Dunyoviy maqsadlar – biz yashab turgan moddiy dunyoga oid (o’tkinchi) maqsadlar
Birovning Haq oldidagi mas’uliyati haqida o’zboshimchalik bilan engil-elpi hukm chiqarish, yoki, ayniqsa, o’zgani zo’rlik bilan, zug’um bilan imonli qilishga urinish esa ma’naviyat nuqtai nazaridan mutlaqo botil harakatdir, chunki Insonning imonga kirishi faqat Alloh irodasiga bog’liq,
bandaning vakolati doirasidan tashqarida.
“Islom” so’zining o’zi tinchlik-totuvlikni, hilm (yumshoqlik)ni, o’zgaga yaxshilik tilagini bildiradi. “Assalomu alaykum” deb murojaatni boshlaymiz,
demak, qarshimizdagi odamga Allohdan tinchlik va salomatlik, ezgulik istab muomalaga kirishamiz. Shunday ekan, yurt osoyishtaligi, insonlar aro ahillik va
murosa, o’zgani tushunishga intilish, Alloh yaratgan barcha mavjudotga samimiy mehr ko’zi bilan yondoshuv - haqiqiy islomiy qadriyatlardandir va bugun biz mustaqillik ma’naviyatini ushbu asos nuqtalarga tayanib shakllantirmoqdamiz. Tan olish kerak, Yurtboshimiz ushbu yo’lda har jihatdan bizga namuna ko’rsatmoqda, faqat biz ushbu
147 Islom Karimov.Asarlar. 7-jild, s. 352
148 Islom Karimov.Asarlar. 7-jild, s. 350
192
samimiy urinishlarga jiddiy e’tibor qaratsak, ularni ko’ngilda tahlildan o’tkazib, amalda o’zimiz uchun ibrat qilib olsak, bas. ”Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyatni qurmoqchi bo’lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo’llari ming yillik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim”149, deydi Prezident.
“Din xalq uchun afyundir” deguvchilar insonning eng muhim ehtiyojlaridan bo’lmish imon ehtiyojini tan olmaydilar yoki nazarga ilmaydilar. Imon-e’tiqod ehtiyoji, agar u samimiy inson bo’lsa, hatto dahriyda ham bo’ladi. Faqat u o’z botiniy ehtiyojini ko’pchilik e’tiqod qiluvchi dinlardan emas, turli ”izm”lardan qidiradi yoki shaxsan o’zi uchun alohida e’tiqod tizimi yaratishga urinadi. Bu, albatta, insonga xos kibr va gumrohlikning nishonasi, xolos. Yo’q, narsani kashf etishga urinishdan ko’ra, ko’pchilik tan olgan narsani tushunib, mohiyatan anglab etishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo’ldir.
Qalbni, ko’ngil ko’zgusini poklash avvalo imon-e’tiqoddan boshlanadi. “Ezgulikka sadoqati bo’lmagan, biror narsaga ixlos qo’ymagan, ishonmagan odam qo’rqinchlidir”, deb ogohlantiradi Prezident150. Albatta, ma’lum bir davrda kommunistik g’oyaga ham samimiy ishonganlar bo’lgan, sof vijdonli dahriylar ham hayotda uchrashi mumkin. Ammo dahriylik inson tarixida alohida holatlarda bir-bir namoyon bo’luvchi hodisa. Din esa asrlar davomida million-million insonlarning e’tiqodini shakllantirib kelgan. Jumladan, islom dini 14 asrdan beri ulug’ bir mintaqada insonlar tafakkur yo’nalishiga ta’sir o’tkazib kelmoqda. Marksizm ongimizda ajdodlar salohiyatiga nopisandlikni tarbiyaladi. Kimki 5-6 asr ilgari o’tgan bo’lsa, uning mulohazalari bizga noqis ko’rinadigan bo’ldi (ayni marksizm aqidalariga nomuvofiqligi tufayli). O’z vaqtida biz Imomi A’zam, Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va hokazo yuzlab jahonshumul ulug’ allomalarning e’tiqodini “afyun” deb e’lon qildik va aslo etimizga o’ylab ko’rmadik-ki, “xo’sh, ular yaratgan ulkan ma’naviy merosga o’zimiz bir misqol qo’shish qudratiga egamizmi?” Mustaqillik bizga imonimizni, e’tiqodimizni qaytarib berdi. “Islom dini bu ota-bobolarimiz dini, - deydi I.A.Karimov,-u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik”151.
2007 yilda Toshkent shahri xalqaro tashkilotlar tomonidan Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Hazrati Imom (Hastimom) mavzeida salmoqli obodonchilik va qurilish ishlari amalga oshirildi. Ko’rkam va mahobatli yangi jome’ masjidi ishga tushirildi. Umuman, oxirgi 10-15 yil ichida diniy qadriyatlarimizning tiklanishi sohasida amalga oshirilgan ishlar ilgarigi davrlarda 100-200 yilda qilinadigan ishlar ko’lamidan kam emas. Bu davrda biz qaramlik davrida mazkur sohadagi buzg’unchiliklar oqibatini bartaraf etishga astoydil kirishganimiz va yo’qotishlar o’rnini to’ldira boshlaganimiz juda katta ma’naviy yutuq ekanligi shubhasizdir. ”Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyatni qurmoqchi bo’lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo’llari ming
149 Islom Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 41
150 Islam Karimov.Asarlar. 4-jild, s. 79
151 Islam Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 40
193
yillik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim”152, deydi Prezident.
Do'stlaringiz bilan baham: |