Inson – dunyo mehvari - Milliy dunyoqarashimizning tayanch nuqtalaridan biri, ma’naviyat nuqtai nazaridan, har bir insonga, imkoniyat (potentsiya) darajasida, bu moddiy olamning markazi deb qarash, chunki u Alloh tomonidan "er yuzining xalifasi" qilib yaratilgan va uning qalbi Borliq haqiqatining mazhari (namoyon bo’lish joyi)dir. Shunday ekan, har bir inson, agar astoydil xohlasa, butun olam holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatish imkoniga ega.
Yurtboshimiz.144
Inson ma’naviyati undagi yuksak yaratuvchilik qudratining asosidir. Har bir zamon va makonda jamiyat taraqqiyotini insonlarning faol yaratuvchiligi belgilaydi, aksincha emas. Mustaqillik sharoitida nihoyat ushbu o’zak muammo to’g’ri hal qilindi. Hayotga yondoshuvda diqqat markazi “jamiyatga” emas, alohida insonga qaratildi. Iqtisod sohasida bu narsa ayniqsa yaqqol namoyon bo’lmoqda. “Jamiyat”ga tayangan tuzum “ijtimoiy” mulkning yakka hukmronligini o’rnatib, xususiy mulkka egalikni jinoyat darajasida talqin etib, qonun
bilan taqiqlab qo’ygan edi. Faqat mustaqillik tufayli har bir insonning mulkni erkin tasarruf qilish huquqi Konstitutsiyamiz asosida to’liq qayta tiklandi, jumladan, endilikda xususiy mulk barcha boshqa mulk turlarining poydevori sifatida qaralmoqda. Bu o’zgarish iqtisod sohasida alohida inson shaxsi birinchi o’ringa chiqayotganligini anglatadi.
Haqiqiy xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash, qonun ustivorligini ta’minlash, fuqarolar jamiyatini shakllantirish yo’lida olib borilayotgan islohotlar esa siyosat sohasida alohida shaxs mavqeini
birinchi o’ringa olib chiqishga qaratilgan. Siyosat sohasida erkinlashtirishni kengaytirish rejalari ham yana bir marta davlatimiz va Prezidentning ushbu yo’nalishga ustivor ahamiyat qaratayotganligidan darak beradi.
Ma’lumki, inson jamoa bo’lib yashaydi, shu bilan birga har bir inson moddiy vujud sifatida nafaqat atrofidagi o’zi singari mavjudotlar bilan, balki tabiat, aniqrog’i moddiy borliq bilan ham doimo amaliy munosabatda bo’lishga majbur.
Shundan kelib chiqib, moddiyunchilar insonning mohiyatini faqat biologik, iqtisodiy va ijtimoiy (jumladan, siyosiy) munosabatlar doirasida belgilashga harakat qilishdi.
Alohida qayd etib o’tish joizki, milliy ma’naviyat nazariyasining shakllanishiga O’zbekiston Prezidentining qo’shgan eng muhim xissasi iqtisod va siyosat bilan bir qatorda ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi alohida mustaqil o’rni va ahamiyatini ajratib ko’rsatish bo’ldi. Busiz nafaqat ma’naviyat nazariyasi, balki insonning mustaqil mohiyati haqidagi g’oya ham o’z mukammal izohini topmay qolib kelayotgan edi. Inson hayotida ma’naviyat
144 I.Karimov. Asarlar. 4-jild, s. 69
188
sohasining mustaqil ahamiyati alohida ta’kidlanishi natijasida endilikda insonning ma’naviy kamolot imkoniga ega bo’lgan yagona moddiy mavjudot sifatidagi asl mohiyati haqida ravshan tasavvur hosil bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |