R safarova, M. G‘ulomov, M. Inoyatova savod o‘rgatish darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma



Download 329,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana12.07.2021
Hajmi329,09 Kb.
#117041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
xrpt fryrmz4o4fflt10i92htruh6d4sn4de0v3p0rinjotx9jvhilp44bbye5gtyjyx7pd68mih3452

Kitobxon.Com


6

qiladilar. O‘quvchilar so‘zlarni, ularning elementar belgilariga asoslangan 

holda yaxlit, ajralmaydigan bo‘laklarga ajratadilar. Tahlil o‘quvchilardagi 

mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibi orasidagi elementlarning 

assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarni anglash tajribasiga asoslangan 

holda amalga oshiriladi. Tarkib (qismlarga ajratish) esa, yuqorida ta’kidlab 

o‘tilganidek, tahlilga qarama-qarshi oppozitsiyada bo‘lgan mantiqiy fi kr-

lash jarayonidir. Bu jarayon ham bola tafakkurining rivojlanishi uchun 

muhim ahamiyatga ega. Sintez (umumlashtirish) operatsiyalarini baja rish 

jarayonida o‘quvchilar o‘z onglarida mav jud bo‘lgan til vositalarining 

ma’nolari va funksional me’yorlarni umumlashtiradilar.

Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning 

yozuvda ifodalanishi, harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in 

va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, boshlang‘ich orfo-

grafi ya qoidalari xususida tasavvurni rivojlantirish, umuman ona tili ning 

go‘zalligi va rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi. Bu 

bosqichda muayyan turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi - alifbe dars-

ligining alifbegacha bo‘lgan davrida: mevalar, sabzavot, poliz ekinlari-

ning turlariga oid rasmlarning beri lishi, keyingi bosqichlarda joy nomlari, 

o‘rmon hayvonlari, parrandalarni turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va 

rasmlarning tavsiya etilishi, tugallanmagan jumla, matn, so‘zlarning berili-

shi, ularning o‘quvchi tomonidan davom ettirilishi, o‘zbek xalq maqollari, 

topishmoq, tez aytish va hikmatli so‘zlarning berilishi – bularning barchasi 

o‘quvchining nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratiladi.

Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning 

o‘ziga xos xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi:

a) darslikda harfl ar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra 

o‘quvchining oson o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartib 

lanadi. 

Masalan, o, n, a kabi harfl ar ham talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson 

harfl ar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga ota-onalar tomonidan niho-

yatda e’tibor kuchaygan hozirgi davrda bolalarning aksariyati bunday harf-

tovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar. 

Albatta, sinfda o‘quvchilarning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi. 

Binobarin f, z, sh, ch kabi tovushlar ning yozilishi va talaffuzining bolalar 

uchun birmuncha murak kabligini hisobga olgan holda keyingi bosqichlar-

da tavsiya qilinadi;

b) tovush(harf)larni o‘rganish jarayonida harfga ilova tarzida beril-

gan so‘zlar o‘quvchilar uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki 

hodisa ni ifodalashiga e’tibor qaratiladi;

d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq fi kr yuritishini hi-

sobga olgan holda, aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat bo‘ladi;

c) so‘zlarni to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid bilim-

lar izchil rivojlantirilib boriladi.




Download 329,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish