoyillariga hamda izchillikka qat’iy rioya qiluvchi vo'nalish. Improvizatsiya turidagi pyesalarga - prelyudiyalar, fantaziyalar, tokkatalar kiradi; imitatsion uslubdan fuganing shakl- lanishi boshlanadi. Barcha janrlaming tugal shakllanishi I.S. Baxning ijodida ko‘rindi.
XVI - XVIII asrga kelib Yevropa shaharlari raqslari nihoyatda rang-barangligi bilan farq qiladi. Ulaming qatorida vazmin, sokin harakatli (pavana, allemanda, sarabanda, chakona), o‘rta-tez, sirpa- nuvchi (kuranta, menuet), turli sakramlar, tez-irg‘ishli (galyarda, burre, gavot, jiga) raqslari o‘rin olgan. Raqslaming deyarli har biri xalq ichidan chiqqan bo‘lib, shahar shart-sharoitida birmuncha o‘zgarib, o‘zini xalqchil negizlaridan uzoqlashib borgan. Aristokrat- laming ulug‘vor kuchini ko'rsatish maqsadini ko‘zlagan va saroy marosimlarining asosiy qismiga aylangan bu raqslar jonli va xalqchil soddalik belgilaridan yiroqlashib, dabdabali ko‘rinishga ega bo‘ldi. Xususan, yirik aristokratlar saroyida xizmat qilgan kompozitorlar ijodida yangi raqslami yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, knyazlaming tantanavor chiqishlari, kelinlami cherkovga kuzatish, ruhoniylami diniy chiqishlari kabi hodisalar g‘ururli “pavana” yoki “paduana” raqslari jo‘rligida o‘tgan. Bu raqslar bilan, shuningdek, saroy ballari va maskaradlari ochilar edi.
Tahmin qiiishlaricha, pavana so‘zi lotinchadan “pavo”, ya’ni tovus degan ma’noni bildirgan, chunki raqqoslar o‘zining “boy


46


www.ziyouz.com kutubxonasi




kiyim-ust boshlari va dabdabali vazmin harakatlari bilan tovus qushini eslatganlar” (tarjima bizniki-T. R.)3.
Shahar ballari va majlislami o‘sishi bilan pavana oldingi xurakterini yo'qotib, birmuncha sodda va harakatchan bo‘lib qoldi. Hunday o‘zgargan holatda u allemanda (nemis) jamoalikka mos sekin raqsning tugilishiga turtki berdi.
XVII asrlarda vazmin turdagi raqslardan bo‘lgan sarabanda nmshhurlikni qozondi. Sarabanda uch xissali, ispan-mavritan ildizlari mavjud bo‘lgan va akkordli jo‘mavozlik bilan ijro etiladigan raqsdir. Hu raqsni g‘amgin, motam va bosiq-shiddatli xarakteri kechki yuz yilliklaming motam marshlariga yaqin bo‘ldi. Kompozitorlar sara- bandaning ritmiga o‘z ijodlarida ko‘p murojaat qilganlar. Masalan, K.V.Glyuk o‘zining “Orfey” operasida, o‘liklar saltanatidagi Evri- ilika soyasining g‘amgin raqsida sarabandaning ifodaviy xususiyat- lurini qoiladi. Betxoven esa “Egmont” uvertyurasini XVI asr ispan hukmronligida boigan Niderland davlatini aks ettiruvchi g‘amgin- qayg‘uli sarabanda mavzusi bilan boshlagan.
Sarabandaning turlari qatoriga chakona va passakalya raqslari kiradi. Bu raqslarning rnusiqasi - bas ovozida takrorlanuvchi bitta mavzu va bir nechta variatsiyalardan tashkil topadi. Chakonada (“doimo o‘sha’\ ya’ni “o‘sha bas ovozi” ma’nosi) bosh mavzu ko‘p hollarda pastga harakatlanuvchi ko‘rinishda beriladi. Bu raqs belgilari yorqin holda Betxovenning “32 variatsiya” mavzusida namoyon boigan.
Birmuncha tantanavor va vazmin passakalya (ispan so‘zidan ko‘chani o‘tish, yurish ma’nosini anglatadi) ko‘chada o‘tka- zilayotgan yurish va marosimlaming sharafli marshi boidi. Ko‘p holatlarda passakalya raqsi bilan shahar majlislari yoki ballari yakunlangan. Bu holatda bas ovozidagi takrorlanuvchi, past harakatli kuy uy bekalarini mehmonlar bilan xayrlashuvini aks ettiradi.
Qadimgi vazmin sur’atdagi raqslar o'rtacha, tez yoki harakat­chan raqslar bilan ketma-ket almashinib turganlar. Shunda pavanadan so‘ng galyarda (yoki saltarella) italyancha sho‘x va jonli raqs ijro etilar edi. Pavana va galyarda bir-birini kontrastli bo‘yoqlar bilan toidirib borgan. Keyinchalik pavana o*z oinini allemandaga, 1



Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish